Tikuvchilik xonasiga
To‘qimachilik tolalari. Ip va gazlama haqida ma’lumot
Download 1.01 Mb.
|
5-texnologiya
To‘qimachilik tolalari. Ip va gazlama haqida ma’lumotBarcha to‘qimachilik materiallari tolalardan iborat bo‘ladi. Agar ip kalavasi ochilsa, uni ingichka iplardan – tolalardan iborat ekanligini ko‘rish mumkin. Tolalarning xususiyatlari iplarning xususiyatlarini belgilaydi. Tolalar tabiiy va kimyoviy guruhlarga bo‘linadi. Tabiiy tolalar o‘simliklar va hayvonlardan olinadi. O‘simlik tolasi paxta va zig‘irpoyadan olinadi. Hayvonlar tolasi ipak qurtining pillalaridan va qo‘y, echki, tuyalarning junlaridan tayyorlanadi. Gazlamalar trikotaj polotnolardan va noto‘qima materiallardan tikiladi. Kiyim tikishda ishlatiladigan ip gazlamalar: yengil, bahorgi-kuzgi va qishki guruhlarga bo‘linadi. Yozgi kiyimlar uchun chit, satin, shtapel, xom surp va hokazolar ishlatiladi. Bahorgi-kuzgi gazlamalar rang-barang gulli, sidirg‘a to‘qilgan, murakkab to‘quv gulli qilib ishlab chiqariladi. Qishki kiyimlar uchun bir tomonlama, ikki tomonlama tuki bor, tekis bo‘yalgan bosma gulli, rang-barang gulli gazlamalar ishlatiladi. Paxta va zig‘ir tolasidan tayyorlangan gazlamalardan yengil kiyim va ichki kiyim tikishda foydalaniladi. Momiq tolalarga birinchi ishlov berilgach, ip yigirish fabrikalariga keltiriladi. Bu yerda tozalab, navlarga ajratilgan tolalardan ip yigiriladi.Yigirilgan iplardan gazlama to‘qishda, tikuvchilik, to‘quvchilik, kashtachilik iplari tayyorlashda foydalaniladi. Yigirilgan iplar to‘quvchilik fabrikalariga yuboriladi. To‘quvchilik fabrikalarida gazlamalar uning turiga qarab to‘qiladi. Nima deb o‘ylaysiz, ota-bobolarimiz davrida gazlama qanday to‘qilgan? Fan va texnikaning rivojlanishiga qadar barcha hunarmandlar faoliyati qo‘l mehnati bilan bog‘liq bo‘lgan. Shu qatorda tabiiy tolalardan olingan tolalar ham qo‘lda yigirilgan. Yigirish moslamalari qo‘lda yoki oyoqda charxlar yordamida amalga oshirilgan. To‘quv dastgohi oddiy ikkita yog‘ochdan iborat bo‘lib, uni yuqori qismi ham yog‘ochdan bo‘lib, unga tanda ipi vertikal osilgan, arqoq ipi maxsus igna bilan to‘qib o‘tkazilgan. Shu tariqa to‘qima olib, o‘z isteʼmollari uchun foydalanganlar. Каnоp o‘simligi Тоlа Gаzlаmа Тоlаgа dаstlаbki ishlоv bеrish Тo‘qimаchilik dаstgоhi (ipning to‘qilishi) Тоlаning tоzаlаnishi Хоm gаzlаmа Тo‘qimа ipdan burаmа hоsil bo‘lishi Gаzlаmаgа ishlоv bеrish Тo‘qilishi Таyyor gаzlаmа Paxta tolali gazlamalar o‘zining mayinligi, yumshoqligi, havo o‘tkazuvchanligi hamda chidamliligi bilan ajralib turadi. Tabiiy tola bo‘lgani uchun tez g‘ijimlanadi. Yuvganda bo‘ylama ipi bo‘yicha kirishadi. Gazlamani nam holatida dazmollash tavsiya etiladi. Yuqori chidamlilik, sitilmaydigan xususiyatga ega. Paxta tolali gazlamalardan, asosan, yengil kiyimlar hamda ichki kiyimlar, yotoq jildlari tikiladi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling