AMALIY MASLAHATLAR VA TAVSIYALAR
Ushbu usul orqali talabalar tijorat faoliyatida lizing munosabatlari mavzusidan kelib chiqqan turli muammoli masala yoki vaziyatlarning yechimini to‘g‘ri topishlariga o‘rgatish, ularda muammoning mohiyatini aniqlash bo‘yicha malakalarini shakllantirish, muammoni yechishning ba’zi usullari bilan tanishtirish va muammoni yechishda mos uslublarni to‘g‘ri tanlashga o‘rgatish, muammoni kelib chiqish sabablarini va muammoni yechishdagi xattiharakatlarni to‘g‘ri aniqlashga o‘rgatish. Talaba mamlakatimizda lizing faoliyatini jadallashtirishdagi muammolarni aniqlaydi va ularni yechish bo‘yicha o‘z takliflarini mustaqil ish tayyorlash asosida beradi.
Topshiriq 2. Lizing faoliyatining asosiy maqsadi – qarz oluvchi iste’molchi ehtiyojlarini maksimal qondirishdan iborat. Samarqand shaharida joylashgan lizing korxonalarining bir nechtasiga tashrif buyuring. Ularning faoliyatini tahlil qiling va ular tomonidan bu maqsadga erishish uchun qanday marketing tadbirlarini amalga oshirayotganligini aniqlang.
Ish mazmuni: Samarqand shahridagi lizing korxonalariga tashrif buyurib, ularning marketing faoliyatini o‘rganish.
AMALIY MASLAHATLAR VA TAVSIYALAR
Talabalar lizing tushunchasi, lizingning maqsadlarini amaliy jihatdan bilish uchun talabalar Samarqand shahrida joylashgan lizing korxonalarning bir nechtasiga tashrif buyuradi. Ular o‘z haridorlarining ehtiyojini qondirish uchun faoliyatida qanday marketing tadbirlarini qo‘llayotganligini aniqlaydi va reyting to‘plash uchun mustaqil ish tayyorlaydi.
Mustaqil ish talabaning o‘rgangan lizing faoliyatini aks ettirgan aniq dalil va sharhlardan iborat bo‘lishi kerak. Bozor sub’ektlarining faoliyatida yaqqol ko‘zga tashlanadigan marketing tadbirlari, marketing dastaklari qanchalik talabalar tomonidan aniqlanganligi, marketing faoliyatining mazmunmohiyatini tushunishga ko‘maklashadi.
10mustaqil ish mavzusi: Vositachi korxonalarning iqtisodiyotdagi o’rni, vositachi korxonalarning turlari va tijorat faoliyati
Do'stlaringiz bilan baham: |