Tijorat banklarining valyuta operatsiyalari Reja


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/26
Sana01.04.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1315515
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
Bog'liq
tijorat banklarining valyuta operatsi

Svop operatsiyasi – bu bir vaqtning o‘zida chet el valyutasini har xil sanaga 
turli hisob-kitoblar shartida teng summaga sotib olish va sotishdir. YA’ni svop – 
bu valyutani kelajakda sotib yuborish garovi bilan qandaydir vaqtga sotib olishdir. 


Aim.uz 
Aim.uz 
Bunda bir vaqtning o‘zida valyuta almashuvi bo‘yicha 2ta alohida bitim tuziladi. 
Bu bitimlar qarama-qarshi yo‘nalishga va turli hisob-kitob sanasiga ega bo‘ladi. 
Svop opretsiyalari ko‘pgina banklar tomonidan o‘zlarining chet el 
valyutasidagi majburiyatlarini qoplash maqsadida foydalanadi. Svop operatsiyasi 
ikki bank tomonidan amalga oshirilganda bir bank ikkinchi bankga bir valyutani, 
ikkinchisi ikkinchi balyutani almashadi va qandaydir vaqt o‘tishi bilan valyutalar 
qaytarib olinadi. 
Asosiysi shundaki, svop bitimlari ochiq valyuta pozitsiyasini keltirib 
chiqarmaydi va vaqtincha kurs o‘zgarishi bilan bog‘liq riskdan holi bo‘lgan 
valyuta bilan ta’minlaydi. Svop bitimlari odatda 1 kundan 6 oygacha muddatga 
tuziladi, muddati 5 yilgacha bo‘lgan svop bitimlari esa juda kam uchraydi. 
Svop operatsiyalari tijorat banklari o‘rtasida, tijorat bank va markaziy bank 
o‘rtasida, hamda mamlakatlar markaziy banklariaro amalga oshirilishi mumkin. 
Umumiy 
qilib 
aytganda, 
kassa 
va 
forvard 
operatsiyalarini 
muvofiqlashtiruvchi valyuta shartnomasini svop shartnomasi hisoblanadi. 
Valyuta atribtaji – bu valyutani sotish yoki sotib olish bo‘lib, keyinchalik 
teskari bitim tuzib, valyuta kurslari farqi yordamida foyda olish maqsadida 
o‘tkazishni ifodalaydi. Arbitraj operatsiyalarini o‘tkazishning asosiy shartlaridan 
biri bozorning turli sigmentlariaro kapital oqimi erkin bo‘lishi, ya’ni valyutalarning 
erkin konvertirlanishi, valyuta cheklovlarining yo‘qligi va boshqalar hisoblanadi. 
Arbitraj ikki xil – joylashuvga ko‘ra va vaqtli bo‘ladi. Ularning har biri ham 
o‘z navbatida oddiy va murakkabga bo‘linadi. Operatsiya ikki valyuta ishtirokida 
amalga oshirilsa oddiy, uch va undan ortiq valyutalar bilan amalga oshirilsa 
murakkab bo‘ladi. 
Joylashuvga ko‘ra arbitraj banklarning turli valyuta bozorlaridagi kurs farqi 
orqali foyda olishini bildiradi.U valyuta risk bilan bog‘liq emas, chunki valyuta 
savdosi bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi. Masalan,bank vakili Singapurda 
valyutani sotib oladi (sotadi) va shu vaqtning o‘zida u o‘zining Londondagi 
korrespondenti orqali shu valyutani sotadi( sotib oladi). 


Aim.uz 
Aim.uz 
Vaqtli arbitraj vaqt o‘tishi bilan valyuta kursi orasidagi farq orqali foyda 
olishdir. Valyuta arbitraji spot va forvard sharoitida amalga oshirilishi mumkin va 
bu turdagi operatsiyalarda valyuta risklari mavjud bo‘ladi. 
Arbitraj operatsiyalari tijorat banklari dillerlari ishining asosiylaridan 
hisoblanadi. Ko‘pincha arbitraj bitimlarini o‘tkazish imkoniyatlari sanoqli 
daqiqalardagina to‘g‘ri kelishi mumkin, shuning uchun dillerning arbitraj 
operatsiyasini tezda baholash va hisoblashi qobiliyatidan ko‘p narsa kelib chiqadi. 
Arbitraj operatsiyasini muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun bozorni yaxshi o‘rganish, 
kelajakni ko‘ra bilish kabilar dillerlar uchun zaruriy shartlardan biridir. 
Hozirgi kunda vakolatli banklar valyuta amaliyotlarini amalga oshirish 
doirasini jaxon amaliyotiga muvofiq, kengaytirishga yordam beradigan 
O‘zbekiston valyuta bozorini erkinlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga 
oshirishni hisobga olgan holda, manfaatdor idoralarga xalqaro valyuta bozori 
faoliyat yuritish uslublarini diqqat bilan o‘rganish hamda mamlakat iqtisodiyotiga 
salbiy ta’sirlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida valyuta risklarini tartibga solish 
instrumentlarini qo‘llash uchun shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘rishlari 
lozim. 
Hozirgi vaqtda tijorat banklarining valyuta bozoridagi faoliyatining 
Markaziy bank tomonidan tartibga solinishi bank tizimidagi eng muhim va dolzarb 
masalalardan biri bo‘lib turibdi. «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
to‘g‘risida»gi qonunning 40-moddasiga muvofiq, Markaziy bank valyutani tartibga 
solish va valyutani nazorat qilish davlat organi bo‘lib hisoblanadi. 
Bu masalaning dolzarbligi asosan, ko‘pgina yirik vakolatli banklar 
aktivlarining asosiy qismini valyuta sohasiga yo‘naltirilganligi, ya’ni xorijiy 
valyutadagi aktivlardan iboratligi bilan izohlanadi. O‘zbekiston Republikasi 
hududida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish prinsiplari va valyuta 
qimmatliklari bilan ishlash tartibi O‘zbekiston Respublikasining «Valyutani 
tartibga solish to‘g‘risida»gi qonuni bilan aniqlanadi. Ushbu qonun talablariga 
muvofiq O‘zbekiston hududida xorijiy valyuta bilan bog‘liq barcha hisob-kitoblar 
faqat vakolatli banklar orqali, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 


Aim.uz 
Aim.uz 
valyuta operatsiyalarini o‘tkazishga ruxsat beruvchi litsenziyasiga ega bo‘lgan 
tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi. Bunday litsenziyaga ega bo‘lgan 
tijorat banklari vakolatli bank hisoblanadi. 
Tijorat banklarining valyuta faoliyatlarini tartibga solishda ochiq valyuta 
pozitsiyasini yuritilishi haqidagi hisobot muhim o‘rin tutadi. Bu hisobotni tahlil 
qilishning zarurati Markaziya Bank tomonidan vakolatli banklarga chet el valyutasi 
bilan bog‘liq operatsiyalarga limit o‘rnatilishidadir. Bu tartib bo‘yicha bankning 
o‘z mablag‘lariga nisbatan 20%gacha valyuta sotib olishi va sotishiga ruxsat bor, 
ya’ni bir valyuta turi bo‘yicha bu ko‘rsatkich 5% qilib belgilangan. Limit 
o‘rnatishning asosiy sababi, vakolatli banklar barcha aktivlarini chet el 
valyutalariga qo‘ysa va bu valyutalarning kursi jahon valyuta bozorida tushib 
ketsa, bank aktivlari kamayishi va hatto bank bankrot bo‘lishi mumkin va bu o‘z 
navbatida mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sir qiladi. SHuning oldini olish 
maqsadida, bu limit barcha vakolatli banklar uchun joriy qilingan. Ana shu erda 
shuni ta’kidlash lozimki, respublikamizda 15 oktyabr 2003 yildan joriy 
operatsiyalar bo‘yicha to‘liq konvertatsiya joriy qilinishi bu limitni o‘zgartirishni 
zarur qilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida xozirgi vaqtda amalda Markaziy Bank 
boshqaruvida 1998 yilning 28 martida 392-son bilan qabul qilingan «Ochiq valyuta 
pozitsiyasini yuritilishi qoidalar» amal qiladi. 
Fikrimizcha, yuqorida qayd etilgan tartibda bir qator o‘z echimini kutuvchi 
masalalar uchraydi. Xususan, qoidaning 2-bandi bo‘yicha: ochiq valyuta 
pozitsiyasining limit miqdori juda kam o‘rnatilgan, ya’ni barcha xorijiy valyuta 
pozitsiyasi bo‘yicha 20%, aniq bir valyuta turi bo‘yicha esa 5%. Fikrimizcha, 
ushbu foizlar miqdorini qayta ko‘rib chiqish kerak. CHunki, bizning respublika 
vakolatli banklari asosan ikki valyuta(EVRO, AQSH dollari) bilan ishlaydi. 
Joriy operatsiyalar bo‘yicha konvertatsiya masalasining hal qilinishi, 
banklar, jumladan, ularning mijozlari hisoblanmish korxona va tashkilotlar xalqaro 
jahon bozoriga, ya’ni integratsiya jarayoniga jadal kirishib ketadilar. Demakki, 
umumiy pozitsiyaning miqdori kimligi bu jarayonga xalaqit berishi mumkin.


Aim.uz 
Aim.uz 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling