2mustaqil ish mavzusi: Bozorgacha, bozorga o’tish va bozor iqtisodiyoti davridagi tijorat
MUSTAQIL TAYYORGARLIK UCHUN TOPSHIRIQLAR:
1. Tijorat faoliyati tushunchasini to’liq anglash va uning ijtimoiyiqtisodiy mohiyatini tushunish maqsadida tijorat faoliyatining funksiya va tamoyillari to‘la amal qilinadigan Samarqand shahrida joylashgan savdo korxonalaridan biri haqida yozma ma’lumot tayyorlang. U real dalillar va sharhlardan iborat bo‘lishi kerak.
Ish mazmuni: Samarqand shahridagi savdo korxonalaridan birining faoliyatini o‘rganib, uning faoliyati qaysi tijorat faoliyati funksiya va tamoyillariga asoslanganligini aniqlash.
2. Mijoz sifatida savdo do’konlariga kirib, siz uning tijorat faoliyati fuknsiya va tamoyillarini faoliyatida qo‘llashini qanday bilasiz? Bu haqida ESSE (insho) yozing.
Ish mazmuni: Samarqand shahrida joylashgan savdo do’konlarining biriga mijoz sifatida tashrif buyurib, uning faoliyatini ko‘zatib, servis darajasi, mijozlar bilan ishlash holati, umuman tijorat faoliyatining qaysi funksiya va tamoyillariga mos keladigan faoliyatni amalga oshirayotganligi haqida yozma esse tayyorlaydi.
AMALIY MASLAHATLAR VA TAVSIYALAR
Talabalar tijorat faoliyati funksiyalari va tamoyillari, obyektllari va subyektlarini amaliy jihatdan qo‘llanilishini Samarqand shahrida joylashgan savdo do’konlari faoliyatini o‘rganish natijasida yozma esse tayyorlashadi.
Tijorat faoliyatining har bir funksiyalari va tamoyillarining amaliy jihatdan qo‘llanilishini farqlashi, uning mohiyatmazmunini chuqurroq bilishi asosiy maqsadlardan hisoblanadi.
Har bir o‘rganilayotgan ob’ektni o‘z mijozlari bilan ishlash tartibi, mijozlar uchun qanday aniq tadbirlarini amalga oshirayotganini o‘rganish lozim. Har bir tadbirga keng tavsif berish maqsadga muvofiqdir.
3mustaqil ish mavzusi: Tijorat yechimlari, ularning ishlab chiqarish
MUSTAQIL TAYYORGARLIK UCHUN TOPSHIRIQLAR:
Topshiriq 1. Tijorat faoliyatining tarkibiy qismlarini sanoat, savdo, turizm, mehmonxona, restoran va sug‘urta kompaniyalarida qo‘llanilishini o‘rganish.
Ish mazmuni: Tijorat faoliyatining tarkibiy qismlaridan tijorat siri, tijorat tavakkalchiligi, tijoratda raqobat, tijorat vaziyatlari va yechimlarini turli faoliyat sohalari va yo‘nalishlarida qo‘llanilishini o‘rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |