6
qog’ozlar bozoridagi operatsiyalarini iqtisodiy-xuquqiy asoslarini o’rganish, ushbu
bozorda banklar faoliyatini tahlil qilish va tegishli xulosalarni shakllantirish
hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining ob’yekti bo‘lib, O‘zbekiston
Respubikasi
tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi faoliyati hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Tijorat banklarni
qimmatli qog’ozlar bilan investitsion operatsiyalarining ahamiyatini yoritib berish,
xususan banklarning fond bozoridagi operatsiyalarini shakllanishining amaliy –
nazariy asoslarini va xorij tajribasini o’rganish, ularni faoliyat ko‘rsatishini
takomillashtirish bo‘yicha xulosa va takliflarni ishlab chiqish hisoblanadi.
Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun quyidagi asosiy vazifalar belgilab
olindi.
tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar
bilan investitsion, emission
operatsiyalarining iqtisodiy-xuquqiy asoslarini o’rganish;
qimmatli qog’ozlar bozorida tijorat banklari
faoliyatining turlari va
vazifalarini tasniflash;
tijorat banklarining investitsiya faoliyatida qimmatli qog’ozlar bilan
amalga oshiradigan operatsiyalari holatini tahlili;
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tijorat banklarining qimmatli
qog’ozlar bozoridagi faolligini oshirishdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf
etish istiqbollari.
Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy asoslari. Bitiruv
malakaviy ishining nazariy asosi bo‘lib tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar
bilan operatsiyalarini amalga oshirish borasidagi
Qonunchilik hujjatlari,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari, O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining me’yoriy
hujjatlari, yetakchi milliy va xorijiy
mutaxassislarning ishlari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: