Tijorat banklarining to’lovga layoqatligi va likvidligi bank aktivlari likvidliligi tahlili


Lahzali likvidlilik koeffitsiyenti


Download 390.41 Kb.
bet2/8
Sana20.06.2023
Hajmi390.41 Kb.
#1633457
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
TOHIR P.V.B

Lahzali likvidlilik koeffitsiyenti likvid shaklidagi balans aktivlari, ya’ni ekstremal vaziyatlarda tez sotiladiganlari bi- lan bankning muddatsiz depozit hisobvaraqlari bo‘yicha majburiyatlar summasi orasidagi nisbatni bildiradi,
N3= LA
OV
Bunda: LA – bankning pul shaklidagi aktivlari;
OV – bankning muddatsiz depozit hisobvaraqlariga doir majburiyatlari;
N3 – me’yorining yo‘l qo‘yiladigan eng kam alomati 0,25 qilib belgilangan. Mazkur me’yor Markaziy bank to-
monidan kunlik balans asosida tezkor (operativ) tarzda na- zorat qilib boriladi.
Lahzali likvidlik ko‘rsatkichi – iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra ushbu normativ bankning omonatchilar oldidagi maj- buriyatlarini shu lahzada bajara olish qobilayatini angla- tadi.
Joriy likvidlik ko‘rsatkichi likvid shakldagi bank aktiv- larini 30 kungacha bo‘lgan muddatda yo‘qlab olingunga- cha turadigan hisobvaraqlari bo‘yicha majburiyatlari sum- masi orasidagi nisbatni bildiradi.
N4= LA(1)
OV(1)
Bunda: LA – qaytarish muddati 30 kungacha muddatda berilgan bankning likvid aktivlari va kreditlar;
OV – qaytarish muddati 30 kungacha bo‘lgan yo‘qlab olingungacha turadigan majburiyatlari;
N4 – me’yorining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdori 0,3 ga teng.
Tajribadan shu narsa ma’lumki, ayrim banklar o‘rtasida yuqori daromadni ko‘zlagan holda talab qilib olgunga qadar va qisqa muddatda qo‘yilgan omonatlar hisobidan kredit berish va boshqa aktiv operatsiyalarga uzoq muddatli tar- tibda joylashtiradilar. Jalb etilgan mablag‘larning muddati kelgan paytda esa bank omonatchilar oldidagi o‘z majburi- yatlarini muddatida bajarish imkoniga ega bo‘lmaydi. Bu- ning natijasida bank o‘z to‘lov qobiliyatini yo‘qotadi. Bun- day holat bankning o‘z faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatibgina qolmasdan, balki omonatchilarning moliyaviy ahvoliga, qo- laversa, bank tizimi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mazkur holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida bank amaliyotida aktiv va passiv mablag‘larning miqdori va mud- datlarini balanslash talablari o‘rnatildi. Bu borada jahon bank tajribasining «bankning oltin qoidasi» deb nomlanuv-
chi qoidasi amal qiladi. Unga binoan bankning moliyaviy talablari miqdori va muddati uning majburiyatlari miqdori va muddatlariga muvofiq kelishi shart.
N4 – normativining iqtisodiy mazmuni shundan iborat- ki, qay darajada jami balans aktivlarining likvid qismi talab qilib olingunga qadar bo‘lgan majburiyatlarni bir vaqtning o‘zida qaytarishi mumkinligidir. Modomiki, bunday mud- datli omonatchilar har qanday vaqtda bankdan o‘z omonat- larini talab qilishlari mumkin.
Yuqoridagi shartlardan kelib chiqqan holda, mazkur normativ bank tomonidan omonatchilardan jalb qilingan mablag‘lar muddati bilan ularning aktiv operatsiyalarga joy- lashtirish muddatlariga qat’iy muvofiq kelishini talab etadi. Shuning bilan bir qatorda mazkur me’yorning buzilishi xalq xo‘jaligida bo‘ladigan hisob-kitoblarni sekinlashtirish-
ga olib kelishi mumkin.
Quyida biz «A» bank joriy likvidliligini aniqlash maqsa- dida uning likvid aktivlarini o‘rganamiz.


5.4-jadval



Download 390.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling