Tijorat banklarining valyuta operatsiyalari Reja


-jadval.  Svop va fyuchers bitimlarining farqli jihatlari


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/26
Sana01.04.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1315515
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
Bog'liq
tijorat banklarining valyuta operatsi

-jadval
Svop va fyuchers bitimlarining farqli jihatlari 
Taqqoslash belgilari 
Fyuchers
Svop
Bitim tuzilish hajmi 
Standartlashgan
10 mlndan yuqori hohlagan 
summada 
Belgilanadigan vaqti
Qat’iy belgilangan vaqtda 
Hohlagan paytda. 
Boshqarishning qiyinlik 
darajasi 
Murrakab
Oddiy
Pozitsiyani tugatish 
Qarama-qarshi bitim bilan. 
Aksi yoki sotish. 
Bitimni tugatish 
birjada
Tijorat va investitsion banklar. 
Valyuta fyuchers operatsiyalarining mohiyati shundan iboratki, bunda 
standartlashtirilgan miqdordagi chet el valyutasini shartnomalar asosida kelgusida 
ma’lum vaqtda AQSH dollariga almashinuv tarzida etkazilib beriladi. Lekin 
valyuta fyuchers shartnomalari ham, tovar fyuchers shartnomalari singari qayta-
qayta sotilishi mumkin, ya’ni shartnoma ijro qilinish muddati kelgunga qadar bir 
haridordan ikkinchi haridorga o‘tib turadi. Fyuchers shartnomalari bilan savdo 
qilish jarayonida ikki qoidaga qat’iy rioya qilish muhim hisoblanadi: 1-qoida: 
valyuta kursining kelgusidagi o‘zgarishini ko‘ra bilish; 2-qoida: fyuchers 


Aim.uz 
Aim.uz 
shartnomasining amal qilish vaqtida valyuta kursining o‘zgarishini doimiy 
ravishda kuzatib borish. 
Fyuchers shartnomasi egasi yuqoridagi qoidalar asosida valyuta bozorida 
nomaqbo‘l jarayon vujudga kelishi mumkinligini ko‘ra bilishi natijasida, 
shartnomadan o‘z vaqtida qutilish (ya’ni sotib yuborish) choralarini ko‘radi, aks 
holda u katta miqdorda zarar ko‘rishi muqarrar. 
Valyuta fyuchers operatsiyalari ikki vazifani bajaradi: birinchidan, fyuchers 
shartnomalari investorlarga valyuta kursining bozordagi nomaqbo‘l ravishda 
o‘zgarishi tufayli vujudga keladigan riskdan himoyalanish imkoniyatini bersa, 
ikkinchidan, birjadagi broker va shu kabi qatnashchilarga fyuchers shartnomalari 
bilan savdo qilish natijasida foyda olishga yordam beradi.
YUqoridagi fikrdan shunday xulosa qilish mumkinki, agar valyuta kursi 
qanchalik o‘zgaruvchan (tebranuvchan) bo‘lsa, fyuchers bozorida himoyalanishga 
ehtiyoj shuncha ko‘p bo‘ladi. Valyuta kursining turli omillar ta’sirida tinmay 
o‘zgarib turishi natijasida yuzaga keladigan riskka javoban, ya’ni undan 
himoyalanish maqsadida valyuta fyuchers operatsiyalari joriy qilingan.
Valyuta fyuchers operatsiyalari amaliyotda keng qo‘llaniladigan forvard 
shartnomalarining bir ko‘rinishi hisoblanadi. Bu ikki shartnomalarning asosiy farqi 
shundan iboratki, forvard operatsiyalari birjadan tashqarida amalga oshirilsa, 
fyuchers shartnomalari esa tartibli birjalarda amalga oshiriladi. 
Valyuta fyuchers operatsiyalari orqali xedjirlash usulini eksport-import 
bitimlari misolida ko‘rib chiqamiz.
Eksport-import operatsiyalari bilan faoliyat ko‘rsatuvchi kompaniya 
YAponiyaning tashqi savdo firmasidan yirik partiyadagi yapon soatlarini sotib 
olish maqsadida muzoqaralar olib bormoqda, deb faraz qilaylik. YApon firmasi 
etkazib beriladigan soatlar uchun hisob-kitoblar YAponiyaning pul birligi 
hisoblangan ienada amalga oshirishni talab qilmoqda, chunki shartnomaga asosan 
yapon soatlari uchun hisob kitoblar yapon ienasida emas, AQSH dollarida amalga 
oshiriladigan bo‘lsa, u holda YAponiya kompaniyasi valyuta kursining tebranishi 
tufayli yuzaga keladigan risk natijasida moliyaviy talofatga uchrashi mumkin. 


Aim.uz 
Aim.uz 
Tuzilgan shartnomaga ko‘ra har bir yapon soatining narxi 2850 ienadan 
belgilanib, 15000 dona soatni haridorga 7 oydan so‘ng 42750000 yapon ienasi 
miqdoridagi to‘lovni amalga oshirib berishi zarur bo‘ladi.
Quyida shartnoma tuzilgan kundagi AQSH dollarining yapon ienasiga 
almashtirish kurslarining joriy stavkalari keltirilgan: 
1. 
Joriy naqd almashtirish kursi 0.004173 
2. 
Iyun fyuchers shartnomasi bo‘yicha almashtirish kursi 0,004200 
3. 
Sentyubr fyuchers shartnomasi bo‘yicha almashtirish kursi 0.004237 
4. 
Dekabr fyuchers shartnomasi bo‘yicha almashtirish kursi 0.004265
YUqorida keltirib o‘tilgan kurslardan foydalangan holda, harid qilinayotgan 
yapon soatlarining qiymatini aniqlashimiz mumkin. Joriy almashtirish kursi 
bo‘yicha 1 AQSH dollari 0.004173 yapon ienasiga teng bo‘lgan sharoitda, harid 
qilinayotgan 15000 dona yapon soatining qiymati 178.396 AQSH dollariga ega 
bo‘ladi.
Agar fyuchers bozoridagi valyuta kurslarini bo‘lajak almashtirish kurslari deb 
qarasak, bunda AQSH dollarining yapon ienasiga nisbatan kursi pasayish 
ehtimoldan holi emas. Dekabr fyuchers shartnomasi bo‘yicha 1 AQSH dollari 
qiymati 0.004265 yapon ienasiga teng bo‘ladi deb olsak, u holda 15000 dona 
yapon soatining qiymati 182.329 AQSH dollariga teng bo‘ladi.
SHartnomaga asosan soatlarni etkazib berish va ular bo‘yicha hisob-kitoblar 
dekabr oyida amalga oshirilishini e’tiborga olsak, yapon soatlarini import 
qilayotgan kompaniya 178.396 AQSH dollari emas, balki 182.329 dollar to‘lashi 
zarur bo‘ladi, ya’ni import qiluvchi kompaniya valyuta kursining tebranishi 
natijasida 3933 AQSH dollari miqdorida zarar ko‘rishi ma’lum bo‘lib qoldi. 
YUqorida ko‘rsatib o‘tkanimizdek, eksport-import operatsiyalari bilan 
faoliyat ko‘rsatuvchi kompaniya va YAponiyaning tashqi savdo firmasi o‘rtasida 
tuzilgan shartnomaga asosan 15000 dona yapon soatlari noyabr oiyda etkazib 
berish ko‘zda tutilgan, shu sababli import qiluvchi kompaniya fyuchers bozorida 
ijro muddati dekabr oyida bo‘lgan valyuta fyuchers operatsiyalarini amalga 
oshirishga qaror qiladi. Buning sababi shuki, dekabr oyidagifyuchers shartnomasi 


Aim.uz 
Aim.uz 
ijro qilinadigan davrdagi valyuta kursi import qiluvchi kompaniya uchun zaruriyat 
tug‘ilgan davrda (ya’ni noyabr oyida) shakllangan “spot”, ya’ni real bozordagi 
valyuta kursiga juda yaqin turadi. Ikkinchidan, dekabr fyuchers shartnomalari bilan 
amalga oshiriladigan operatsiyalarning sarf-harajatlari boshqa davrdagi (ya’ni 
matr, iyun, sentyabr oylari) shartnomalari harajatlariga nisbatan ancha miqdorda 
kam bo‘ladi. Valyuta fyuchers shartnomasining miqdori 12500 ming yapon ienasi 
miqdorida standartlashtirilganligi bois import qiluvchi kompaniya navbatdagi 
muammoga duch kelishi mumkin, chunki 15000 dona yapon soatlari qiymatini 
to‘lash uchun unga 42750 ming yapon ienasi zarur, u holda u fyuchers bozorida 3 
valyuta valyuta fyuchers bitimini amalga oshiridagan bo‘lsa, ularning umumiy 
miqdori 37500 ming yapon ienasiga, 4 ta valyuta fyuchersi bitimini tuzadigan 
bo‘lsa, ularning umumiy miqdori 50 mln yapon ienasiga teng bo‘lib qoladi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling