Tijorat banklarining valyuta operatsiyalari Reja


Koll opsionni sotib olish


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/26
Sana01.04.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1315515
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
Bog'liq
tijorat banklarining valyuta operatsi

Koll opsionni sotib olishda u frankdagi avgust kol opsionini 58 ½ ($ 
0.5850/Sfr) strayk bahoda va 0.50 yoki $ 0.0050/Sfr premiyani xarid qiladi. Agar 
spot kurs strayk bahodan past bo‘lsa, spekulyator kol opsionni sotmaydi. CHunki, 
frank spot bozorda kolldagiga qaraganda arzonroqdir. Spekulyatorning yo‘qotishi 
faqat premiyadan (0.50) iborat bo‘ladi. Agar spot kurs strayk kursdan yuqori 
bo‘lsa, masalan, 59 ½ bo‘lsa, u shvetsiya frankini 59 ½ kurs o‘rniga 58 ½ kurs 
bilan sotib oladi va uni spot bozorida 59 ½ kurs bo‘yicha sotib foyda oladi.
Foyda(zarar) = spot kurs–(strayk baho+premiya) 
= $ 0.595/Sfr-($0.585/Sfr+$0.005/Sfr) = $0.005/Sfr 
SHuningdek, spekulyator kursni yana ham ko‘tarilishini ko‘tishi mumkin. 
YA’ni opsion bozorida yo‘qotish cheklangan (premiya bilan) daromad esa 
cheklanmagan bo‘ladi.


Aim.uz 
Aim.uz 
Kol opsionini yozib berishda spekulyator o‘ziga sotish majburiyatini oladi. 
Sotib oluvchi tomon esa belgilangan valyutani sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. 
Bunda u cheklangan foyda va cheklanmagan yo‘qotishda bo‘ladi. Spekulyatorning 
kol opsion yozib berishdagi daromad (zarar)i quyidagicha: 
Foyda(zarar) = Premiya-(Spot kurs-Strayk baho) 
= $0.005/Sfr-($0.595/Sfr+$0.585/Sfr) = -$0.005/Sfr 
SHvetsiya frankiga 58.5 US/SF strayk baho bilan kol opsionni yozib beruvchi 
spekulyatorningning daromadi cheklangan bo‘ladi va u spot kurs 58.5 US/SF 
strayk bahodan quyi bo‘lgan holda 0.50 US/SF ga teng bo‘ladi. Spekulyatorning 
yo‘qotishi esa cheklanmagan darajada bo‘ladi, ya’ni agar spot kurs 59.0 US/SF 
(huquqdagi)dan yuqori bo‘lsa spekulyatorning yo‘qotishi cheklanmagan bo‘ladi. 
Put opsionni sotib olish bilan spekulyatorda valyutani strayk bahoda 
sotish huquqi bo‘ladi. Kol opsion singari bunda ham cheklangan yo‘qotish, 
cheklanmagan yutuq bo‘ladi. Agar spot kurs strayk bahodan tushib ketsa ham 
spekulyator put opsionni strayk baho bo‘yicha amalga oshirib daromad oladi. 
Spekulyatorning put opsion sotib olishdagi foyda(zarari) quyidagicha bo‘ladi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling