Tijorat faoliyati


AMALIY MASLAHATLAR VA TAVSIYALAR


Download 0.56 Mb.
bet29/56
Sana21.09.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1683568
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   56
Bog'liq
Tijorat faoliyati amaliy mashg\'ulot daftari

AMALIY MASLAHATLAR VA TAVSIYALAR
Talabalar o‘zlariga tanish bo‘lgan, qiziqishi bo‘lgan jahonga mashhur servis, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan birini tanlaydi. Ma’lumotlarni internet, jurnal, maqolalar orqali topib, korxonaning tovar siyosatini shakllanishini o‘rganadi. O‘tgan asrdagi tovar siyosati bilan hozirgi tovar siyosatini shakllanishiga qaysi omillar ta’sir ko‘rsatayotganligi o‘rganiladi.


Topshiriq 2. Servis sohasi mamlakatimizda jadal sur’atlarda rivojlanayotgan sohalardan biridir. Uning bugungi kunda dunyoda juda ko’p turlari bor. Mamlakatimizda esa endi rivojlanayotgan yangi sohalardan bo’lib, bir qancha muammolar mavjud. Ushbu mammolarni maqsadli yechish uchun Samarqand shaharida joylashgan xizmat ko’rsatuvchi korxonalarining bir nechtasiga tashrif buyuring. Ularning faoliyatini tahlil qiling va ular tomonidan bu maqsadga erishish uchun qanday marketing tadbirlarini amalga oshirayotganligini aniqlang.
Ish mazmuni: Samarqand shaharidagi xizmat ko’rsatuvchi korxonalariga tashrif buyurib, ularning marketing faoliyatini o‘rganish.


AMALIY MASLAHATLAR VA TAVSIYALAR
Talabalar xizmat ko’rsatish tarmog’ini amaliy jihatdan bilish uchun talabalar Samarqand shaharida joylashgan xizmat ko’rsatuvchi korxonalarning bir nechtasiga tashrif buyuradi. Ular o‘z haridorlarining ehtiyojini qondirish uchun faoliyatida qanday marketing tadbirlarini qo‘llayotganligini aniqlaydi va reyting to‘plash uchun mustaqil ish tayyorlaydi.
Mustaqil ish talabaning o‘rgangan xizmat ko’rsatuvchi faoliyatini aks ettirgan aniq dalil va sharhlardan iborat bo‘lishi kerak. Bozor sub’ektlarining faoliyatida yaqqol ko‘zga tashlanadigan tijorat tadbirlari, tijorat dastaklari qanchalik talabalar tomonidan aniqlanganligi, marketing faoliyatining mazmunmohiyatini tushunishga ko‘maklashadi.


11mustaqil ish mavzusi: Yarmarka va ko’rgazmalarni tashkil tashkil etish
MUSTAQIL TAYYORGARLIK UCHUN TOPSHIRIQLAR:
Topshiriq 1. Mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyat bilan keng ko’lamda shug’illanishi, eksport va import operatsiyalarining osonlashishi, soddalashishi va kengayishiga yordam beradi. Siz Samarqand shaharida joylashgan eksport va import operatsiyalarida qatnashuvchi mahalliy xizmat ko’rsatuvchi korxonalarining bir nechtasiga tashrif buyuring. Ularning faoliyatini tahlil qiling va ular tomonidan bu maqsadga erishish uchun qanday marketing tadbirlarini amalga oshirayotganligini aniqlang.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling