Til -millatning ruhi


Hozirgi davrda turli millat, elat va qabilalarga tegishli 2500 dan 5000 tagacha (ba’zi manbalarda 3000-7000 oralig`ida) jonli til borligi ma’lum


Download 0.91 Mb.
bet2/4
Sana09.02.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1183087
1   2   3   4
Bog'liq
2476 TIL-MILLATNING

Hozirgi davrda turli millat, elat va qabilalarga tegishli 2500 dan 5000 tagacha (ba’zi manbalarda 3000-7000 oralig`ida) jonli til borligi ma’lum.
O`zbek tili uzoq va boy tarixga, shuningdek, eski yozuvga ega bo`lgan tillardan biridir. Uni ilk marta asosli tekshirgan olim Alisher Navoiydir. U o`zining «Muhokamatul-lug`atayn» asarida lug`at tili, ya’ni eski o`zbek tilining leksik boyligi, grammatik qurilishi haqida qimmatli ma’lumotlar beradi.
Navoiy asarlarining tilini o`rganish u hayot-ligidayoq boshlangan edi. Ammo o`sha davrdagi manbalar-ning oz qismi bizgachayetib kelgan. Turkiy xalqlar boy milliy madaniyatga va adabiyotga ega. Turkiy til jahondagi eng qadimiy adabiy tillardan hisoblanadi, unda lug`at boyligi ham beqiyos hisoblanib, ko`p asrli tarixga ega. Bu tilda har qanday murakkab va nozik tushunchalarni ham ifodalay olish mumkinligini XV asrdayoq buyuk mutafakkir Alisher Navoiy o`zining butun ijodi bilan isbotlab va turkiy dunyoni adabiy til darajasida «yakqalam» qilib shunday degan edi:
Turk nazmida chu men tortib alam Ayladim ul mamlakatni yakqalam
(“Lisonut-tayr”)



Ming yillar davomida yagona til bo`lib kelgan turkiy til XX asrda yigirmadan ko`p alohida milliy tillarga bo`lib yuborilganligi oqibatida madaniy meros ham bo`lib tashlanganligi turkiy xalqlar tili va madaniyati ravnaqiga o`ta salbiy ta’sir ko`rsatdi.
Istiqlol tufayli turkiy tilda so`zlashuvchi xalqlardan ko`plari lisoniy rivojlanishini belgilashda mustaqillikka erishdi.
O`zbek tili tarixini o`rganish asosan, mamlakati-mizda 1950 yillardan boshlangan. 1958 yilda Til va adabiyot institutida «O`zbek tili tarixi» sektorining tashkil etilishi bilan O`zbekistonda bu sohaning rivoj-lanishida katta imkoniyat yaratildi.
Biroq, tildagi taraqqiyot, rivojlanish to`xtovsiz davom etadigan jarayon hisoblanadi. Shu ma’noda aytadigan bo`lsak, sobiq sho`rolar imperiyasi davrida ko`pgina xalq-larning tili siquv doirasida qolgan, ya’ni asta-sekin o`z kuch-qudratidan mahrum bo`la borgan.
Bu davrda olib borilgan ruslashtirish siyosati natijasida ko`plab shaharlik o`zbek oilalari farzand-larini rus maktablarida o`qitdilar. Ularning ko`plari o`zbek tilini mutlaqo tushunmaydilar yoki bo`lmasa chala biladilar. Bu bilan biz til o`rganmasin demoqchi emasmiz. Ammo shuyerda haqli ravishda savol tug`iladi: o`z ona tilida gapirmagan millat vakilida milliy iftixor, vatanparvar-lik hissiyotlarini anglash qay darajada bo`lishi mumkin? U milliy manfaatlarni tushunadimi, himoya qila oladimi?
Bunday hol XX asrning 80-yillaridan so`ng ko`pchilikni tashvishga sola boshladi. O`zbekistonda davlat tili o`zbek tili bo`lsa ham asosan rus tili hukmron edi. O`sha murakkab davrda davlat tili haqida maqbul tarzda qonunning qabul etilishiga, uning bosqichma-bosqich amalga oshirilishining kafolatlanishida Prezidentimiz Islom Karimov bosh bo`ldi. U «Fidokor» gazetasi muxbiri savol-lariga bergan javoblarida milliy g`oya, milliy istiqlol mafkurasini shakllantiruvchi asosiy omillarni sanab o`tar ekan, milliy til va uning milliy mafkuradagi o`rni masalasiga alohida e’tibor qaratib, shunday deydi: «Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir. O`z tilini yo`qotgan har qanday millat o`zligidan judo bo`lishi muqarrar».
Shunday ekan ona tilimiz, o`zbek tili – davlat tilini yanada rivojlantirish, yoshlarimiz ongiga chuqurroq singdirish va ularning qiziqishini oshirish uchun butun jamiyat hamkorlikda ishlashi lozim.
Millat ma’naviyatini va milliy o`zligini anglashda, milliy g`urur va iftixorning o`sishida tilning ahamiyati katta. Til orqali millatning ruhi, madaniyati va tarixini, milliy xususiyatlarini tushunish mumkin. Til – bu millatning muhim va barqaror belgisi, uning mavjud-ligi, rivojlanishining asosiy shartlaridan biridir. Kishi tug`ilganda u yoki bu xalqqa xos xarakterga ega bo`lmaydi. U muayyan bir millat vakillari orasida o`sib-ulg`ayib va tarbiyalanib, shu xalqqa xos bo`lgan fazilat-larni, ruhiyatni, dunyoqarashni o`zlashtiradi. Bu jarayonda har bir millatning o`ziga xosligini, milliy ruhiyatini, xarakterini, jipsligini saqlab turgan madaniy-tarixiy tajribasi til vositachiligida avloddan-avlodgayetkazib turiladi.
Tilning lug`at tarkibiga qarab millatning hayoti, tarixi, turmushi, ma’naviy dunyoqarashi haqida tasavvurga ega bo`lishi mumkin. Zero, xalqning tilida faqat shu millatga tegishli bo`lgan voqea, buyum, hodisalar uchun so`z mavjud. Shunday ekan, odam o`zi tushunmaydigan so`zdan ta’sirlanmaydi, zavq olmaydi. Mutaxassislarning fikri-ga ko`ra, begona tilni o`zlashtirgan va doimo unda muloqotda bo`ladigan odamga til bilan birga o`sha millatga tegishli bo`lgan xususiyatlar, ruhiyat, xarakter, dunyoqarash va hatto, shakl-shamoyil ham o`tar ekan.
Demak, xalqning tili milliy o`zlikni anglash jarayoniga ham bevosita ta’sir qiladi. Til ulkan, bebaho madaniy boylikdir. Bu boylik ajdodlar tomonidan uzoq yillar davomida yaratiladi, sayqal topadi va ajdodlarga bir javohir misolyetkaziladi.


Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling