Tijorat banklarining valyuta operatsiyalari Reja


Valyuta opsionlari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/26
Sana01.04.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1315515
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
Bog'liq
tijorat banklarining valyuta operatsi

Valyuta opsionlari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar 
Valyuta opsionlari birinchi marta 1982 yilda Filadelfiya birjasida amalga 
oshirilgan. SHundan keyin valyuta opsionlari bilan savdolar jahonning ko‘pgina 
birjalarida amalga oshirila boshladi. Opsiondan investitsiya portfelining muhim 
elementi va sug‘urtalashning samarali usuli sifatida foydalanish uchun uni qanday 
ishlatilishini bilish lozim. Fyuchers va forvard bitimlaridan farqli ravishda u 
majburiyat emas, balki huquqdir. 
Valyuta opsioni – bu sotuvchi va xaridorning shunday bitimki, u xaridorga 
biror valyutaning bozor narxlaridan qat’iy nazar belgilangan miqdorini oldindan 
belgilangan vaqtda va kursda etkazib berish bo‘yicha huquq beradi. Sotuvchiga esa 
belgilangan valyutani oldindan belgilangan vaqtda va kursda sotish majburiyatini 
beradi.
Valyuta opsioni shunday instrumentki, u ham spekulyasiya ham xedjirlash 
vositasi sifatida qo‘llanilishi mumkin.
Opsionlar birjadan tashqari bozorda va birjadagi bozorda ham keng ko‘lamda 
qo‘llaniladi. Valyuta opsionlarining katta qismi, jumladan 81 % birjadan tashqari 
bozorda 
amalga 
oshiriladi.
2
Valyuta 
opsionida 
fyuchers 
savdosida 
qatnashmaydigan ekzotik valyutalar uchun ham bitimlar tuzish mumkinligi uning 
ahamiyatini oshiradi. Valyuta opsioning muddati turli muddatlarda tuzish 
mumkinligi bilan ajralib turadi uni bir necha soatdan tortib bir necha yillargacha 
tuzishingiz mumkin, ammo asosan muddatlar sifatida to‘liq muddatlar masalan bir 
hafta, bir oy, ikki oy va h.klar olinishi mumkin. 
Quyidagi etti omil opsion narxini shakllantiradi: 
1. 
Valyuta kursi. 
2. 
Strayk baho (realizatsiya bahosi). 
3. 
Valyuta kursining volatillik darajasi. 
4. 
Amalga oshirilish muddati. 
5. 
Foiz stavkalaridagi farqlar. 
6. 
Bitim turi (koll yoki put). 
2
Кравченко П.П “Фьючерсный рынок и рынок опционов”, Финансовый Менеджмент № 4/2001


Aim.uz 
Aim.uz 
7. 
Opsionning modeli – amerika yoki evropa opsioni. 
Ushbu etti omildan valyuta kursi asosiy omil sanaladi. Aynan valyuta kursiga 
qarab opsion narxi o‘zgaradi. Opsion narxini o‘zgarishini va uni shakllantirishda 
quyidagi indekslardan foydalaniladi. 
Delta 
Delta yoki oddiy qilib aytganda A – opsion narxini shakllantirishdagi birinchi 
hosiladir. Bu indeksni uchta aspektda ko‘rishi mumkin: 
1. 
Valyuta opsioning narxi valyuta kursining o‘zgarishiga bog‘liqligi 
sifatida. Masalan, opsion narxining o‘zgarishi A = 0.5 ga teng bo‘lsa demak, 
valyuta kursi o‘zgarishining yarmiga teng bo‘ladi. YA’ni, valyuta kursi 10 % ga 
oshsa, valyuta opsioning kursi 5 % ga oshadi.
2. 
Opsion riskini sug‘urtalash darajasi sifatida.
3. 
Pozitsiyadagi ulush sifatida, ya’ni koll xaridori sotib olish (uzun) 
pozitsiyada, put xaridori esa sotish (qisqa) pozitsiyada bo‘ladi. Va A = 0.5 da put 
xaridori ½ valyuta fyuchersini sotadi.
Gamma
Gamma – bu opsion narxini shakllantirishning ikkinchi hosilaviy modeli 
hisoblanadi va u deltaning o‘zgaruvchanlik darajasi hisoblanadi. Gamma 0 dan 100 
% gacha bo‘lgan darajada o‘zgaradi.
Vega
Vega volatillikka nisbatan opsion narxining o‘zgarish darajasini belgilaydi. 
Masalan, V = 0.2 bo‘lsa, u opsion narxini 2 % ga oshishini belgiaydi va aksincha.
Teta
Teta indeksi (T) opsion narxining u amalga oshirilishi kerak bo‘lgan vaqtdan 
o‘tib ketgach opsion narxining kamayish darajasi belgilaydi. Masalan, T=0.2 
bo‘lsa, bu opsion narxining har bir kun uchun 0.02 yo‘qotilishini anglatadi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling