Til birliklarining alohida tizim sifatida ōzaro mutanosibligi


Download 121.5 Kb.
bet2/3
Sana04.04.2023
Hajmi121.5 Kb.
#1324262
1   2   3
Bog'liq
Til birliklarining alohida tizim sifatida ōzaro mutanosibligi

Leksema va so‘z.

  • Lisonning borliq hodisalarini nomlash, ifodalash, ko‘rsatish uchun xizmat qiluvchi birligi – leksema. Leksema borliq hodisalarini nomlab, ularni kishilarning muloqoti uchun tayyorlaydi. Til egasi sezgan narsa, albatta, nom oladi. Hech bo‘lmaganda so‘z birikmasi bilan nomlanadi.
  • Leksema tilning asosiy va markaziy birligi. So‘z termini leksema ma’nosida ham qo‘llanadi. Shaxsning tili bilimi uning fonetik yoki grammatik bilimi bilan emas, balki leksik zaxirasining boyligi bilan o‘lchanadi. Ona tili o‘qitishning asosiy vazifasi ham leksema, ya’ni so‘z ta’limidir. Bejiz so‘z tilga tenglashtirilmaydi: Xalqaro anjumanda o‘zbek so‘zi jarangladi. Buyuk sharq mutafakkirlari ham so‘z deganda ko‘p hollarda tilni nazarda tutishgan.

Morfema va qo‘shimcha.

  • Morfema – grammatik ma’no ifodalaydigan yoki so‘z yasaydigan lisoniy birlik. Qo‘shimcha –morfemaning nutqda namoyon bo‘lishi, UMISning AHVOga aylanishi.Esda tutish lozimki, yasalgan leksemalar tarkibidagi yasovchilar, garchi leksema lisoniy sathda bo‘lsa ham, morfema emas, balki qo‘shimcha deyiladi.
  • Morfema ham tashqi (shakliy) va ichki (mazmuniy) tomonlar yaxlitligidan iborat. Morfema o‘zining nutqiy ko‘rinishlari bo‘lgan qo‘shimchalar orqali ifodalanadigan ko‘plab ma’nolarning umumlashmasini, “mag‘zi”ni o‘zida (lisonda)saqlaydi. Morfemaning mazmuniy tomoni grammema, grammemaning nutqiy voqelanishi grammatik ma’no deyiladi. Masalan, [–ni] tushum kelishigi morfemasining grammemasi – “oldingi mustaqil so‘zni keyingi fe’lga tobelash” lisoniy sathda mavjud. Bu morfema nutqdagi Kitobni o‘qidim gapida qo‘shimcha sifatida voqelangan bo‘lib, uning mazmuniy tomoni – “oldingi kitob so‘zini keyingi o‘qidim so‘ziga tobelash” grammatik ma’nosidir.
  • Lisoniy sathda so‘z yasovchi (derivatsion) morfemalar va grammatik morfemalar guruhi mavjud. Ularning nutqdagi ko‘rinishlari lison va nutq bo‘linishiga mos ravishda so‘z yasovchi qo‘shimcha va grammatik qo‘shimcha deb nomlanadi.

Download 121.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling