Tijorat banklari majburiyatlari tahlili
«A» Bank depozitlarining passivlar hajmidagi salmog‘i
Download 71.23 Kb.
|
3GA JADVAL
«A» Bank depozitlarining passivlar hajmidagi salmog‘i
(foizda)
Kapitalning o‘sishi esa, tahlil qilingan davr mobaynida 418,3 foizni tashkil qildi. Tijorat banklarining kapital bazasini o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatayaptiki, respublikamizdagi yirik tijorat banklarining kapitali, aso-san, zaxira kapitalining o‘sishi hisobiga ta’minlanmoqda. Zaxira kapitalining yuqori sur’atlarda o‘sishi esa, o‘z navbatida, devalvatsiya zaxirasining o‘sishi hisobiga ta’minlanmoqda. Rivojlangan industrial davlatlar bank amaliyotida kapitalning bank pas-sivlari umumiy hajmidagi salmog‘ining o‘rtacha darajasi 5-6 foizni tashkil etadi. Chunki kapital tijorat banki faoliyatini moliyalashtirishning nisbatan qimmat shakli hisoblanadi. Banklararo kreditlarning foiz stavkasi depozit-larning foiz stavkasiga nisbatan yuqori bo‘lganligi sababli, ular ham tijorat banklari faoliyatini moliyalashtirishning nisbatan qimmat shakli hisoblanadi. Shuning uchun ham mazkur mamlakatlarning bank amaliyotida muddatli de-pozitlar va aholining muddatli omonatlarini keng ko‘lamda jalb qilish amali-yotiga katta e’tibor beriladi. Bu borada, ayniqsa, Yaponiya tijorat banklarining tajribasi katta amaliy ahamiyatga egadir. Buning boisi shundaki, Yaponiya tijorat banklari balansining passivida salmog‘iga ko‘ra birinchi o‘rinni aholi-ning muddatli omonatlari egallaydi. «B» misolida depozitlarning sifat ko‘rsatkichlarini, shu jumladan, ular-ning passivlar umumiy hajmidagi salmog‘ini tahlil qilamiz. «B» bankda 2009–2011-yillar mobaynida transaksion depozitlarning umumiy hajmidagi salmog‘ini sezilarli darajada pasayishi yuz berdi. Ush-bu pasayish, asosan, muddatli depozitlarning umumiy hajmidagi salmog‘ini yuqori sur’atlarda o‘sishi hisobiga yuz berdi. 4.5-jadval Download 71.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling