Tijorat faoliyati


TIJORAT FAOLIYATI FAN DASTURI VA ISHCHI DASTURIDA KELTIRILGAN MAVZULAR BO‘YICHA MUSTAQIL ISHLARNI TASHKIL ETILISHI


Download 0.56 Mb.
bet20/56
Sana21.09.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1683568
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   56
Bog'liq
Tijorat faoliyati amaliy mashg\'ulot daftari

TIJORAT FAOLIYATI FAN DASTURI VA ISHCHI DASTURIDA KELTIRILGAN MAVZULAR BO‘YICHA MUSTAQIL ISHLARNI TASHKIL ETILISHI


1mustaqil ish mavzusi: O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning chuqurlashishida, tijorat faoliyatining tutgan o’rni
MUSTAQIL TAYYORGARLIK UCHUN TOPSHIRIQLAR:
Topshiriq 1. Tijorat faoliyati erkin bozor munosabatlari sharoitida xo’jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy samaradorlikka erishishini ta’minlaydigan muhim omil hisoblanadi. Tijorat faoliyati insoniyat tarixidagi eng qadimiy faoliyat turlaridan biri hisoblanadi. Bu faoliyat dastavval natural xo’jalikning yakunlanishi, tovar ishlab chiqarish va mehnat taqsimotining vujudga kelishi natijasida tovarlarni almashtirish shaklida shakllandi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan tijorat faoliyati yanada takomillashib bordi. Tovarpul munosabatlarining rivojlanishi esa qisqa davr ichida tijorat faoliyatining turli xil shakllarini vujudga kelishiga sabab bo’ldi.
Tijorat faoliyatining asosiy mazmunini ochib berish, ma’lum tushuntirish tuzilmasini, ya’ni tijorat faoliyati bilan boqliq bo’lgan atama va tushunchalarni ishlatishni talab etadi. Shu sababdan Samarqand shahrida joylashgan tijorat faoliyati bilan shug’illanuvchi korxonalarining bir nechtasiga tashrif buyuring. Ularning tijorat faoliyatini tahlil qiling va ular tomonidan bu maqsadga erishish uchun qanday tijorat va marketing tadbirlarini amalga oshirayotganligini aniqlang. Nega aynan tijoratchilik sohasini tanlagani va ushbu sohaning afzallik va kamchiliklari nimada ekanligini aniqlashtiring.
Ish mazmuni: Samarqand shahridagi tijorat faoliyati bilan shug’illanuvchi korxonalariga tashrif buyurib, ularning tijorat va marketing faoliyatini o‘rganish.


AMALIY MASLAHATLAR VA TAVSIYALAR
Talabalar tijorat tushunchasi, mazmunmohiyatini birinchi darsdan to‘liq tushuna olmaydi. Chunki, tijorat sohasini mazmunmohiyati uning tamoyillari va funksiyalarini, maqsad va vazifalarini bilish orqali yanada oydinlashadi. Tijorat faoliyatining maqsadlarini amaliy jihatdan bilish uchun talabalar Samarqand shaharida joylashgan tijorat faoliyati bilan shug’illanuvchi korxonalar, shuningdek talabaning o‘z imkoniyati va qiziqishlaridan kelib chiqib boshqa korxonalarning bir nechtasiga tashrif buyuradi. Ular o‘z haridorlarining ehtiyojini qondirish uchun faoliyatida qanday tijorat tadbirlarini qo‘llayotganligini aniqlaydi va reyting to‘plash uchun mustaqil ish tayyorlaydi.
Mustaqil ish talabaning o‘rgangan chakana savdo, ulgurji savdo yoki tijorat faoliyatini aks ettirgan aniq dalil va sharhlardan iborat bo‘lishi kerak. Bozor sub’ektlarining faoliyatida yaqqol ko‘zga tashlanadigan tijorat tadbirlari, tijorat faoliyatining muhim dastaklari qanchalik talabalar tomonidan aniqlanganligi, tijorat faoliyatining mazmunmohiyatini tushunishga ko‘maklashadi.



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling