Bankrotlik (sinish)
|
Банкротство
|
Bankruptcy
|
korxona, firma yoki fuqaroning mablag‘ yetishmasligidan o‘z majburiyatlari bo‘yicha qarzlarni to‘lashga qurbi yetmasligi.
|
Barqaror talab
|
Постоянный спрос
|
Steady demand
|
talabning o‘sib, shakllanib bo‘lgandan so‘ng asosan bir darajada saqlanib qolishi.
|
Bevosita kanal
|
Прямой канал
|
Direct channel
|
tovarning ishlab chiqaruvchidan iste’molchigacha harakatida bir vositachi ishtirok etadigan yo‘l.
|
Birja
|
Биржа
|
Exchange
|
muntazam ravishda amal qiluvchi ko‘tara savdo bozorining eng rivojlangan shakli.
|
Birlamchi talab
|
Первичный спрос
|
Primary demand
|
yangi tovarga paydo bo‘ladigan va shakllanadigan dastlabki talab.
|
Bozor
|
Рынок
|
Market
|
1) talab va taklif uchrashadigan joy, bu yerda ishlab chiqarilgan mahsulotning jamoatchilik sezayotgan ehtiyojga mos kelish darajasi aniqlanadi, mazkur tovarning boshqa raqobatchi tovarlar bilan raqobatbardoshligi taqqoslanadi; 2) tovar, xizmat va boshqa mulk turlari bilan almashish sohasi; 3) iste’molchilar guruhi; 4) mazkur tovarning barcha haridorlari; 5) tashkillashtirilgan savdo joyi; 6) tovar va xizmatlarni olish manbai; 7) qandaydir mahsulot yoki xizmatlarning virtual yoki tabiiy aks ettirilgan mavjud yoki potensial haridorlari va sotuvchilari majmui; 8) birja.
|
Brending
|
Брендинг
|
Branding
|
marketing kommunikatsiyalari tizimining firma stili va uning elementlarini ishlab chiqish, firmani raqobatchilardan ajratib turuvchi o‘ziga xos imijini yaratish sohasi
|
Demping
|
Демпинг
|
Dumping
|
tovarni o‘rtacha bozor narxidan arzon, ba’zida hatto o‘z tannarxidan arzon narxda sotish. Ko‘pchilik garb mamlakatlarida milliy ishlab chiqaruvchilar foydasini ximoya qiluvchi va aksari hollarda boshqa mamlakatlardan raqobatning kuchli emasligi sababli arzon narxda tovar olib kirishni ta’kiklovchi antidemping qonunlar amal qiladi.
|
Diversifikatsiya
|
Диверсификация
|
|