AMALIY MASLAHATLAR VA TAVSIYALAR
Talabalar tashrif buyurgan chakana savdo korxonasining amaliy jihatdan bilish uchun talabalar korxonaga hamda ularning omborxonalariga (agar mavjud bo’lsa) tashrif buyuradi. Ular faoliyatini o’rganishadi va tijorat ishlari, mijozlarga ko’rsatilayotgan xizmat turlari va sifatini yuksaltirishni amalga oshirish uchun qanday tadbirlarini qo‘llayotganligini aniqlaydi va reyting ball to‘plash uchun aniq faktlarga asoslangan mustaqil ish tayyorlaydi.
8mustaqil ish mavzusi: Ulgurji tovar sotishning mazmuni va uni to’g’ri tashkil etishning ahamiyati
MUSTAQIL TAYYORGARLIK UCHUN TOPSHIRIQLAR:
Topshiriq 1. Tijorat faoliyatida vositachi korxonalarning o’z o’rni bor. Chunki ushbu tarmoq tijorat faoliyatining zamonaviy ko’rinishlaridan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan vositachilik faoliyati bilan shug’illanuvchi korxonalardan biriga tashrif buyuring va ularning faoliyatini to’liq o’rganing. Ularning faoliyatini tahlil qiling va ular tomonidan ishlab chiqaruvchilar va mijozlar bilan ishlashda ko’zlangan maqsadga erishish uchun qanday tadbirlarini amalga oshirayotganligini aniqlang.
Ish mazmuni: Vositachilik faoliyati bilan shug’illanuvchi korxonalarga tashrif buyurib, ularning faoliyatini o‘rganish va zarur ma’lumotlar asosida yangi choratadbirlar rejasini ishlab chiqish.
AMALIY MASLAHATLAR VA TAVSIYALAR
Talabalar tashrif buyurgan korxonasining amaliy jihatdan bilish uchun talabalar korxonalarning har bir bo’limiga tashrif buyuradi va har bir bo’lim xodimi bilan suhbat olib boradi. Ishlab chiqarish korxonalari va potensial mijozlar bilan ishlash tajribasini o’rganib chiqishadi. Ular faoliyatini o’rganishadi va tijorat ishlarining amalga oshirish uchun qanday tadbirlarini qo‘llayotganligini aniqlaydi hamda olingan natijalar asosida yangi choratadbirlar rejasini ishlab chiqishga harakat qilishadi va reyting to‘plash uchun mustaqil ish tayyorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |