Tijorat banklarining to’lovga layoqatligi va likvidligi bank aktivlari likvidliligi tahlili
Download 390.41 Kb.
|
TOHIR P.V.B
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tijorat banklarining 2008–2012-yillar mobaynida joriy likvidlik koeffiitsiyenti
Joriy likvidlik koeffitsiyentini hisoblashda quyidagi ko‘r- satkichlardan foydalanildi:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki metodikasi orqali hisoblanadigan likvidli aktivlar, yaqin 30 kun mud- datga milliy va chet el valutasida berilgan kreditlar (hech bo‘lmaganda bir marta prolongatsiya qilingan ssudalar bun- dan mustasno), shuningdek, bank foydasiga bo‘lgan yaqin 30 kun ichida amalga oshiriladigan to‘lovlar; talab qilib olinguncha bo‘lgan majburiyatlar – O‘z- bekiston Respublikasi Markaziy banki metodikasi orqali hisoblanadi, bunda boshqa kredit tashkilotlaridan 30 kun muddatga olingan kreditlar va bank tomonidan 30 kun muddatda majburiyatlarni o‘z zimmasiga olish bo‘yicha ka- folat va kafilliklarning 50 %ni ham o‘z ichiga oladi. Yuqoridagi ko‘rsatkichlar Markaziy bankning metodika- si bo‘yicha va tijorat banklarining balans ma’lumotlari aso- sida hisoblandi. 2008–2012-yillar mobaynida tijorat bank- larining joriy likvidlik koeffitsiyentlari yillar bo‘yicha quyi- dagicha bo‘lganligi aniqlandi. 7.1-jadval Tijorat banklarining 2008–2012-yillar mobaynida joriy likvidlik koeffiitsiyenti
Demak, 2008–2012-yillarda OATB «O‘zsanoatqo‘rilish- bank»ning joriy likvidlik koeffitsiyenti mos ravishda 58,5 %, 83,5 %, 85,7 %, 54,3 %ni va O‘zR DT Xalq bankining jo- riy likvidilk o‘rtacha koeffitsiyenti mos ravishda 72,4 %, 68,4 %, 95 %, 75,6 % va 86,9 %ni tashkil qilgan. Mazkur koeffitsiyentning optimal belgilangan miqdori 30 %ni tash- kil qiladi. Mazkur tijorat banklarida joriy likvidlik koeffitsiyenti- ning belgilangan me’yorga nisbatan 2008–2012-yillar mo- baynida o‘zgarishini tahlil qiladigan bo‘lsak, quyidagi holat- ni kuzatishimiz mumkin bo‘ladi. Mazkur jadval ma’lumotlariga ko‘ra ko‘rib chiqilayot- gan banklarning joriy likvidlik koeffitsiyentlari belgilangan me’yordan (joriy dikvidlik koeffitsiyentining optimal belgi- langan me’yori 30 %) bir necha barobar oshib ketgan. Jum- ladan, OATB «O‘zsanoatqurilishbanki»da 2008-yilda joriy likvidlik koeffitsiyenti 1,95 martaga, 2009-yilda 2,8 mar- taga, 2010-yilda 2,9 martaga, 2011-yilda 2,7 martaga va 2012-yilda 1,8 martaga oshgan. 142 7.2-jadval Download 390.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling