Aim.uz
Aim.uz
Kol opsionini yozib berishda spekulyator o‘ziga sotish majburiyatini oladi.
Sotib oluvchi tomon esa belgilangan valyutani sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.
Bunda u cheklangan foyda va cheklanmagan yo‘qotishda bo‘ladi. Spekulyatorning
kol opsion yozib berishdagi daromad (zarar)i quyidagicha:
Foyda(zarar) = Premiya-(Spot kurs-Strayk baho)
= $0.005/Sfr-($0.595/Sfr+$0.585/Sfr) = -$0.005/Sfr
SHvetsiya frankiga 58.5 US/SF strayk baho bilan kol opsionni yozib beruvchi
spekulyatorningning daromadi cheklangan bo‘ladi va u spot kurs 58.5 US/SF
strayk bahodan quyi bo‘lgan holda 0.50 US/SF ga teng bo‘ladi. Spekulyatorning
yo‘qotishi esa cheklanmagan darajada bo‘ladi, ya’ni agar spot kurs 59.0 US/SF
(huquqdagi)dan yuqori bo‘lsa spekulyatorning yo‘qotishi cheklanmagan bo‘ladi.
Put opsionni sotib olish bilan spekulyatorda
valyutani strayk bahoda
sotish huquqi bo‘ladi. Kol opsion singari bunda ham cheklangan yo‘qotish,
cheklanmagan yutuq bo‘ladi. Agar spot kurs strayk
bahodan tushib ketsa ham
spekulyator put opsionni strayk baho bo‘yicha amalga oshirib daromad oladi.
Spekulyatorning put opsion sotib olishdagi foyda(zarari) quyidagicha bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: