Til lison va nutq munosabati lisoniy paradigma va uning asosiy turlari Rеjа
Download 488.5 Kb.
|
Lissoniy munosabatlar degan mavzu
Lisoniy paradigma. Lisoniy birliklar bir-birini eslatib turish xossasiga ega. Shu boisdan ular jamiyat azolari ongida bir tizimga birlashgan holda yashaydi. Masalan, [a] fonemasi [o]fonemasini, [u] fonemaci [o] fonemasini, [i] fonemasi [e] fonemasini eslatadi. Lekin [a] fonemasi dabdurustdan [q] yoki [h] fonemasini eslatmaydi. Chunki ular ikki tizim - unli va undoshlar tizimiga kiradi. Unlilar bir-birini unlilar tizimida, undoshlar esa undoshlar tizimida eslata oladi. Hatto [u] fonemasining [a]ni eslatishi oz tizimdoshlari bilan birgalikda amalga oshiriladi. Masalan, [a], [o] fonemalari kichik, ichki tizim hosil qilib, ular birgalikda qolgan fonemalar juftliklarini eslatadi. Eslatish ikki tomonlama bolishi ham mumkin. Masalan, [yuz] leksemasi bir tomondan [bet], [chehra], [jamol], [oraz] kabi birliklarni, ikkinchi tomondan [burun], [koz], [quloq], [qosh], [lab] leksemalarini eslatadi va bunda u ikki tizimning azosi hisoblanadi.
Bir-birini eslatuvchi birliklar umumiy, oxshash belgi-xususiyatlarga ega boladi. Ana shu oxshashlik va umumiylik ularning birlashtiruvchi, boglab, bir tizimda ushlab turuvchi belgilari sanaladi. Masalan, unlilar «sof ovozga egalik» umumiy belgisi ostida birlashadi. Ammo ular farqli belgilarga ham ega bolishi shart. Masalan, [a] «ablanmaganlik», [o] «lablanganlik» farqlovchi belgilarga ega, «kenglik» belgilari esa ularni birlashtiradi. Umumiy belgilari asosida birlashgan va bir-birini taqozo etadigan, ammo har biri oziga xos belgilari bilan boshqasiga qarama-qarshi turuvchi lisoniy birliklar tizimi paradigma deyiladi (paradigma grekcha paradeigma - misol, namuna degan manoni bildiradi). Paradigmani tashkil etuvchi birliklar paradigma azolari deb yuritiladi. Paradigma kamida ikkita azoli va ular bir lisoniy sathga mansub bolishi shart. Bir paradigma azolari orasidagi ozaro munosabat paradigmatik munosabat deyiladi. F.Sossyur lisoniy mikrosistema va umuman lisoniy birliklar orasidagi paradigmatik (assotsiativ, bir-birini eslatib turish, oxshashlik) munosabatlarini lisoniy birliklar uchun eng asosiy munosabat sifatida baholagan edi. Bir paradigma tarkibiga kiradigan birliklar quyidagi xususiyatlarga ega bolishi kerak. 1.Paradigmadagi bitta birlik eslanganda, shu paradigmaga kiruvchi boshqa azolar ham xotirlanishi (esga olinishi) zarur. 2.Har bir konkret nutq sharoitida ozaro paradigmatik munosabatlarda turgan birliklardan, yani paradigma azolaridan bitta tanlanishi lozim. 3.Bir paradigmaning azolari ozaro oxshashlik bilan birga, har bir azo ikkinchisidan qaysidir bir xususiy belgisi bilan farqlanib turishi lozim. 4.Paradigma azolari nutqda bir pozitsiyada (mavqeda) kela olib, bir-birini malum holatlarda almashtira olishi, ornini egallashi mumkin. Lisoniy paradigma va uning azolariga nisbatan F.Sossyur tomonidan qoyilgan bu talablar keyingi qariyb yuz yildan beri deyarli ozgarishsiz saqlanib kelmoqda. Paradigmalar, qamroviga kora, katta va kichik yoki tashqi va ichki paradigmalarga bolinadi. Bu paradigmalar bir-biriga nisbatan olinadi. Masalan, undoshlar jarangli va jarangsizlarga bolinadi. Demak, paradigmatik munosabat atamasining muqobillari sifatida oxshashlik munosabati, assotsiativ munosabat atamalari ham ishlatiladi. Tizim atamasi ham kop hollarda paradigma atamasi ornida ishlatiladi: unlilar tizimi, kelishik tizimi kabi. Jarangli va jarangsizlar alohida kichik yoki ichki paradigmalar bolib, undoshlar tizimi bir butun holda ularga nisbatan katta yoki tashqi paradigma deyiladi. Lisoniy birliklar tizimining qaysi lisoniy sathga mansubligiga kora, fonetik, leksik, morfologik, sintaktik paradigmalar farqlanadi. Aytilganidek, fonemalar tizimi va ularning ichki bolinishlari fonologik paradigmalar deyiladi. Fonologik paradigmalarning xususiyatlari, uni tashkil etuvchi birliklarning paradigmatik munosabatlari xususida «Fonetika-fonologiya» bolimida bahs yuritiladi. Semantik-grammatik umumiylikka ega bolgan leksik birliklar lugaviy paradigmani tashkil etadi. Sinonimik, partonimik, giponimik, iyerarxionimik, graduonimik, funktsionimik qatorlarga birlashgan leksemalar tizimi, alohida lugaviy guruhlar, lugaviy-mavzuviy toda, soz turkumlari ham yirik (makro) paradigmalarni tashkil etadi. Leksik paradigma va ularda amal qiluvchi paradigmatik munosabatlar haqida «Leksikologiya-semasiologiya» bolimida bahs yuritiladi. Morfologik kategoriyalar (morfologik shakllar tizimi) morfologik paradigmalardir. Morfologik shakllarning paradigmatik munosabatlari haqida tilshunoslikning «Morfologiya-morfemika» bolimida batafsil toxtalinadi. Sintaktik qoliplar tizimi sintaktik paradigmani tashkil etadi. Sintaktik paradigma ikkiga - gap paradigmasi va soz birikmasi paradigmasiga bolinadi. Gap paradigmasining ozi ikki - sodda gap qoliplari va qoshimcha gap qoliplari kabi ichki (mikro) paradigmalarga bolinadi. Bu bilan «Sintaksis» bolimida tanishasiz. Download 488.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling