Tikuv buyumlari konstruksiyasi


Maishiy kiyimlar assortimenti. Ustki kiyimlar


Download 43.66 Kb.
bet3/5
Sana09.06.2023
Hajmi43.66 Kb.
#1467032
1   2   3   4   5
Bog'liq
0898 tbk kurs

Maishiy kiyimlar assortimenti. Ustki kiyimlar. Bunga palto, kostyum va kostyum-ko‘ylak buyumlari kiradi. Palto buyumlarining deyarli barchasi bir xil tuzilishga ega bo‘lib, ular faqat fasonlari- silueti, bichimi va pardozi bo‘yicha bir-biridan ajralib turadi. Palto buyumlari quyidagi belgilari bo‘yicha bo‘linadi: materiali (gazlama, trikotaj polotno, mo‘yna, charm va po‘stinbop qo‘yterilar), mavsumli (qishki, yozgi), yosh va jins belgisi (erkaklar, ayollar va bolalar), turlari hamda fasoni.
Paltolar assortimentiga yelkaga kiyiladigan quyidagi buyumlar kiradi: palto, yarim palto, kalta kamzullar, shinellar, bushlatlar, pelerinalar, plashlar, plash-paltolar va nakidkalar (yelkaga tashlab yuriladigan yengsiz kiyim). Palto- oldi ochiq, tugmalar bilan qadaladigan, yengi uzun va yoqali kiyim.
Qishki paltolarning qismlari yuza qismi materiali, astari, isituvchi va shakl saqlovchi ichki astar (to‘shama)lardan tuzilgan. Mavsumli paltolar ko‘pincha isituvchi to‘shaksiz va ayrim paltolar esa qattiq shakl saqlovchi, to‘shaksiz tikiladi.
Qishki paltolar uchun odatda ko‘proq junli va yarim junli gazlamalar - draplar, suknolar, paltobop gazlamalar, sun’iy mo‘ynalar va-mo‘yna yarimfabrikatlari (qorako‘l, barra, quyon, ondatra, qoraqo‘zan, tulki terilari) ishlatiladi. Isituvchi materiallar sifatida esa vatin, porolon hamda sun’iy mo‘ynalar ishlatiladi.
Ustki trikotaj buyumlari xilma-xil turdagi xomashyolardan ishlab chiqariladi. Ular jins va yosh belgisi (erkaklar, ayollar va bolalar trikotaji), ishlatilishi (uylik, kundalik, ko‘chalik, sport va dam olish uchun), ishlatish mavsumi (yozgi, qishki, mavsumli), qomatga yopishib turishi (yopishib turadigan, yarim yopishib turadigan, to‘g‘ri va erkin siluetli) hamda boshqa belgilari bo‘yicha bo‘linadi. Ustki trikotaj buyumlari assortimentiga jemperlar, jaketlar, sviterlar, sport kalta kamzullari, bluzkalar, ko‘ylaklar, sarafanlar (ayollarning yengil yengsiz kiyimi), yubkalar va boshqalar kiradi. Ular tuzilishi, pardozi hamda to‘qilish turlari bo‘yicha xilma-xil. Kalta kamzullar – uzun yengli, ichki astaryoki astarsiz bo‘lib, biroz kaltalashtirilgan pidjakka o‘xshash buyum. Tuzilishi bo‘yicha pidjaklardan farq qiladi.
Jaketlar - asosan forma saqlovchi ichki astarli yoki astarsiz bo‘lishi mumkin. Jaketlar tuzilishi bo‘yicha uzun va kalta yengli, old tomoni ochiq, tugmali hamda tugmasiz bo‘ladi.
Nimcha (jilet)lar yengsiz, oldi oxirigacha ochiq yelkaga kiyiladigan yoqali yoki yoqasiz buyum. Ular ko‘pincha kostyumlar to‘plamiga kiradi yoki mustaqil ravishda ishlatiladi.
Jemfer- oldi oxirigacha kesilmagan yoki umuman kesilmagan, tugma bilan qadaladigan yoki tugmasiz trikotaj buyum.
Sviter-qadaladigan, yengil va yoqali buyum.
Retuzalar (xotin-qizlar kiyadigan uzun va yopishib turadigan lozim) - halqalab olingan yoki bichilgan ichki qism (xishtak va pocha)dan iborat trikotaj buyumi.
Sport trikotaj kostyumlari - shim va kalta kamzuldan iborat bo‘lib, ayrim hollarda kalta kamzul, sviter, jemfer yoki jaket bilan almashtiriladi. Bolalarning sport kostyumlari bir necha turda chiqariladi.

Download 43.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling