Tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish


Download 1.99 Mb.
bet2/3
Sana07.03.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1244218
1   2   3
Bog'liq
huquq

Yana bir muhim jihat

Shuningdek, farmonda yana bir muhim jihat — oʻrta tibbiyot xodimlarining maqomini oshirish masalasiga alohida toʻxtalib oʻtilgan. 2021-yil 1-avgustga qadar Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va yetakchi xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda, oʻrta tibbiyot xodimlari maqomini oshirish nuqtayi nazaridan ularning malaka talablari, vazifalari, vakolatlari, javobgarligi, ixtisoslik yoʻnalishlarini kengaytirish, lavozimlarini, shuningdek, oʻquv dasturlari va rejalarini toʻliq qayta koʻrib chiqish belgilangan.


Hujjatga koʻra, tuman va shahar markaziy shifoxonalarining davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan amaldagi koykalar fondining 10 foizi 2022-yil 1-yanvardan boshlab toʻlov asosida tibbiy xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga taʼminlanadigan koykalar fondiga oʻtkaziladi.
Yana qoʻshimcha 10 foizi esa 2023-yil 1-yanvardan boshlab shu tartibda moliyalashtiriladi.

Shundan kelib chiqib, oʻrta tibbiyot xodimlarini tayyorlash hamda malakasini oshirish tizimini takomillashtirish va uni 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab toʻliq joriy qilish koʻzda tutilgan. Bu esa, oʻz navbatida, el salomatligi oldidagi masʼuliyatni chuqur his qila oladigan malakali tibbiyot xodimlarini yetishtirish barobarida tibbiy xizmat sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi.


Masalan, hamshiralik ishi faoliyatini faqat oʻrta tibbiy yoki oliy hamshiralik ishi yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotga ega, Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli axborot tizimida 2022-yil 1-yanvardan boshlab roʻyxatdan oʻtgan shaxslar amalga oshirishi,
hamshiralik ishi faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxs belgilangan muddatlarda oʻz malakasini oshirib borishi kabi talablar belgilangani oʻrta tibbiyot xodimlari orasida bandlik darajasini oshiribgina qolmay,
ular koʻrsatayotgan tibbiy xizmat sifatining yuqori boʻlishi va oʻz sohasi boʻyicha qabul qilingan standartlarga rioya qilishi toʻliq nazoratda boʻladi.
Mazkur farmonga binoan hamshiralik ishi oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatiga kiritildi. Endi hamshiralik ishi faoliyatini amalga oshiruvchilarga oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun oʻrnatilgan tartib bilan bir qatorda quyidagi talablar qoʻyildi.

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling