Aim.uz
Aim.uz
SHvetsiya frankini 58.5 US/SF strayk baho bo‘yicha put opsion yozib bergan
spekulyator cheklangan miqdordagi, ya’ni spot kurs 58.5 US/SF dan yuqori
bo‘lgan holda 0.50 US/SF foyda ko‘radi va cheklanmagan
miqdordagi zarar
ko‘rishi mumkin, ya’ni spot kurs 58.5 US/SF dan quyi bo‘lsa spekulyator zarar
ko‘radi.
Forvard valyuta shartnomasi – bu kelajakdagi belgilangan muddatda aniq
xorijiy valyuta summasini sotish yoki sotib olish bo‘yicha
banklararo bitimni
bajarish majburiyatidir. Bunda valyuta, summa, almashuv kursi va to‘lov muddati
bitim tuzilgan paytda belgilanadi. Forvard bitim muddati 3 kundan 5
yilgacha
bo‘lishi mumkin, ammo uning 1, 3, 6 va 12 oylik muddatlari odatda ko‘p uchraydi.
Forvard shartnomasi bank shartnomasi hisoblanadi,
shuning uchun u
standartlashtirilmagan va biror aniq operatsiya ostida ham qo‘llanilishi mumkin.
Forvard bitimlari bozori (6 oygacha bo‘lgan muddat uchun) asosiy valyutalarda
etarli
darajada barqaror, 6 oydan ko‘proq muddatga esa nobarqaror,
bunda ayrim
operatsiyalar almashinuv kurslarining kuchli tebranishiga olib kelishi mumkin.
Odatda Forvard operatsiyasi «svop» operatsiyasining tarkibiy qismi
hisoblanadi. Agar forvard bitimining o‘zigina qo‘llansa, (ya’ni bir vaqtning o‘zida
«spot» operatsiyasini amalga oshirish bilan emas), u
holda bu operatsiya autrayt
(outright) deb nomlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: