Tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish
Download 1.99 Mb.
|
huquq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi meʼyoriy hujjat
- Yana bir yangilik
Tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirishBajardi: Matkomilova HulkarTibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish yoʻlidagi muhim qadamDavlatimiz rahbarining imzolagan “Sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi farmoni zamirida ham el salomatligini mustahkamlash yoʻlidagi ezgu saʼy-harakatlarni yangi bosqichda davom ettirish maqsadi mujassam.Mamlakatimizda sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish, uni jahon talablari darajasiga koʻtarish va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini oshirish masalalari davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylandi.Maʼlumki, soʻnggi yillarda sogʻliqni saqlash sohasida kadrlar masalasi boʻyicha kamchiliklar yaqqol koʻzga tashlanib qolgandi.Ayniqsa, chekka hududlarda oilaviy shifokor, umumiy amaliyot shifokorlari va oʻrta tibbiyot xodimlarining yetarli emasligi, baʼzi hududlarda tor soha mutaxassislari yoʻqligi, malakali mutaxassislar koʻproq Toshkent shahrida faoliyat yuritishi aholining haqli eʼtiroziga sabab boʻlayotgandi.Yangi meʼyoriy hujjatBu oʻz navbatida, oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda “tibbiyot brigadalari” faoliyatini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, tuman va shahar koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari tomonidan aholiga tibbiy-profilaktik yordam koʻrsatish qamrovini kengaytirishi shubhasiz.Yangi meʼyoriy hujjatda oʻrta tibbiyot xodimlari uchun 2021-yil 1-iyuldan boshlab 10 mingta, 2022-yil 1-yanvardan esa yana qoʻshimcha 10 ming shtat ajratilishi belgilangan.Yana bir yangilikYana bir yangilik shuki, 2021-yil 1-iyunga qadar oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar hamda tuman va shahar koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalar ehtiyojidan kelib chiqib, ularning yangilangan shtat normativlari tasdiqlanadi. Bu esa muassasalarning malakali tibbiy xodimlar bilan taʼminlanishiga xizmat qiladi. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling