Tijorat banklarining valyuta operatsiyalari Reja


Valyuta poziyasisi va nazorati


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/26
Sana01.04.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1315515
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
tijorat banklarining valyuta operatsi

Valyuta poziyasisi va nazorati 
 
Valyutali banklar chet el valyutasini sotish va sotib olish huquqiga egalar: 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining «Ochiq valyuta pozitsiyasini 
yuritish» qoidasida ochiq valyuta pozitsiyasi uchun quyidagi limitlar o‘rnatilgan: 

Ixtiyoriy valyutada ochiq valyuta pozitsiyasi limiti har bir 
operatsion kun oxirida valyutali banklarda regulyativ kapitalning 5%idan 
oshmasligi va bankning umumiy ochiq valyuta pozitsiyasining limiti har 
operatsion kunning oxirida uning bank regulyativ kapitalining 20%idan oshmasligi 
lozim; 

Summali ochiq valyuta pozitsiyasida uzun valyuta pozitsiyasi 
ko‘rinishi o‘rnatiladi. Valyutani sotish va sotib olishda bank faqat ochiq valyuta 
pozitsiyasidan foydalanmaydi. Kun ora banklarda umumiy valyuta pozitsiyasi 
«Nostro» schyoti bo‘yicha olib boriladi. Quyidagiga ko‘ra ular to‘lovi 
foydalanadigan kungacha o‘rnatiladi. Agar to‘lovlar kirim bilan qo‘shilib ketsa, bir 
schyotdan boshqa schyotga mablag‘larni o‘tkazishda xatolikka yo‘l qo‘yilsa, bunda 
bank kun ora ochiq maxsus schyot bo‘yicha tekshirish o‘tkazadi. 
CHet el valyutasini sotish va sotib olishda bank valyuta pozitsiyasi limitiga 
rioya qilishi kerak. Bank valyuta operatsiyalarini bajarganda valyuta 
operatsiyalarining bir qismini sarflaydi. Bunda bankning xorijiy valyutalar 
bo‘yicha majburiyati va talablari orasidagi nisbat o‘zgaradi. Bankning xorijiy 
valyutalarni sotish va sotib olish jarayonidagi valyutalar bo‘yicha talab va 
majburiyatlari nisbati holati banklarning valyutaviy holati deyiladi. Valyutaviy 
holat ochiq va yopiq bo‘lishi mumkin. 
Hohlagan bir valyuta bo‘yicha ochiq valyuta pozitsiyasi deganda bankning 
shu xorijiy valyuta bo‘yicha aktivlarining majburiyatlaridan oshgan summasi 
tushuniladi va u uzun valyuta pozitsiyasi deb yuritiladi. Bank valyutani sotib 
olganda u uzun valyuta pozitsiyasiga ega bo‘ladi va uni shu valyuta bo‘yicha 


Aim.uz 
Aim.uz 
boshqalar oldida talabi oshadi, sababi sotgan tomon valyutani etkazib berish 
majburiyatini olgan. 
Aksincha, shu valyuta bo‘yicha majburiyatlarning aktivlardan oshsa, ya’ni 
xorijiy valyutani sotish uni sotib olishdan yuqori bo‘lsa valyuta pozitsiyasi qisqa 
bo‘ladi. Xorijiy valyuta sotganda qisqa valyuta pozitsiyasi yuzaga keladi, sababi 
valyutani sotib olgan tomongan etkazib berish majburiyati shakllanadi. 
Agar valyuta bo‘yicha talablar va majburiyatlar teng bo‘lsa valyuta 
pozitsiyasi yopiq bo‘ladi. 
Valyuta pozitsiyasining umumiy holati(summasi) deganda barcha valyutalar 
bo‘yicha uchun(qisqa) pozitsiyalar umumiy summasi tushuniladi. 
Agar bank operatsion kun davomida valyuta operatsiyalarini olib borishda 
ochiq valyuta pozitsiyasi bo‘yicha qo‘yilgan limitdan ortiq operatsiya amalga 
oshirgan, ya’ni valyutani ko‘p sotib olgan bo‘lsa bo‘lsa, u holda valyuta pozitsiyasi 
ortiq sotib olingan valyutani sotib yuborish yo‘li bilan balanslashtirib yopiladi. 
Vakolatli banklar ochiq valyuta pozitsiyasi limitiga hisoblangan foizlar, 
ko‘chmas mulk, qimmatli qog‘ozlar va boshqa moddiy qiymatliklarni sotish yoki 
sotib olish bilan bog‘liq valyuta operatsiyalarini ham amalga oshiradi. Vakolatli 
banklar o‘zlarining joylaridagi filiallari uchun ochiq valyuta pozitsiyasining 
chegarasini mustaqil belgilashlari mumkin. Lekin filiallar bo‘yicha belgilangan 
ochiq valyuta pozitsiyasining yig‘indisi bank bo‘yicha uning o‘z mablag‘larining 
20%idan oshmasligi lozim. 
Vakolatli banklar har oyda oyning 3chi kunigacha Markaziy Bankka 
o‘zlarining ochiq operatsiyalari va unga rioya qilinganligi to‘g‘risida hisobot 
berishlari lozim. Hisobot quyidagi shaklda tuziladi: 
Ochiq valyuta pozitsiyasi limitini hisoblash. 
Aytaylik tijorat bankining regulyativ kapitala miqdori 50.000 so‘m. Bankning 
xorijiy valyutalar bo‘yicha quyidagicha pozitsiyaga ega: 
-jadval 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling