Tijorat banklarining valyuta operatsiyalari Reja
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
tijorat banklarining valyuta operatsi
Valyuta opsioni ham valyuta operatsiyalarining turi bo‘lib, undan sotuvchi
haridor oldida kelajakdagi muayyan muddatda qat’iy belgilangan narx bo‘yicha muayyan miqdordagi xorijiy valyutalarni harid qilish va sotish majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi. Opsionlarning quyidagi 2 ta asosiy turi mavjud: - «koll-opsion» (coll option)-sotib olinadigan opsion - «put-opsion» (put option)-sotiladigan opsion - «koll-put» (coll-put-option)-ikki yoqlama opsion Koll opsionning xaridori oldindan belgilangan narx bo‘yicha muayyan tovarni sotish huquqiga ega bo‘ladi. Ushbu «huquq» haridorga aniq tovarni sotib Aim.uz Aim.uz olish yoki sotish uning uchun foyda keltirmaydigan bo‘lgan holda undan voz kechish imkoniyatini beradi. Opsionning sotuvchisi koll-opsion holatida opsionni bajarishi, ya’ni sotishi lozim. Put-opsion holatiga ega opsion xaridori buni talab qilsa, muayyan tovarni sotib olishi shart. Valyuta opsionlarining quyidagi kamchiliklari mavjud: a) Baho mukofotning bahosi valyuta bilan qoplangan umumiy summaning 5% atrofini tashkil qiladi, shunday bo‘lsa-da, summaning aniqligi kutilayotgan kursning ayriboshlanishi o‘zgarishiga bog‘liqdir. b) «oldindan» to‘lovning zarurligi. Valyuta opsionlari uning tuzilishi vaqtida to‘lanadi. Bu barcha kompaniyalarga yoqmaydi, chunki ular opsionni amalga oshirishni istasalar ham ular har doim naqd pulga ega bo‘lmaydilar. v) savdo opsionlarini barcha valyutalarga nisbatan olib bo‘lmaydi, shunday bo‘lsa-da birjadan tashqaridagi opsionlar har qanday erkin konvertirlanadigan valyutaga erkin tarzda sotiladi. a) Koll-opsion – opsion egasiga kelajakda kursi oshib ketishi mumkin bo‘lgan valyutani nisbatan past strayk-bahoda xarid qilish huquqini beradi. b) sotish uchun yoki put-opsion egasi kelajakda kursi tushib ketishi mumkin bo‘lgan valyutani nisbatan yuqori strayk bahoda sotish huquqini beradi. v) put-koll opsion egasi bazis bahoda valyutani sotib olishi yoki sotishi mumkin. Opsion bilan forvord bitimi orasidagi asosiy farqlar quyidagilardan iborat: - xaridor apsayddan daromad oladi - xaridor daunsayddan himoyalangan - xaridor opsion uchun mukofot to‘laydi. Apsayd – almashinuv kursining strayk bahoga nisbatan o‘sishi, daunsayd- strayk bahoga nisbatan pasayishi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling