Tikuv buyumlari konstruksiyasi


Download 43.66 Kb.
bet5/5
Sana09.06.2023
Hajmi43.66 Kb.
#1467032
1   2   3   4   5
Bog'liq
0898 tbk kurs

TEXNIK TAKLIF

Bugungi kunda jahon bozorida tabiiy mahsulotlarga talab juda katta. Shu bois Respublikamizda mahalliy tabiiy xomashyodan ishlab chiqariladigan tikuvchilik mahsulotlari hajmini ko‘paytirish, kiyim strukturasini yanada takomillashtirish, sifatini yaxshilash, raqobatbardosh va xaridorgir mahsulotlarni ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, bugungi kunda dolzarb vazifa hisoblanadi. Bu vazifani amalga oshirish uchun Respublikamizning tikuvchilik korxonalarida yangi texnika va ilg‘or texnologiyani joriy etish, yangi majmua mexanizatsiyalashtirilgan jarayonlarni qo‘llash, yangi materiallardan foydalanish, shu bilan birga texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish hamda yangi kichik korxonalar barpo etish ishlarini yo‘lga qo‘yish talab qilinadi. Tayyor kiyim yuqori sifatli va ishlab chiqarish jihatidan samarali bo‘lishi uchun unga loyihalash bosqichidayoq zamin yaratish lozim. Kiyimni konstruksiyalash loyihalashning eng muhim qismi bo‘lib, u badiiy konstruktorlik va texnik vazifalarining yechimini o‘z ichiga qamrab oladi. Yetakchi tarmqolar tajribasidan ma’lum avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarini yaratish va amaliyotda qo‘llash loyihalash jarayonini takomillashtirishning taraqqiyoti va perspektiv asosi hisoblanadi. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarining asosiy maqsadi — sifatni yaxshilash, moddiy harajatlarni kamaytirish va loyihalash muddatlarini qisqartirishdir. 4 Modaning almashib turishi, kiyimning eng muhim fazilatlaridan biridir. Har bir yangi tavsiya etilgan kiyim modeli uchun baza asosi konstruksiyasini yaratish birmuncha murakkab vazifa hisoblanadi. Ishni yengillashtirishda har xil va baza konstruksiyalardan foydalaniladi.
Kiyimni konstruksiyalash jarayonini takomillashtirish hozirgi vaqtda tikuvchilik korxonalari oldida turgan juda muhim masalalardan biridir.
Ilgarilari kiyimni konstruksiyalash deganda uning detallari chizmasini chizish tushunarli. Kiyim-kechak ko’plab ishlab chiqarilishi va ilmiy tadqiqot ishlari avj olishi natijasida konstruksiyalash jarayonining mohiyati va mazmuni to’g’risidagi fikrlar o’zgardi.
Kiyimning yuqori sifatli bo’lishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo’lgan loyihalash ishlarining birinchi bosqichida texnik topshiriq ishlab chiqiladi. Topshiriqda kiyimning asosiy vazifasi aks ettirilishi bilan birga, sifat ko’rsatkichlari berilishi, konstruksiyaga oid hujjatni ishlab chiqish etaplari, uning tarkibiy qismlari, shuningdek, kiyimga qo’yiladigan maxsus talablar aks ettirilgan bo’lishi lozim.

SHIMNI TIKISH KETMA-KETLIGINI TUZISH, MAYDA BO’LAKLARINI TAYYORLASH» BO’YICHA TEXNOLOGIK XARITA


Texnologiya asosida faoliyat turlari


Tavsiya etiladigan moslama va uskunalar


Chizma

Standart asosida operatsiyani bajarish tartibi

I. Bichiq bo’lakarini tekshirish va tikishga tayyorlash.


1.1. Old yarim bo’lak.




1-taxlamali vitochka; 2-yuqori qirqim; 3-old og’ qirqim; 4-o’rta qirqim; 5-old yarim bo’lak o’rta chizig’i; 6-odim qirqim: 7-tizza chiziq; 8-yon qirqim; 9-pocha pastki qirqim


Old yarim bûlak 2 ta bo’lakdan iborat. Tanda ip yûnalishi tizza chizig’i va pocha chiziqlari ûrtasini birlashtiruvchi chiziqqa parallel ûtadi. Ip og’ishi gulli, rasmli, yûl-yûl va katak matolarda 3% gacha og’ishga yûl qo’yilmaydi.


1.2. Cho’ntak va taqilma o’rinlarini belgilash.







Old yarim bo’laklarda qiya cho’ntak va taqilma uzunliklari belgilab qo’yiladi va kertik beriladi.


Yon qiya cho’ntak shim yuqori qirqimidan 5 sm qoldirib, 18 sm uzunlikda belgilanadi. Taqilma uzunligi 20-25 sm.

1.3. Ort yarim bo’lakda chûntak ûrnini belgilash.




1-yuqori qirqim; 2-vitochka; 3-ort yarim bo’lak og’ qirqimi; 4-odim qirqim; 5-tizza chiziq; 6-ort yarim bo’lak o’rta chizig’i; 7-yon qirqim; 8-shim pastki qirqim pochasi.




Ort yarim bo’lakda ûrta chiziq old bûlak kabi belgilanadi. Ort bûlak og’iga ulanadigan uloq (klin) kengligi 7 sm dan uzunligi 20 sm dan oshmasligi kerak. Orqa chûntak og’zi kengligi 48 sm, chûntak qirqim uzunligi 14 sm belgilanadi.


1.4. Taqilma bo’laklari.






Taqilmaga ishlov berishda chap bûlak uchun kûrinma, ûng bûlak uchun ulanma.


1.5. Belbog’.






Belbog’ ikki qismdan iborat bûylamasi bûyicha olinadi.


1.6. Cho’ntak bo’lagi.








1.7. Kamar tutkich.






Kamar tutkich asosiy bo’ylama ipdan bichib oldinadi.


II. Vitochkaga ishlov berish


2.1. Vitochka o’rnini belgilab olish.


Bo’r, sm.leneyka.




Bo’lakning teskarisidan vitochkaning o’rni 3 chiziq orqali belgilanib olinadi.


1-o’rta chiziq;
2-yon chiziq;
3-vitochka tugallangan chiziq.

2.2. Vitochkani ko’klash.


Ip, igna, angishovna.




O’rta chiziqdan ikkiga buklab, yon chiziq bo’ylab vitochka tugallangan chiziqqacha to’g’ri sirma qaviq bilan ko’klanadi. Qaviq uzunligi 1,0-1,5 sm.


2.3. Vitochkani tikish.


Universal mashina.


Ko’klangan chok yonidan biriktirma chok bilan biriktiriladi.


2.4. Vitochkani dazmollash.


Dazmol, dazmol mato.




Shimning o’rta chizig’iga yotqizib vitochka dazmollanadi. Vitochka ostida hosil bo’lgan taxlamalar yo’qotiladi.


III. Shim asosiy bo’laklariga namlab isitib ishlov berish


3.1.Old yarim bo’laklariga NII berish.


Dazmol, dazmol press.





Ishlov berish old bo’laklardan boshlanadi. Tizzadan pastda botiq chiziq hosil qilish uchun, ikkala old bo’lak o’ngi tomonlari ichkariga qaratib qo’yiladi, qirqimlari tikiladi, pastki qirqimini chap tomonga, yon qirqimini esa ishlovchiga qaratib qo’yiladi. Yon qirqimi namlanib bo’laklarni pastki qismini chap qo’l bilan asta-sekin odim qirqimi tomonga surib borib, o’ng qo’lda dazmolni yon qirqim bo’ylab yon tomonga pastga borib harakatlantiriladi. 1 tizza chizig’idan pochagacha bo’lgan uchastka o’rtasida hosil bo’lgan soliqi biriktirib dazmollanadi.


3.2. Shim odim qirqimiga ishlov berish.







Shim pochasidan boshlab yuqori tomonga tizza chizig’igacha yon va odim qirqimlari to’g’ri keladigan qilib, tizza chizig’idan boshlangan bukiq toyi esa yuqoridagi oldingi taxlamaga to’g’ri keladigan qilib, shim bo’laklari uzunasiga bukiladi.


3.3. Shim ort, yon va odim qirqimlariga NII berish.







Shim ort bo’laklari o’ngi tomonlarini bir-biriga qaratib qo’yib, qirqimlari tekislanadi. Bo’laklar yon qirqimini ishlashiga qaratib, pastki qirqimi o’ngga qaratib qo’yiladi. Tizza chizig’idan pochagacha yon qirqim kirishtirib dazmollanadi, keyin ort bo’laklar odim qirqimini ishlovchiga, pachosani esa o’ngga qaratib aylantiriladida, odim qirqimi ham yon qirqimi ham, kiritilib dazmollanadi. Bunday kirishtirib dazmollash bo’lak bukish joyida oyoq boldirlari qabarig’iga mos qabariq shakl hosil qilinadi.


3.4. Dumbalar qabarig’ini hosil qilish. .


Dazmol.




Dumbalar qabarig’iga mos kerakli shakl hosil qilish uchun bu qirqimlar cho’zib dazmollanadi. Dazmol 1 tizza chizig’idan boshlab yuqoriga odim qirqim bo’ylab yuritiladi. Shim bo’laklri holatini o’zgartirmay turib, eng botiq joylaridagi 2 o’rta qirqimlari cho’ziladi. Hosil bo’lgan soliqi yoysimon harakatlar qilib, bukilgan joyiga tomon suriladi va aylantirib NII berish boshqa bo’lak tomondan takrorlanadi.


3.5. Tizza va dumba atrofini kirishtirib dazmollash.


Dazmol.




Pastki qirqimlar tekislanadi, keyin bukish chizig’ini o’rta qirqim yuqori qismiga tomon yo’naltirib, bel chizig’iga, gazlama xususiyatiga qarab 5-8 sm yetkazilmaydi.


Dumbalar atrofidagi va tizza darajasida hosil bo’lgan soliqi bukilgan joy bo’ylab kirishtirib dazmollanadi. Keyin bo’laklarni bir-biridan ajratib, ustki bo’lak o’ng tomondan dazmollanadi.

3.6. Shimning turg’un shaklini ùosil qilish.


Dazmol.



Shim shakl tuzilishi (buyurtmachi) odam gavdasining tuzilishi qanday bo’lsa shunga mos bo’lmog’i shart.


IV. Astarga ishlov berish


4.1. Astarni bichishi.


Bo’r, sm. lenta, qaychi.



Astarlikni o’ngini ichiga qaratib bo’ylama bo’yicha stolga yoki polga buklovi yuqoriga qaratib joylashtiriladi. Astar avraga mos qilib bichib olinadi.


4.2. Shim oldi astarini tekshirish.






Agar shim kostyum bilan bo’lsa, astarli mato asos gazlama rangidan bichib olinadi. Shim old yarim bo’lak 2 ta bo’lakl astar asosdan 10-12 sm kalta bichiladi.


Keyin uloqlarni shim bo’laklariga o’ng tomonlarini ichkariga qaratib qo’yiladi, qirqimlari tekislanadi va 10 mm kenglikda chok solib, ulab tikiladi.

4.3. Shim old yarim bo’laklarini va astarni ishlash.






Shim astari maxsus kirishmaydigan yuqori sifatli shoyi matodan bo’lib, asosan shim avrasini cho’zilib ketishdan, tizzalarini chiqib cho’zilishdan saqlaydi.


4.4. Astar bo’laklarining pastki qirqimini ishlash.


Maxsus, universal mashina.




Astar avra bo’lakning pastki qirqimiga 10-13 sm yetkazmaydi, qirqim pastki qirqimini yo’rmab, bukib, arra qilib qirqib, bukib yoki ichiga bukib ishlanadi.


4.5. Astarni ko’klash.


Nina, ip angishovna.




Astar avrani bo’lakka bir tekisda tenglashtirib, joylashtirib 3,0-3,5 sm qaviq chok bilan ko’klanadi. Shim old bo’lagining yon odim qirqimlari astar bilan birga maxsus mashinda yo’rmalanadi. Ort bo’lakning yon, odim va o’rta qirqimlari ham yo’rmalanadi. Yo’rmash ishlari shimning o’ngi tomonidan bajariladi.


4.6. Shim old bo’lagi va astarini yo’rmash.


Maxsus mashina.




Shim old bo’lagining yon odim qirqimlari astar bilan birga maxsus mashinada yo’rmalanadi. Ort bo’lakning yon odim va o’rta qirqimlari ham yo’rmalayfdi. Yo’rmash ishlari shimning o’ngi tomonidan bajariladi.


V. Kamar tutkichni tikish


5.1. Kamar tutkichni kûklash.


Nina, ip



Kamar tutkich asosiy ip yûnalishi bûyicha ûngini-ûngiga qaratib, qirqimlarini bir-biriga tûg’ri keltirib 0,5-0,7 sm kenglikda 0,7-1 sm sirma qaviq bilan kûklanadi.


5.2. Kamar tutkichni dazmollash


Dazmol, dazmol mato.




Kamar tutkich sirma qaviq bûylab, dazmollab tekislanadi.


5.3. Kamar tutkichni biriktirib tikish.


1022 klass tikuv mashinasi




Kamar tutkich 0,5-0,7 sm kenglikda kûklangan qaviq bûylab biriktirib tikiladi.


5.4. Kamar tutkichni dazmollash va iplarni olib tashlash.


Dazmol, dukcha.




Kamar tutkichning kûklash iplari sûg’irib tashlanadi, choklar yaxshilab yupqalashtirib dazmollanadi.


5.5. Kamar tutkichni ag’darish va dazmollash.


Maxsus ilgak, dazmol.





Kamar tutkich maxsus ilgak yordamida ûngiga ag’dariladi va choklari ûrtasiga tûg’rilanib, ûngidan dazmol mato yordamida tekislab dazmollanadi. Chok kamar tutkichning ûrtasiga bir tekisda joylashishi kerak.



Download 43.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling