Milliy til yashasagina milliy davlatchilik, madaniyat rivojlanadi, millat o`zligini anglay oladi.
O`zbek tiliga davlat maqomi berilgandan keyin u ehtiyoj doirasiga kirdi. Unga nafaqat mutaxassislar, balki keng jamoatchilik amaliy zarurat yuzasidan yondosha boshladi. Davlat tilini yangilanish jarayonida ziyolilar g`oyat faollik bilan ish olib bordi.
O`zbek tiliga Davlat tili maqomi berish haqidagi qonun kuchga kirgan vaqtdan beri vatanimizning barcha hududida har yili 21 oktyabr kuni til bayrami nishonlanadi.
Respublikamizda o`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan davrda lotin harflariga asoslangan o`zbek alifbosini qayta tiklash masalasi o`rtaga qo`yildi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqirig`i ikkinchi sessiyasi 1993 yil 2 sentyabr-dagi qonun asosida qabul qilingan, ushbu qonunga 1995 yil 6 mayda o`zgartishlar kiritildi.
Yangi tahrirdagi davlat tili qonunining afzal tomonlari juda ko`p bo`lib u quyidagilarda o`z ifodasini topgan:
1) u milliy istiqlol g`oyalaridan kelib chiqqan holda shakl va mohiyat jihatdan yangilangan;
2) xalqimizning xohish-istaklarini hisobga olib, tushunish va talqin qilishga qulay bo`lishi uchun til hamda uslub jihatdan soddalashtirilgan;
3) uning huquqiy asoslari aniqroq, qat’iyroq va amaliyotga joriy qilishga muvofiq darajada bayon qilingan.
Har qanday davlatda milliy o`zligini anglash qanchalik yuqori bo`lsa, tilga e’tibor shunchalik oshadi.
Hozirgi kunga kelib qabul qilingan qonunlar o`z ifodasini topdi va yuqori natijalar ko`rsatmoqda. 2005 yil sentyabr oyidan barcha tashkilot va muassasalar o`z hujjatlarini va ish faoliyatlarini lotin alifbosida olib borishni boshlaydilar.
Zero milliy o`zligini anglab yetgan, milliy qadriyatlarini tiklagan xalqgina mustaqillikning buyuk kuchiga aylanadi, shunday millatning kelajagi porloq bo`ladi.
O`zbek tili o`z vatanida davlat maqomida mustahkam turishi uchun uning jahon tillari ichida munosib o`rin egallashiga erishishimiz lozim. Buning uchun yoshlarimizda davlat tili siyosatini kelajagi buyuk davlat nuqtai nazardan yuksak darajada anglabyetish tuyg`usini uyg`otishimiz zarur. Har bir xalq, har bir elat o`zi hurmat-ehtirom qiladigan tilga ega. Tilga bo`lgan munosabat shu tildan foydalanuvchi odamlarning ko`p yoki oz sonli ekanligiga bog`liq emasdir. Tilda ana shu tilning ijodkori bo`lgan xalq, elatning tarixi va madaniyati aks etadi. Ayni zamonda, til ijtimoiy taraqqiyotda ulug`vor ahamiyat kasb etadi.
Til ijtimoiy hodisa sifatida kishilar o`rtasida asosiy aloqa vositasi bo`lib kelgan. Inson tug`ilib, voyaga yetar ekan, u ona tili, ona-Vatan, ona zamin kabi milliy qadriyatlarni shu til vositasida anglaydi va his qiladi. Shuning zamirida unda milliy ong, vatanparvarlik, millatparvarlik, mustaqillik kabi tushunchalar paydo bo`ladi va singib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |