Tijorat banklarining valyuta operatsiyalari Reja


Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/26
Sana01.04.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1315515
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
tijorat banklarining valyuta operatsi

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xorijiy valyutalarga bo‘lgan 
talab va taklifni muvofiqlashtirish. (eksportga yo‘naltirilgan korxonalar 
faoliyatini qullab-quvvatlash nuqtai nazaridan). 
Valyuta nazoratining asosiy maqsadi, bu eksport bo‘yicha valyuta 
tushumining o‘z vaqtida eksportchi tashkilot hisob raqamiga tushishini ta’minlash 
va import mahsulotlari uchun o‘tkazilayotgan valyuta mablag‘larini to‘planishi, 
xaqiqatda Respublika hududida kelib tushgan mahsulot narxiga muvofiqligi, 
shuningdek, belgilangan tartibda valyuta tushumidan majburiy, sotuvni amalga 
oshirishdan iborat. 
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy Banki, Moliya Vazirligi va Davlat Soliq Qo‘mitalari valyutani nazorat 
qiluvchi organlar hisoblanadilar. Tijorat banklari valyuta nazoratining Agentlari 
hisoblanadilar. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 28 mart 1998 yildagi 
393-sonli Eksport va barter shartnomalarini hisobga olish va bajarilishi nazorati 
tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomasi Eksport – import shartnomalarini bank 
muassasalari tomonidan ro‘yxatga olish qoidasi va ular ustidan nazoratni amalga 
oshirishni belgilaydi. Korxona va tashkilotlarning mulkchilik shaklidan qat’iy 
nazar tuzgan eksport shartnomalari, ularning valyuta hisobraqami ochilgan 
vakolatli banki orqali o‘tishi lozim. YArmarka savdosida, birjada tuzilgan eksport 
shartnomalari bankda ro‘yxatga olinmaydi . 
Amaldagi qonunchilikka asosan, ro‘yxatga olinishi lozim bo‘lgan eksport 
shartnomalarida Tashqi iqtisodiy aloqalar Vazirligidan ro‘yxatga olingandan so‘ng 
bankda ro‘yxatga olinadi .
Eksport shartnomasining summasi qat’iy valyutada belgilanishi lozim . 


Aim.uz 
Aim.uz 
Mahsulot, sotilishi bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlar oldindan, amalga 
oshirilishidan eksportda tashkilot belgilangan shaklda ariza, shartnoma taqdim 
etadi. Xizmat ko‘rsatayotgan bank ikki ish kuni mobaynida shartnomani ko‘rib 
chiqib, imzolanib, shartnoma va uning nusxasining har bir varag‘ini bank shtampi 
bilan tasdiqlaydi, so‘ngra eksport shartnomaga identifikatsiya nomeri o‘zlashtirib 
belgilangan shaklda ma’lumotnoma beriladi. 
Keyin shartnomaning bir nusxasi eksportyor tashkilotga berilib, ikkinchi 
nusxasi ish yig‘ma jildiga tikiladi. 
Eksport shartnomalari «ko‘zda tutilgan holatlar» 95497 hisobvarag‘i 
shartnoma ro‘yxatga olingan sanasiga spot kursi bo‘yicha hisoblanib, so‘mda 
hisobga olinadi. Analitik hisobda ham shartnomalarga litsevoy schyot ochiladi 
Eksport shartnomasining summasi 95497 hisobvarag‘i bo‘yicha debetlanadi . 
Operatsiya quyidagi provodka bilan rasmiylashtiriladi; 
Debet scheti Ň¹95497 «Ko‘zda tutilmagan vaziyatlar, boshqa schyotlari» 
Kredit scheti ¹96397 «Kuzda tutilmagan vaziyatlar kontr-schyoti» 
Operatsiya haqiqatda amalga oshirilganda ushbu shartnoma bo‘yicha eksportyor 
tranzit schyotiga kelib tushgan valyuta tushumi ¹95497 schyotida kreditlanadi. 
Operatsiya kuyidagi provodka bilan rasmiylashtiriladi ; 
Debet scheti Ň¹96397 «Ko‘zda tutilmagan vaziyatlar kontr-schyoti» 
Kredit schyoti ¹95497 «Ko‘zda tutilmagan vaziyatlar boshqa schetlari». 
Vakolatli banklar (Bo‘limlar, boshqarmalar) eksport-import operatsiyalari 
bo‘yicha quyidagi hujjatlar tikiladigan yig‘ma ish jildi ochishlari lozim; 
- korxonaning arizasi; 
- ro‘yxatga oligan shartnomaning nusxasi ; 

shartnomaga identifikatsiya nomeri o‘zlashtirilganligi to‘g‘risidagi 
ma’lumotnoma ; 
- hisob-kitob ma’lumotnomasi; 
- mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasidan chiqarganligini tasdiqlovchi 
bojxona reestori; 


Aim.uz 
Aim.uz 
- Haqiqatda eksportyor tashkilotiga kelib tushgan valyuta tushumi tushganligini 
tasdiqlovchi 
schyotdan 
bildirishnoma. 
Belgilangan 
tartibda 
valyuta 
tushumidan majburiy sotuvni amalga oshirish va qoldiqni asosiy 
hisobvarag‘iga o‘tkazish ; 
Ushbu shartnomaga tegishli bo‘lgan har xil turdagi yozishmalar, yuqori tashkilot 
bilan soliq idoralari, bojxona xizmati ; 
-Xizmat ko‘rsatayotgan bank tomonidan talab qilingan zarur bo‘lgan hujjatlar. 
Barter shartnomalari ham shu tartibda amalga oshiriladi . Barter 
shartnomalarini tuzish uchun tashkilotlar tegishli idoralardan (Vazirlar Mahkamasi, 
Hokimiyatlar) ruxsat olishlari kerak. Ruxsatnoma olganlaridan keyin barter 
shartnomasini 10 kun muddat ichida bankka taqdim etishlari lozim. Barter 
shartnomalari bankda ro‘yxatga olingan kunga spot kursi orqali o‘tkazilib so‘mda 
¹90969 «Barter shartnomalari» hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Analitik hisobda 
har bir shartnoma uchun litsevoy schyot ochiladi. 
90969 hisobvarag‘i shartnoma ro‘yxatga olinguncha spot kursi orqali
hisoblangan sumdagi ekvivalent shartnoma summasi debetlanadi. 
Debet schet ¹90969 «Barter shartnomalari» 
Kredit schet ¹96317 «Barter shartnomalari bo‘yicha kontr-schet». 
¹90969 schet amalga oshirilgan majburiy sotuv va kelib tushgan tovar 
summasiga kreditlanadi. 
Ushbu operatsiya quyidagi provodka bilan rasmiylashtiriladi ; 
Debet schet ¹ 96317 «Barter shartnomalari buyicha kotnr-schet» 
Kredit schet ¹ 90969 «Barter shartnomalari» 
Bunaqa hisob yuritish eksport – barter shartnomalarini bajarilishini kerakli 
darajadan nazorat o‘rnatish uchun valyuta tushumlarini o‘z vaqtida va to‘liq 
ravishda ta’minlash, shuningdek belgilangan tartibda majburiy sotuvni amalga 
oshirishlari uchun zarur. Qonunda belgilangan muddatda tushum bo‘lmasa yoki 
mahsulot kelib tushmasa, vakolatli bank bir hafta mobaynida chora ko‘rish uchun 
tegishli organlarga xabar berishi lozim. Xat nusxasi O‘zbekiston Respublikasi 


Aim.uz 
Aim.uz 
Markaziy Bankining tashqi aloqalar va valyutani boshqarish departamentiga, 
Davlat Soliq Qo‘mitasiga yuborilishi lozim. 
SHuningdek import shartnomalari tashkilotning valyuta hisobraqami 
ochilgan vakolatli banklarda ro‘yxatga qo‘yilishi kerak. Ta’sischilar shartnomasi 
yoki kelib tushgan mahsulot pul to‘lanmaydigan shartnomalar bankda ruyxatga 
olinmaydi. 
Import shartnomalarini xizmat ko‘rsatayotgan bankda ro‘yxatga ko‘yish 
uchun mijozlar tomonidan bankka taqdim etishlari lozim bo‘lgan hujjatlar; 
- Belgilangan shaklda ariza
- shartnomaning asl nusxasi va uning nusxasi; 
- import bitimi pasporti; 
- TIAV ning import shartnomalarining ro‘yxatga olish sertifikati 
kabilardir. 
Tashki iqtisodiy aloqalar Vazirligida ro‘yxatga olinmaydigan import 
shartnomalari bo‘yicha ro‘yxatga olish uchun importni sifatli mahsulotlar bilan 
taminlash maqsadida, xo‘jalik subektlariga import shartnomalarining konsalting 
firmalarida ekspertizadan o‘tish tavsiya etiladi. 
SHartnomalar O‘zbekiston Respublikasi Tashki iqtisodiy aloqalar Vazirligida 
import shartnomalarini ro‘yxatga olish tartibining uchinchi bandiga asosan 
rasmiylashtirilishi lozim. Bundan tashqari, vakolatli banklar shartnomalarining 
quyidagi majburiy shartlarini: 

shartnomada chet el hamkorning to‘liq rekvizitlari ko‘rsatilgan bo‘lishi 
lozim (mamlakat, mol jo‘natuvchining to‘liq nomi, xizmat ko‘rsatayotgan bank 
nomi, hisob raqamining nomeri); 
- oldindan to‘lov, shartnoma summasidan 15% dan oshmagan va chet el 
hamkorining bankidan bank kafolatnomasi mavjud bo‘lishi; 

shartnomaning to‘lov shartiga tegishli barcha o‘zgarishlar tomonlarning 
qo‘shimcha kelishuvida aks etishi lozim. Vakolatli bank taqdim etilgan hujjatlarni 
ikki kun mobaynida ko‘rib chiqib, ro‘yxatga oladi, agarda taqdim etilgan hujjatlar 
qonunda belgilangan tartibda javob bermasa, bank yozma rad xatini barcha 


Aim.uz 
Aim.uz 
kamchiliklarini ko‘rsatgan holda belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun 
mijozga qaytaradi.)ni tekshirishlari kerak. 

Ro‘yxatga olish vaqtida import shartnomalariga indentifikatsiya nomeri 
o‘zlashtiriladi SHartnomaning asl nusxasiga, uning ko‘chirma nusxalarining 
barcha varaqalariga va import bitimi pasportining barcha nusxalariga bank shtampi 
bosiladi va vakolatli bank xodimi imzosi bilan tasdiklanadi, shundan so‘ng 
shartnomaning asl nusxasi mijozga qaytarilib, uning nusxasi bankda ish jildiga 
tikiladi. 
«Mahsulotlarni bojxona xizmatida rasmiylashtirish tartibining» 4-bandiga 
asosan kelib tushgan mahsulotlarni rasta qilish maqsadida raqamda shaxsiy 
mablag‘lari mavjudligi to‘g‘risidagi malumotnoma yoki kafolatnoma berish uchun 
bankka yozma murojaat qilinadi. Mijozning yozma arizasiga asosan, amalga 
oshirilayotgan oldindan to‘lov, ochilgan akkreditiv, berilgan bank kafolati yoki 
ushbu shartnoma bo‘yicha kelib tushgan molning pulini to‘lash uchun mablag‘ni 
zahiralanganligi ko‘rsatilgan holda o‘z mablag‘lari mavjudligi to‘g‘risidagi 
ma’lumotnoma beradi. 
Mablag‘lar № 29896-sonli depozit hisob raqamida mijozning yozma 
arizasiga asosan rezerv qilinadi. Rezerv qilingan mablag‘lardan fakat ushbu 
shartnoma bo‘yicha kelib tushgan mahsulotlarning pulini to‘lash maqsadida 
foydalanish lozim. Mablag‘larni rezerv qilishning asosiy shartlaridan biri bu 
mijozning byudjet oldida va har xil turdagi soliqlardan qarzi yo‘qligini 
tasdiqlovchi soliq idoralarning malumotnomasining mavjudligi hisoblanadi. 
Vakolatli bank tomonidan mijozlarga kafolatnoma berishning asosiy sharti 
Markaziy Bank yo‘riqnomasining talablariga muvofiq importyor foydasiga 
uchinchi shaxs tomonidan kafolatnoma berilishidir. SHuningdek, uchinchi shaxs 
tomonidan berilgan kafolatnoma bankning kredit komissiyasida ko‘rib chiqilishi 
lozim. Ijobiy xulosaga kelishgandan so‘ng vakolatli bank rahbari bojxona 
xizmatiga taqdim etish uchun kafolatnoma berishga ruxsat beradi. 
Korxona va tashqilotlar mulkchilik shaklidan kat’iy nazar tuzilgan eksport 
shartnomalari , valyuta xisob rakami ochilgandan vakolatli bankda kuyilishi lozim. 


Aim.uz 
Aim.uz 
YArmarka savdosida ,birjada tuzilgan eksport shartnomalari bankda ruyxatga 
olinmaydi. 
TIAV-da amaldagi qonunchilikka asosan ruyxatga olinishi lozim bo‘lgan 
eksport shartnomalari , bankda faqat TIAV- da ruyxatga olingandan sung ruyxatga 
olinadi. Eksport shartnomasining summasi kat’iy valyutada belgilanishi lozim. 
Maxsulot, bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlar sotilishi oldindan, eksportchi- 
tashqilot belgilangan shaklda ariza, bitta shartnoma va yana bitta nusxasi bilan. 
Xizmat ko‘rsataetgan bank 2-ish kuni mobaynida shartnomani ko‘rib chikib, 
javobgar shaxs tomonidan imzolanib, shartnoma va uning nusxasi har bir varagida 
bank shtampi bilan tasdiklanadi, sungra eksport shartnomaga identifikatsiya 
nomeri uzlashtirib belgilangan shaklda ma’lumotnoma beriladi. 
Keyin shartnomaning bir nusxasi eksportchi tashqilotga berilib, ikkinchi 
nusxasi ish yigma jiltiniga tikiladi. 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling