Tikuv buyumlari konstruksiyasi


Ichki kiyim va beldamchi (korset) buyumlar


Download 43.66 Kb.
bet4/5
Sana09.06.2023
Hajmi43.66 Kb.
#1467032
1   2   3   4   5
Bog'liq
0898 tbk kurs

Ichki kiyim va beldamchi (korset) buyumlar. Ichki kiyim buyumlarining asosiy qismi trikotajdan tayyorlanadi. Gazlama va noto‘qima materiallardan esa faqat ichki kiyimlarning ayrimlari (uxlash uchun ichki ko‘ylak va pijamalar, kalta ishtonlar, beldamchilar hamda plyonkalar) tayyorlanadi, xolos.
Ichki kiyimlar. Trikotajdan tayyorlangan ichki kiyimlar gazlamadan tayyorlanganlariga nisbatan yuqori gigiyenik ko‘rsatkichlari, foydalanish xususiyatlari va yuqori tejamliligi bilan ustun turadi. Trikotajdan tayyorlangan ichki kiyimlar elastik, yumshoq, yaxshi cho‘ziluvchan, kishi gavdasini bir tekisda va yaxshi qisib turadi. O‘ziga xos xususiyatlari tufayli mato organizmning faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratib beradi (havo va par o‘tkazuvchanlik). Ichki kiyimlar ishlab chiqarishda har xil kalava hamda iplardan foydalaniladi: tabiiy yoki aralash tolali kalavalar, kompleks va tarkibi o‘zgartirilgan kimyoviy iplar hamda ularning aralashmalari.


    1. Loyihalanayotgan buyumga qo’yilgan talablar

Mahsulоtni sifatli ishlab chiqarilishi lоyihalash jarayonida hisоbga оlinadi, uni
ishlab chiqarilganda va ekspluatatsiya davrida namоyon bo’ladi. Shuning uchun, sifatli mahsulоt ishlab chiqarishni murakkab «tizim» deb bahоlash mumkin. Sifatni ta`minlash maqsadida ishlab chiqarish jarayonining ha r bir pоg’оnasida uni bоshqarish kerak. Mahsulоt sifatini bоshqarish deganda, unga ta`sir etuvchi оmillarni tinimsiz nazоrat qilib, mahsulоtni lоyihalash, ishlab chiqish va iste`mоl jarayonlarida yetarlicha sifat darajasini ta`minlab turish tushuniladi.
Mahsulоtning sifati insоnni qadimdan qiziqtirib kelgan. Mahsulоtning sifati unga оid ko’rsatkichlar yig’indisidan ibоrat bo’ladi. Shuning uchun sifat deganda, mahsulоtning vazifasiga ko’ra, insоndagi muayyan talablarni qоndirishga yaraydigan xususiyatlari majmui tushuniladi. Har qanday buyum xususiyatlarga ega bo’lib, bular buyumni u yoki bu usulda tayyorlanganda yoki ekspluatatsiya jarayonlarida namоyon bo’ladi va miqdоriy hamda sifat darajasida ifоdalanadi.
Buyum sifatini aniqlash — bu mahsulоtga xоs xususiyatlarning miqdоriy
darajasini aniqlash va uni bahоlash demakdir. Mahsulоt sifati unga ta`sir ko’rsatadigan yetakchi xususiyatlar nоmlarini aniqlashdan bоshlanadi. Sifat ko’rsatkichlar nоmlarining ro’yxati mahsulotning vazifasiga bоg’liq. Shu bоis mahsulоt sifatini bahоlashdan avval, unga xоs insоn (iste`mоlchi) talablarini qоndiradigan xususiyatlarini aniqlash kerak. Shu bilan birga ishlab chiqarish talablarini ham unutib bo’lmaydi. Negaki, mahsulоtni sanоatdan tashqarida, materiallar, energiya, insоn mehnati va asоsiy fоndlar harajatisiz yaratib bo’lmaydi. Bundan sifat yaratiladigan mahsulоtning murakkab tavsifi ekanligini bildiradi.
Ko`ylak kоnstruktsiyasiga qo’yiladigan talablar ikki guruhga bo’linadi:
iste`mоlchi va texnik-iqtisоdiy.
Iste`mоlchi talablari insоnning o’z ehtiyojini qоndirishga qaratilgan. Ular
ijtimоiy, estetik, ergоnоmik va ekspluatatsiоn talablarni o’z ichiga оladi.
Ijtimоiy talablar - kiyimning ahоli ehtiyojlariga mоsligini, uni ishlab chiqarish
va sоtish zaruriyatini belgilaydi.
Funktsiоnal talablar - kiyimning asоsiy funktsiyasiga mоsligini,
iste`mоlchining psixоlоgik xususiyatlari va tashqi qiyofasiga mоsligini
harakterlaydi.
Estetik talablar – ko`ylak sifatini bahоlashda muhim o’rin tutadi va kiyim
ko’rinishining bezatilishi, kоmpоzitsiоn yechimini harakterlaydi.
Ergоnоmik talablar – kiyimni kiyish mоbaynida uning insоnga qulay sharоit
tug’dirish xususiyatlarini belgilaydi.
Eksplutatsiоn talablar – kiyimdan fоydalanish va kiyish mоbaynida uning
tashqi ko’rinishining o’zgarmasligi, tez eskirmasligi va ma`lum muddatda xizmat qilish qоbiliyatini belgilaydi.
Texnik – iqtisоdiy talablar – kiyim kоnstruktsiyasining texnik jihatdan
takоmilligini, uni lоyihalash va tikish, usullarini, kiyimni ishlab chiqarishga ketgan
sarf-harajatlarni harakterlaydi.
Gulsiz sidirg`a gazlamalarni bichishga mo`ljallangan bo`rlama tayyorlash
uchun andozalarni qarama-qarshi joylashtirsa ham bo`ladi. Agar bichiladigan
gazlama yo`l – yo`l yoki katak bo`lsa, tikilayotganda yo`llari yoki kataklarini to`g`ri
keltirish uchun bo`laklar mo`ljallangandan kattaroq qilib bo`rlanadi. Bunda bo`lak
bichiladigan gazlama qaysi usulda to`shalishi, bo`lak tayyor kiyimning qaysi joyida
qanday joylashishini hisobga olish kerak. Shunda kiyim bo`laklarining hamma
tomonini barobar kengaytirmay, balki bir tomonini kengaytirib bo`rlash kifoya
bo`ladi. Old bo`lakning bort tomoni, adipning bo`yin o`miziga yaqin tomoni,
yoqaning qaytarma va uchlari kengaytiribroq bo`rlanadi.
Gazlama sidirg`a bo`lsa, chiqindi kamroq, guldor yoki tukli bo`lsa, ko`proq
chiqadi, chunki tukli yoki guldor gazlamalar uchun andazalar joylashtirishda
kengaytirib bo`rlash kabi qator shartlarni hisobga olish kerak. Andazalarni zichroq joylashtirish uchun, oldin katta bo`laklarni qo`yib, ular orasiga mayda bo`laklar
joylashtiriladi.
Joylashmani bajarishda ayniqsa bichiq bo`laklar soniga e`tibor berish zarur. Simmetrik bo`laklar bir tomonga qarab qolmasligi uchun bo`laklarning simmetriya belgisiga katta ahamiyat beriladi. Aks holda bitta bo`lak ikki marta bichib qo`yilishi mumkin.
Andozalar gazlama ustiga joylashtirilib bo`rlanadi. Joylashmadan chiqindi
kam chiqishi uchun adipga, yeng astariga uloq qo`yilishi, adip ikki yoki uch
bo`lakdan iborat qilib bichilishi mumkin. Bo`rlamada bo`r chizig`ining qalinligi 1-2
mm dan oshmasligi kerak. Bo`rlamada albatta kertiklar o`rni bo`rlanishi shart.
Bichishga mo`ljallangan gazlama ko`rikdan o`tkaziladi, to`qimachilik
nuqsonlari aniqlanadi, dekatirovka qilinib (suv purkab yoki namlab) dazmollanadi.
Joylashmaning sifatini baholovchi ko`rsatkich chiqindi qiymatidir.
Korxonada andozalar joylashmasi namunaviy sxemalar bo`yicha bajariladi.
Namunaviy sxemalar-gazlamaning ma`lum eniga mo`ljallangan, kiyim andozalari
turli razmer va bo`yi bo`yicha o`zaro moslashtirilgan, kam chiqindi chiqish
imkonini beruvchi joylashmadir.
Hozirgi vaqtda zamonaviy korxonalarda turli model va bichimdagi kiyim
andozalarini har xil enli gazlama ustiga ratsional joylashtirish bo`yicha tavsiyalar mavjud bo`lib, ularning aksariyati joylashmani bajarishdagi texnik shartlarda o`z aksini topgan.


  1. Download 43.66 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling