Tijorat banklarining operatsiyalari reja: Passiv operatsiyalar Jalb qilingan mablag‘lar


Download 22.14 Kb.
bet5/5
Sana28.12.2022
Hajmi22.14 Kb.
#1021529
1   2   3   4   5
Bog'liq
TIJORAT BANKLARINING OPERATSIYALARI

O‘zaro pul fondlari foizlar bilan to‘lanadigan omonatlarni qabul qiladi, buning uchun mijozlarga chek yozib berishi mumkin. Chek bo‘yicha qo‘yilgan omonat summasi kabi hajmi ham ma’lum darajada chegaralangan bo‘ladi.
Moliya muassasasining bunday turi ko‘p minglab omonatchilarning mablag‘larini jalb etadi hamda hosil bo‘lgan fond daromad keltiradigan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish uchun ishlatiladi. Sanab o‘tilgan moliya muassasalaridan farqli o‘laroq, o‘zaro pul fondlaridagi omonatlar sug‘urta qilinmaydi, biroq ularning aktivlari (omonatchilarning mablag‘iga sotib olingan qimmatli qog‘ozlar) yuqori likvidli bo‘lgani sababli katta foizlar olib keladigan yetarli darajada ishonchli jamg‘arma vositasi hisoblanadi.
Depozit multiplikatori – bankka qo‘yilgan mablag‘larning har bir pul birligidan ko‘riladigan umumiy daromad hajmining o‘zgarishini tav-siflovchi ko‘rsatkich. Bank tizimining bir qadar qiziqarli xususiyati shundan iboratki, aytaylik, agar alohida tijorat banki o‘zidagi mavjud zaxira hajmidagina ssuda bersa, butun bank tizimi uning zaxirasidan bir necha barobar ortiq miqdorda ssuda taqdim etishi mumkin.
Bunday hodisa depozitlarning multiplikatsiya tarzida kengayishi (ko‘p karrali omonatlar orqali kengayish) degan nom olgan.
Depozitariy depozitlarni saqlash uchun ishonib topshirilgan huquqiy shaxs. Depozitariy bank deganda depozitlar (qimmatli qog‘ozlar)ni saqlash uchun ishonib topshirilgan bank tushuniladi.
Fond boyliklarini saqlash vazifasini amalga oshirishga zamonaviy yondashuv uning ixtisoslashgan tashkilotlar – depozitariylarda markazla-shuvini taqozo etadi. Bunday markazlashuv qimmatli qog‘ozlar aylanishi-da xizmat ko‘rsatishga ketadigan xarajatlarni kamaytiradi, hisobga olishni soddalashtiradi va tezlashtiradi. Markazlashgan depozitariy mavjud bo‘l-gan taqdirda qog‘ozlarning oldi-sotdisi bo‘yicha bitimlar sertifikatlarini tashib o‘rin almashtirish va kuzatib borishga hojat qolmaydi.
Depozitariyning asosiy vazifasi qimmatli qog‘ozlar sertifikatlarini saqlash va (yoki) qimmatli qog‘ozlarga egalik huquqini hisobga olish bo‘yicha xizmat ko‘rsatishdan iborat.
Qimmatli qog‘ozlarni saqlash va ularga egalik huquqini hisobga olishda depozitariy xizmatlaridan foydalanuvchi shaxs deponent deb yuritiladi.
Depozitariy va deponent o‘rtasida tuzilgan ularning depozitariy fao-liyatiga oid munosabatlarni tartibga solib turadigan shartnoma depozitar shartnoma (depo hisobvarag‘i haqida shartnoma) deyiladi. Depozitor shartnoma yozma shaklda tuziladi.
Download 22.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling