Qolip va hosila. - Lisoniy birlikning navbatdagi turi qolip deyiladi. Qolip deganda yasama so‘z, so‘z birikmasi va gaplar hosil qilishning ongdagi sxemalari tushuniladi. Bu sxemalar til jamiyati a’zolarining lisoniy birliklarni nutqda biriktirib voqelantirish malakalari sifatida yuzaga chiqadi. Grammatik qonuniyat va qoidalar faqat qoliplarda amal qiladi. Qolipdan tashqarida sintaktik aloqa haqida gap bo‘lishi hm mumkin emas. Masalan, leksema faqat qolipda grammatik jihatdan shakllanadi.
- Qoliplar ikki xil bo‘ladi: a) so‘z yasash qolipi;
- b) sintaktik (so‘z birikmasi va gap hosil qilish) qolip.
So‘z yasash qolipidan kam foydalanamiz. Chunki biz har doim ham so‘z yasayvermaymiz. - So‘z yasash qolipidan kam foydalanamiz. Chunki biz har doim ham so‘z yasayvermaymiz.
- Qolip ham boshqa lisoniy birliklar kabi UMIS tabiatli bo‘ladi. Masalan, nutqdagi cheksiz yasama so‘z (masalan, sutchi, nisholdachi kabi bitta, bevosita kuzatishda berilmagan lisoniy birlik (masalan, [narsa/buyum oti + chi = shu narsa/buyum bilan shug‘ullanuvchi kishi], ya’ni so‘z yasash qolipining nutqiy hosilasi. Kitobni o‘qimoq nutqiy hosilasi boshqa o‘ziga o‘xshash cheksiz so‘z birikmalari (qog‘ozni yirtmoq, uyni sotmoq va h.k.) bilan birgalikda [ottushum kelishigi + Fe’l = vositasiz to‘ldiruvchili fe’lli birikma] lisoniy sintaktik qolipiasosida hosil qilingan nutqiy birlik.
-
Qolip miqdoran cheklangandir. Masalan, o‘zbek tilida so‘z birikmasi hosil qilishning 18 ta ustuvor qolipi ajratilgan va nutqimizda ulardan son-sanoqsiz so‘z birikmasi hosil qilinadi (bu haqda “So‘z birikmasi” bo‘limida batafsil bayon etiladi). - Qolip miqdoran cheklangandir. Masalan, o‘zbek tilida so‘z birikmasi hosil qilishning 18 ta ustuvor qolipi ajratilgan va nutqimizda ulardan son-sanoqsiz so‘z birikmasi hosil qilinadi (bu haqda “So‘z birikmasi” bo‘limida batafsil bayon etiladi).
- Qolip ham boshqa lisoniy birliklar kabi shakl va mazmun yaxlitligidan iborat. Yuqorida keltirilgan qoliplarning tenglikdan chap qismi shakliy, o‘ng qismi esa mazmun tomoni deb yuritiladi. Qolipning[sifat + ot] tarzida mazmuniy tomonsiz berilishi ham xato emas. Chunki, masalan, [–mi] morfemasi misol sifatida olinganda, uning grammatik ma’nosi, [kitob] leksemasi haqida fikr yuritilganda, har doim uning sememasi ham berilishi (masalan, [–chi = so‘roq, taajjub bildiruvchi morfema], [kitob = varaqlaridan tashkil topgan, muqovalangan, bosma yoki qo‘lyozma holdagi o‘qish quroli]) shart emas. Shu boisdan qolip haqida gap ketganda, uning shakl tomonini qayd etish kifoya qiladi.
Xulosa : - Xulosa qilib aytganda , fonema, morfema, leksema va qolip lisoniy birlik bo‘lsa, tovush, qo‘shimcha, so‘z, so‘z birikmasi va gap esa nutqiy birlikdir. Ma’lum bir qolip asosida vujudga kelgan birliklar hosila termini bilan ham nomlanadi.
- Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. −Toshkent: O‘qituvchi, 1993.
- Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. Toshkent: O‘qituvchi, 1995.
- Tulenov J., G‘afurov Z. Falsafa. – Toshkent: O‘qituvchi, 1997.
- Vohidov R., Ne’matov H., Mahmudov M. So‘z bag‘ridagi ma’rifat. – Toshkent: Yozuvchi, 2001.
Do'stlaringiz bilan baham: |