Tijorat banklarining valyuta operatsiyalari Reja


Valyuta opsionlarining turlari


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/26
Sana01.04.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1315515
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
Bog'liq
tijorat banklarining valyuta operatsi

Valyuta opsionlarining turlari 
Opsion huquqi qaysi sub’ektga tegishligiga qarab ikki turga bo‘linadi: 
- Koll opsion – bu huquq, ammo majburiyat emas, u asosiy valyutani sotib 
olishni bildiradi. YA’ni, huquq sotib oluvchida bo‘ladi. 


Aim.uz 
Aim.uz 
- Put opsion – bu asosiy valyutani sotish huquqini beradi, ammo bu 
majburiyat emas. YA’ni, huquq sotuvchida bo‘ladi. Bu ikkala bitim bir-biridan 
farq qiladi, ular bir-biriga qarama-qarshi bitim shakli emasdir.
Opsionni sotib oluvchi tomon – bu opsion egasi (xaridor), opsionni tashqil 
etuvchi tomon – anderayter (sotuvchi) deb yuritiladi. Asosiy valyutaning sotish 
yoki sotib olish – bu opsion amalga oshiriladigan narx, ya’ni strayk baho deb 
yuritiladi. Opsion premiyasi bu xaridor anderayterga to‘laydigan summa 
tushuniladi. Ayirboshlashda to‘langan premiya evaziga xaridor spot kursining 
o‘zgarishidan ko‘radigan zararini sug‘urtalaydi. Anderayter esa cheklanmagan 
miqdordagi riskka boradi va bundan himoyalanish uchun xedjirlash va 
kompensatsion bitim tuzadi.
Opsionlar qanday vaqtda qo‘llanishiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: 
- Evropa opsioni – bunda opsion, bitimda belgilangan vaqtda amalga 
oshiriladi; 
- Amerika opsioni – bunda opsion, bitimda belgilangan vaqtgacha amalga 
oshirilishi mumkin. 
Amerika opsionining foydaliligi Evropa opsioninikidan kam emas, ammo ular 
analitik qiyin amalga oshiriladi. Birjadan tashqari bozorda samarali tarzda evropa 
koll-opsioni amalga oshiriladi, lekin ayrim valyutalarga nisbatan an’anaviy tarzda 
amerika opsionlari qo‘llanib kelmoqda.
Birjadan tashqari valyuta ayirboshlash opsioni – bu ikki tomonlama bitim 
bo‘lib, u ikki qatnashchi tomondan tuziladi. Birjadagi va birjadan tashqari opsion 
bozorining farqi birjadan tashqari opsion bozorida kliring palatasi bo‘lmaydi va 
nazorat qiluvchi organlar hamda savdo qoidalarini o‘rnatuvchilar bo‘lmaydi. Agar 
tashqillashtirilgan birjadagi opsionlar standart opsionli bitim tuzilsa, birjadan 
tashqari opsion bozorida ular investorning ehtiyoji, investitsiyasi hamda 
xedjirlashiga bog‘liq tarzda tuziladi. Mutaxassislarning hisobiga ko‘ra, birjadan 
tashqari opsion bozorining miqdori tashqillashtirilgan birjadagi opsionlarning 
miqdoridan 5 marta ko‘proqdir. Bu ikki opsion bozori bir-biri bilan raqobatlashadi 
hamda bir-birini to‘ldirib turadi.


Aim.uz 
Aim.uz 
Professional treyderlar birjadan tashqari bozorda o‘z daromadalarini 
oshirish, mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarni oldini olish uchun kombinatsion 
opsionlardan foydalanishadi. Hozirgi vaqtda birjadan tashqari valyuta opsioni 
bozorlarida quyidagi turdagi kombinatsion opsionlar qo‘llaniladi: 
 
Streddl (yoki stellaj yoki ikkita opsion (straddle)), u ikki opsiondan 
biri put opsion va boshqa biri koll-opsion bo‘ladi hamda ularning nominali, narxi 
va muddati bir xil bo‘ladi. Narxi odatda forvard kursi atrofida bo‘ladi va foyda 
keltirmaydi, ular bo‘yicha delta taxminan 0.5 ga teng bo‘ladi. Agar joriy volatillik 
kutilganidan yuqori bo‘lsa, uzun streddl daromad keltiradi. Agar joriy volatillik 
kutilganidan past bo‘lsa, qisqa streddl daromad keltiradi.
 
Stregl (strangle) – opsion strategiyasi bo‘lib, u qachonki investorda 
koll va put opsion pozitsiyasi turli xil narxda bo‘lsa ishlatiladi. Bunda strayk baho 
forvard kursidan yomonroq, shuning uchun ular daromadsiz yoki zararlidir. Odatda 
strayk baho 0.25 deltada topiladi.
 
Risk riversiyasi bu o‘zida ko‘proq narxga yo‘naltirilgan o‘yin bo‘lib, 
u volatillikka unchalik xos emas. Dilerlar daromadsiz put-opsionni daromadsiz 
koll-opsionga ayirboshlaydilar yoki aksincha. Ushbu daromadsiz put va koll 
opsionlar narxlari bilan farq qiladi va dilerlar ayirboshlashda ular orasidagi farqni 
premiya sifatida to‘lab berishadi yoki unga ega bo‘lishadi.
Birjadan tashqari bozorda opsionlarning turli xil ko‘rinishlari amal qiladi: 
Multivalyutali opsion – biror valyutani boshqa bir valyutaga biror bir 
valyuta orqali maxsus ayirboshlash kursi orqali ayirboshlash huquqidir. 
Bar’erli opsion (barrier option) – opsion tugash muddati qisqaradigan 
yoki uzaytiriladigan opsion bo‘lib, unda belgilangan kurs etib kelishi kutiladi. 
Bermud opsionlari (Bermuda options) – amerika va evropa 
opsionlarining birlashmasidir. 
Osiyo opsionlari – yoki o‘rtacha kurs opsionlari (average rate 
options). 
Har bir opsion narxining uch elementi mavjud: 


Aim.uz 
Aim.uz 
- Strayk yoki amalga oshirilish bahosi, ya’ni xorijiy valyutaning sotilish yoki 
sotib olinish bahosi; 
- Premiya, ya’ni opsionning narxi; 
- Bozordagi spot kurs.
SHuningdek, opsionlar keltiradigan daromadiga qarab ham turlarga bo‘linadi: 
- Daromadsiz (at-the-money - ATM) opsionlar, bunda opsionning strayk 
bahosi spot kurs bilan teng bo‘ladi.
- Daromadli (in-the-money - ITM) opsionlar, bunda opsionning strayk bahosi 
premiyadan tashqari ham daromad keltiradi.
- Zararli (out-the-money - OTM) opsionlar, bunda opsionning strayk bahosi 
premiya bilan ham daromadsiz bo‘ladi.
Opsionlar ham birjadan tashqari bozorda ham birjada samarali tarzda savdo 
qilinib kelmoqda. Birjadan tashqari bozorda ular asosan bir tomondan AQSH 
dollari va ikkinchi tomondan funt sterling, shvetsiya franki, yaponiya ienasi, 
kanada dollari va evroga nisbatan tuziladi. Birjadan tashqari bozor opsionlari 
xaridorlarning ehtiyojiga qarab tuziladi. SHuningdek, ularda kontragent riski 
mavjud bo‘ladi va u asosan banklar hamda individual kontragentlar tomonidan 
foydalaniladi. Birjadagi opsionlar esa xuddi fyucherslar kabi savdo qilinadi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling