Tijorat faoliyati


Download 0.56 Mb.
bet15/56
Sana21.09.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1683568
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   56
Bog'liq
Tijorat faoliyati amaliy mashg\'ulot daftari

MARKETING KAFEDRASI


«TIJORAT FAOLIYATI»
fanidan
MUSTAQIL MASHG’ULOTLAR VA ISHLAR

SAMARQAND 2023
KIRISH
“Marketing” fanidan mustaqil ishlarni bajarish bo‘yicha mazkur usulbiy ko‘rsatma O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ3151 sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF 5847son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog’liq tizimni takomillashtirish choratadbirlari to’g’risida”gi 824son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida o’quv jarayoniga kreditmodul tizimini joriy etish tartibi to’g’risida”gi Nizomi hamda 60411200Menejment (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo‘nalishi bakalavrlari tayyorgarliklariga qo‘yiladigan malaka talablari hamda o‘quv rejasidan kelib chiqib tuzilgan.
Har qanday jamiyatda bo‘ganidek, respublikamizning taraqqiyotida bozor munosabatlari sharoitida raqobatga bardosh beraoladigan malakali mutaxassislarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Zero jamiyat taraqqiyotida mutaxassis kadrlar omilining muhimligi isbot talab etmaydigan hayotiy haqiqatdir. Mutaxassis kadrlar tayyorlash, uning sifat va samaradorligini oshirish borasida ham so‘nggi yillarda keng ko‘lamli ishlar qilindi va qilinmoqda. Jumladan, tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarning mustaqilligi, ijodkorligi, tadbirkorligi, faolligi kabi hislatlarni tarkib topdirishga alohida e’tibor berilmoqda.
Hozirgi kunda ko‘pchilik xorijiy davlatlarning oliy ta’lim tizimida sinov
birliklarini qayd qilish va to‘plashga qaratilgan, xorijda o‘qishning akademik tan olinishini kafolatlovchi European Credit Transfer System (ECTS) sinov birliklari tizimidan respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida kreditmodul tizimini tashkil etishda foydalanilmoqda.
20212022 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalari qabulni kreditmodul tizimi bo‘yicha amalga oshirdi. O‘quv rejalar kreditmodul tizimi asosida ishlab chiqildi. O‘quv rejalarda kontakt soatlar bilan birga 50 foizdan 60 foizgacha mustaqil ish soatlariga ajratilgan. Mustaqil ish soatlari kredit soatlar takibiga kiradi.
Ushbu uslubiy ko‘rsatmada “Marketing” fani bo‘yicha 60411200Menejment (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarning mustaqil ishlarini bajarish davomida amal qilinishi lozim bo‘lgan umumiy tartibqoidalar, me’yorlar, tegishli ko‘rsatma va maslahatlar berilgan.



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling