Tijorat banklarining valyuta operatsiyalari Reja


Valyuta opsionlarining amalga oshirilishi


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/26
Sana01.04.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1315515
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
Bog'liq
tijorat banklarining valyuta operatsi

Valyuta opsionlarining amalga oshirilishi 
Opsionlar valyuta riskidan xedjirlash hamda spekulyasiya uchun qo‘llanishini 
aytib o‘tgan edik, endi uni spekulyasiya uchun qo‘llanishini ko‘rib chiqamiz.
Agar spekulyator nuqtai nazaridan qarasak, unda spot, forvard va opsion 
bozorida savdo qilish, ya’ni spekulyativ operatsiyalar amalga oshirish imkoniyati 
bor. 
Spot bozori spekulyasiyasi 
Masalan, uning 100 ming AQSH dollari bo‘lsa va u shvetsiya franki bo‘yicha 
olti oylik spot kursi har bir shvetsiya franki uchun 0.6000 AQSH dollari bo‘lishini 
taxmin qilsa (albatta tahlillar natijasida), unda u spekulyasiyani amalga oshirish 
uchun birinchi navbatda bugungi kundagi har bir shvetsiya franki uchun 0.5851 
AQSH dollari spot kursi bo‘yicha 100 ming AQSH dollariga 170910.96 shvetsiya 


Aim.uz 
Aim.uz 
franki sotib olishi kerak. Spekulyator o‘zi taxmin qilgan valyuta kursi etib 
kelmaguncha uni o‘zida ushlab turadi va agar u mo‘ljallagan kurs etib kelsa u 
sotadi: 
170910.96 Sfr * $ 0.6000/Sfr = $ 102546.57 
Natijada, u 2546.57 AQSH dollari miqdorida yoki 2.5 % foyda ko‘radi. 
Forvard bozori spekulyasiyasi 
Forvard bozorida spekulyasiyani amalga oshirish uchun spekulyator birinchi 
navbatda olti oylik $ 0.5760/Sfr forvard kursi bo‘yicha 173611.11 shvetsiya 
frankini sotib oladi. Bu bosqich spekulyatordan hech qanday xarajatni talab 
qilmaydi. Olti oydan keyin $ 0.5760/Sfr forvard kursi bo‘yicha 100 ming AQSH 
dollariga 173611.11 shvetsiya frankini sotib oladi va shvetsiya frankini spot 
bozorida $ 0.6000/Sfr kurs bo‘yicha sotadi: 
173611.11Sfr * $ 0.6000/Sfr = $ 104166.67 
Natijada, 4166.67 AQSH dollari miqdorilagi foydani hech qanday 
investitsiyasiz oladi.  
Opsion bozori spekulyasiyasi 
Opsion bozorida spekulyasiyasini amalga oshirishda spekulyator qanday 
turdagi opsionni sotib oladi yoki sotadi aniqlab olishi kerak.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling