Milliy istiqlolning birinchi sharti milliy til - ona tilining mustaqilligidir. O`zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga yaqinda 16 yil to`ladi.
Til har bir millatning ulkan boyligi, bebaho mulki, qalbi va ovozi hisoblanadi. O`zbekistonda yashovchi boshqa millat va elat vakillarining o`zbek tilini o`rganib, shu tilda yerli aholi bilan muloqotda bo`lishi, madaniyatni, urf-odatni, an`analarni hurmat qilishi, yurt egalariga bo`lgan ularning ehtiromi, baynalminalligining ifodasidir.
O`zbekiston Respublikasining davlat tili haqidagi qonunini rivojlantirish va ro`yobga chiqarish madaniyat, tilni rivojlantirishda, o`zbek xalqining milliy o`ziga xosligini saqlab qolishda, millatlarning o`z taqdirini o`zi belgilash printsipini ijtimoiy hayotning eng muhim sohalarida qaror toptirishda muhim ahamiyatga ega. O`zbek tili haqidagi adabiyotlarni targ`ib qilishda "Davlat tili haqida"gi qonunni yaxshi bilish zarur.
Ayniqsa, til bayrami kunlarida, til haqidagi tadbirlarni o`tkazishda bunga ehtiyoj oshadi. Barcha tashkilotlar, o`quv yurtlari, kutubxona va mahallalarda davlat tili bilan bog`liq hujjatlarni o`rganishga e'tibor kuchayadi.
BUKLET
MAVZU: TIL MILLATNING RUHI
Bajardi:________________________________
Tekshirdi:______________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |