Tijorat banklari faoliyati samaradorligi va bank foydasi
Tijorat banklarining moliyaviy natijalar shakllanishi va bank foydasi
Download 0.62 Mb.
|
Quvonchbek Abdullayev kus ishi
4. Tijorat banklarining moliyaviy natijalar shakllanishi va bank foydasi.
Tijorat banklari bozor munosabatlari sharoitida faoliyat yurituvchi barcha subyektlar kabi faoliyatidan olgan daromadlaridan qilgan sarf-xarajatlarini qoplab, ma’lum miqdorda foyda olishlari lozim. Foyda – tijorat banklari faoliyatlarining yakuniy natijalarini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichdir. Tijorat banklari foydasi yoki faoliyatini zarar bilan yakunlagan bo‘lsa zarari, ushbu hisobot davrida (oy, chorak, yil) barcha daromadalaridan xarajat hamda soliq va to‘lovlarni chiqarib tashlangandan qolgan summa ekan. Tijorat banklari faoliyatlari davomida oladigan daromadlari va bo‘ladigan xarajatlari turlari oldingi boblarda kengroq yoritilgan. Tijorat banklari daromadlari ikki guruhga: foizli va foizsiz daromadlarga ajratiladi. Bank daromadlari tijorat banklari mijozlariga berilgan qisqa va uzoq muddatli kreditlar uchun olingan foizlar, mabodo kreditlarni vaqtida qaytarmagan tarzda mijozlardan yuqori stavkalar bo‘yicha olinadigan foiz daromadlar, qimmatli qog‘ozlar operatsiyalaridan olingan daromadlar, turli xil investitsiyalar bo‘yicha olingan daromadlar va boshqalar foizli daromadlarga kira-di. Banklar olgan xizmat haqi, savdo va valuta operatsiyalaridan olingan daromadlar – foizsiz daromadlar bo‘ladi. Tijorat banklari moliyaviy natijalarini tahlil qilganda – foydaning asosiy manbayi bo‘lgan bu daromad turlarini: tarkibini, o‘zgarishini chuqur o‘rganish lozim. Tijorat banklari xarajatlari foizli, foizsiz va operatsion xarajatlarga guruhlanadi. Tijorat banklari depozitlariga qo‘yilgan mablag‘larga, olingan kreditlarga to‘langan foizlarga, qimmatli qog‘ozlarga to‘lanadigan foiz va shu kabilarga foizli xarajatlar deyiladi. Tijorat banklariga ko‘rsatilgan xizmatlarga (transport, suv, gaz, elektroenergiya va shu kabilarga), xodimlarga ish haqi, ma’muriy-boshqaruv xarajatlarga operatsion xarajatlar deyiladi. Banklar moliyaviy natijalar tahlilida bu xarajatlarning zarurligi, o‘tgan davrlar bilan o‘zgarganligi, tejamkorlikka rioya qilinganligi o‘rganiladi. Xullas, tijorat banklari moliyaviy natijalari tahlili, ularning daromad va xarajatlari tahlili bilan o‘zviy bog‘liqlikda o‘tkazilishi lozim. Tijorat banklari moliyaviy natijalarini tahlil qilish uchun ma’lumotlarni asosan, banklar buxgalteriya balansi, «Foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot»lardan, hamda audit tekshiruvi, yig‘ilishlar bayonnomalaridan, zaruriyat tug‘ilganda buxgalteriya hisobining analitik yozuvlaridan olishlari mumkin. Tijorat banklari moliyaviy natijalari tahlilining asosiy vazifalari bo‘lib: • faoliyatining moliyaviy natijalarini (foyda yoki zarar) aniqlash; • foydaning belgilangan reja, o‘tgan davrlardan farqini o‘rganish; • foydaning tarkibi: daromadlar, xarajatlar qanday o‘zgarganligini o‘rganish hamda bu o‘zgarish sabablarini aniqlash; • faoliyat davomida tejamkorlikka rioya qilinganligini o‘rganish; • rentabellik (foydalilik) ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularning qanday o‘zgarayotganliklarini o‘rganish; • xarajatlarini kamaytirib, daromadlarini ko‘paytirib, foydasini ko‘paytirish, ichki imkoniyatlarini aniqlash va shu kabilar hisoblanadi. Ushbu vazifalarga erishishda esa o‘z navbatida faoliyat natijalarini chuqur o‘rganish jaryoniga ijobiy yoki salbiy ta’- sir etuvchi usullarni va salbiy ta’sir etuvchi elementlarni bartaraf etish omillarini aniqlash masalalari muhim ahamiyat kasb etadi. Tijorat banklari foydasini tahlil qilganda, uning daromadlari xarajatlari turlarining tarkibini tahlil qilamiz. Eng avvalo, hisobot davridagi olingan haqiqiy foyda summasi reja bilan taqqoslanib, undan ko‘p yoki kam ekanligi aniqlanadi va farqlar sabablari o‘rganiladi.Bank foydasini shakllantiruvchi daromad, xarajatlar tarkibi o‘tgan yillar bilan taqqoslanadi. Biz «A» bank misolida moliyaviy natijalar tahliliga e’tibor qaratmoqchimiz. «A» tijorat banki faoliyat natijalari 2012-yilda 564037,0 ming so‘m sof foyda bilan yakunlangan. Respublika hududida ko‘pgina bo‘limlari bo‘lgan bu bankning faoliyatidan olgan bunday summadagi foydasiga baho berish uchun (umuman olganda foydali ishlaganligi yaxshi ko‘rsatkich) o‘tgan yilgi ma’lumotlar bilan taqqoslash lozim. «A» bank hisobotiga ko‘ra o‘tgan – 2011-yilda 250952,0 ming so‘m sof foyda olgan. Demak, bank 2012-yilda 2011-yilga nisbatan faoliyatini 2 baravardan ko‘proq foyda olish bilan yakunlagan. Bularning sababini chuqur o‘rganish uchun daromad-lar, xarajatlar tarkibini o‘rganish va tahlil qilish zarur. Kelgusida bankning sof daromadini oshirish uchun foizli daromadlarning foizli xarajatlarga nisbatan yuqori sur’- atlarda o‘sishini ta’minlashga erishilmog‘i lozim. Buning uchun albatta, foiz to‘lanib jalb qilinadigan majbu riyatlarni yuqori daromad keltiruvchi aktivlarga yo‘- naltirish kerak. Shu bilan birga, bank yil sayin foizsiz daromadlari ning o‘sib borishini ta’minlovchi siyosat ishlab chiqishi kerak bo‘ladi. Bank strategiyasiga ko‘ra, doimiy ravishda daromadlarning o‘sish sur’ati xarajatlar va soliq to‘lovlari o‘sish sur’atlaridan yuqori darajada bo‘lishiga harakat qilmog‘i lozim. Banklar daromadlarini tahlil qilishda dastavval ularning tarkibi va dinamikasi o‘rganiladi. Bu o‘z navbatida bank daromadlariga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash imkoniyatini beradi. Ushbu holat o‘z navbatida yuqori daromad keltiruvchi xizmatlarini yanada kengaytirish lozimligini aniqlash imkoniyatlarini beradi. Bank tizimi daromadlilik ko`rsatkichlari2 (mlrd.so`m)
Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling