Tijorat banklari majburiyatlari tahlili
Tijorat banklari depozitlarining tarkibi va dinamikasi tahlili
Download 71.23 Kb.
|
3GA JADVAL
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari depozitlarining tarkibi va dinamikasi
- Depozitlar-jami
- 4.2-jadval O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining depozit bazasi tarkibida jamg‘arma depozitlari salmog‘ining o‘zgarishi
- Ko‘rsatkichlar
- «A» Bank depozitlarining tarkibi va dinamikasi
4.2. Tijorat banklari depozitlarining tarkibi va dinamikasi tahlili
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining depozit siyosatining sifat darajasini tahlil qilish uning tarkibi va dinamikasini baholashni taqozo qiladi. 4.1-jadval O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari depozitlarining tarkibi va dinamikasi
Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, transaksion depozitlarning bank depozitlari umumiy hajmidagi salmog‘ining pasayish tendensiyasi mavjud. Tahlil qi-lingan davr mobaynida ularning salmog‘ini 7,8 punktga pasayishi yuz berdi. Bu pasayish muddatli depozitlar salmog‘ining oshishi hisobiga yuz berdi. Bu holatni ijobiy baholash lozim, chunki u bankning xorijiy valyutadagi resurs bazasini mustahkamlanayotganligidan dalolat beradi. Endi biz aholining muddatli omonatlarini jalb qilish amaliyotini tahlil qilamiz. 4.2-jadval O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining depozit bazasi tarkibida jamg‘arma depozitlari salmog‘ining o‘zgarishi
Jamg‘arma depozitlarining asosiy qismi, odatda, aholining muddatli omonatlaridan iborat bo‘ladi. Ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, respub-likamiz tijorat banklarining depozit bazasi tarkibida jamg‘arma depozit-larning salmog‘i juda kichik va u tahlil qilingan davr mobaynida sezilarsiz darajada o‘zgargan. Holbuki, aholining muddatli omonatlari tijorat banklari uchun muhim resurs manbai hisoblanadi. Fikrimizning isboti tariqasida bir tarixiy voqeaga murojaat qilishimiz mumkin: 80-yillarning boshida bir guruh AQSh tijorat banklarining rahbarlari FZTga aholining muddatli omonatlari bo‘yicha majburiy zaxira stavkalarini pasaytirishni so‘rab murojaat qildilar. Chunki, ular Yaponiya banklarining xalqaro bozorlardagi yuqori darajadagi raqobatbardoshligining asosiy sababi yapon banklari resurslari tarkibida aho-li omonatlarining yuqori salmoqqa ega ekanligi, deb hisoblardilar. FZT bu murojaatni to‘g‘ri qabul qildi va aholining muddatli omonatlariga nisbatan eng past stavka belgiladi (3%). Endi biz mamlakatimizning ikki yirik tijorat banki misolida depozitlar-ning sifat ko‘rsatkichlarini tahlil qilamiz. 4.3-jadval «A» Bank depozitlarining tarkibi va dinamikasi (foizda)
Ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, «A» bankda tahlil qilingan davr mobaynida transaksion depozitlarning depozit bazasi umumiy hajmidagi salmog‘ining sezilarli darajada pasayishi yuz berdi. Bu esa ijobiy holat hisob-lanadi. Chunki transaktsion depozitlar salmog‘ining pasayishi muddatli va jamg‘arma depozitlarining salmog‘ining sezilarli darajada o‘sishi hisobiga yuz bergan. Mazkur holatlar, pirovard natijada, bankning resurslar bazasi-ni mustahkamlanayotganligidan, bank depozit siyosatining samaradorligini oshirish yuzasidan sezilarli tadbirlarni amalga oshirilayotganligidan dalolat beradi. Ayniqsa, tahlil qilingan davr mobaynida jamg‘arma depozitlarining depozitlar umumiy hajmidagi salmog‘ini 7,2 foizga yetganligi va tahlil qilin-gan davr mobaynida 6,4 punktga o‘sganligi ijobiy holat hisoblanadi. Buning boisi shundaki, birinchidan, jamg‘arma depozitlarining asosiy qismini tashkil etuvchi aholining muddatli omonatlari arzon va barqaror resurs manbai hi-soblanadi; ikkinchidan, respublikamizda aholining ixtiyoridagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘lari inflyatsion jarayonlar uchun jiddiy manba hisoblanadi. Rivojlangan industrial mamlakatlar, xususan, AQSh, Yaponiya, Germaniya, Avstriya mamlakatlarida aholi to‘lovlarining asosiy qismi naqd pulsiz shakl-da amalga oshiriladi. Shuning uchun ham mazkur mamlakatlar amaliyotida naqd pullar inflyatsion jarayonlar uchun manba bo‘lib hisoblanmaydi. Respublikamizning boshqa yirik banklarida ham jamg‘arma depozitlariga xos bo‘lgan, yuqorida qayd qilingan holatni kuzatish mumkin. Tijorat banklari depozit siyosatining samaradorligini tavsiflovchi muhim omillardan biri depozitlarning bank passivlarining umumiy hajmi-dagi salmog‘ining o‘zgarishi hisoblanadi. Rivojlangan xorijiy davlatlar bank amaliyotida depozitlar tijorat banklari balansining passivida salmog‘iga ko‘ra birinchi o‘rinni egallaydi. Ikkinchi o‘rinda depozitsiz resurs manbalari turadi, uchinchi o‘rinni esa, bank kapitali egallaydi. O‘zbekiston Respublikasi bank amaliyotida esa, yirik tijorat banklari balansining passivida salmog‘iga ko‘ra birinchi o‘rinni depozitsiz resurs manbalari, ikkinchi o‘rinni bank kapitali, uchinchi o‘rinni esa depozitlar egallaydi. Biz quyida «A» bank depozitlarining passivlar hajmidagi salmog‘ini ko‘rib chiqamiz. Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, «A» bankda, tahlil qilingan davr mobaynida depozitlarning passivlar umumiy hajmidagi salmog‘i yuqori darajada pasay-gan. Bu esa, albatta, salbiy holat hisoblanadi. Chunki, birinchidan, depozit-siz resurs manbalari depozitlarga nisbatan bahosi sezilarli darajada yuqori bo‘lgan resurs manbalari hisoblanadi; ikkinchidan, bank kapitali moliyalash-tirishning nisbatan qimmat shakli hisoblanadi. 2009–2011-yillar mobaynida «A» bankda depozitlar salmog‘i ko‘rsatkichining keskin pasayib ketishida banklararo kreditlar va kapi-tal salmog‘ining yuqori sur’atlarda o‘sishi asosiy rolni o‘ynadi. Masalan, 2009–2011-yillar mobaynida banklararo kreditlarning passivlarning umu-miy hajmidagi salmog‘ining o‘sishi 960,9 foizni tashkil qildi. Bunday dara-jada yuqori o‘sish bankning xorijiy banklarning va xalqaro moliya-kredit tashkilotlarining kredit liniyalarini o‘zlashtirishdagi faolligi bilan izohla-nadi. 4.4-jadval Download 71.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling