Til lison va nutq munosabati lisoniy paradigma va uning asosiy turlari Rеjа
Download 488.5 Kb.
|
Lissoniy munosabatlar degan mavzu
partonimik (part - qicm, bolak), tur-jins munosabatlari giponimik (tur-jins) munosabatlar deyiladi. Partonimik munosabatlarga kirishuvchi qismni ifodalovchi birliklar partonimlar, giponimik munosabatga kirishuvchi jins nomlari giponimlar deyiladi. Butunlik totonim va tur nomi giperonim deyiladi.
Oxshashlik (paradigmatik) munosabatlari ozaro teng (pogonali munosabatdagi [daraxt] va [tana], [daraxt] va [gilos] birliklari semantik qamrovi jihatdan teng emas edi), bir umumiy belgi asosida birlashib, qator hosil qiluvchi, ammo oziga xos belgilarga kora farqlanib turuvchi birliklarning ozaro muno-sabatini ifodalaydi. Yuqorida aytilganidek, paradigma azolari ozaro teng bolib, nutqda bir xil orinni egallaydi va bir xil xususiyatlarga ega boladi. Berilgan misoldagi [Salim], [Karim], [Halima] sozlari ozaro teng, bir xil orinda kela oladi, biroq ozaro farqlarga ham ega. Ozaro oxshashlik munosabatlarida bolgan birliklarning bir-biri bilan farqli xususiyatlari asosida qarama-qarshi qoyilishi ziddiyat (oppozitsiya), ziddiyatga kirishayotgan paradigma azolari ziddiyat azolari deyiladi. Ziddiyatdagi birliklar ozaro malum bir belgi asosida qarama-qarshi qoyiladi. Bu belgi ziddiyat belgisi deb yuritiladi. Lisoniy ziddiyat va uning asosiy turlari. Lisoniy paradigmaga birlashuvchi birliklar, paradigma azolari orasidagi munosabatlar lisoniy ziddiyat deyiladi. Ziddiyat (ar.qarama-qarshilik: var.oppozitsiya. lat.oppositio-qarama-qarshi qoyish) lisoniy birliklarning ifodalanmi-shidagi farqlarga muvofiq ifodalovchilarining va, aksincha, ifodalovchilardagi farqlarga muvofiq ifodalanmishlarining muhim lisoniy farqlanishidir. Masalan, [b] va [t] fonemalari orasida ziddiyat mavjud bolib, shunga muvofiq, (bosh) va (tosh) birliklari orasida shakliy-mazmuniy qarama-qarshilik munosabati amal qiladi. Yoki «birlik son», «koplik son» orasidagi semantik ziddiyat (kitob) va (kitoblar) birliklarida ham shakliy (formal), ham mazmuniy (semantik) farqlarni keltirib chiqaradi.Tabiat, jamiyat va tafakkurdagi mavjudlik va taraqqiyotning asosiy omili qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni bolganligi kabi lisoniy paradigmalarda birliklarni bir-biriga boglab turuvchi, paradigmalarning yashovchanligini taminlovchi omil lisoniy ziddiyatlardir. Demak, lisoniy ziddiyatlar falsafiy qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonunning tildagi xususiylashmasi, voqelanishidir. Lisoniy ziddiyatlarni aniqlash yoki ziddiyatlarga bunday yondashish ziddiyatli va ziddiyatsiz munosabatlarni farqlashni taqozo qiladi. Chunki turli lisoniy birliklar va bir birlikning turli variantlari orasidagi munosabatlar turli tabiatli vohidlar, azolar orasidagi munosabatlar sifatida muayyanlashtirilmogi lozim. Masalan, shaxs-son shakli bolmish [-miz] va [-siz] (oqiymiz-oqiysiz) har xil lisoniy morfologik birliklar bolib, bir paradigmaning turli azolari sifatida ziddiyatli munosabatda boladi. Biroq turli farqli xossalarga ega bolgan til oldi va til orqa (o) unlilari bitta (o) fonemasining variantlari sifatida fonetik jihatdan farqlanishsa-da, funktsional jihatdan tafovutga ega emas. Chunki ozbek adabiy tilida bitta (o) fonemasi mavjud bolib, uning variantlari mano farqlash tabiatiga ega emas. Bazilar [oy] sozini ayt-ganda, (o)ni til oldi, boshqalar esa til orqa unlisi sifatida talaffuz qilishadi. Baribir, (o) tovushlari qanday bolishidan qati nazar, bu soz «fikr», «xayol» manolarini beradi. Lisoniy birlikning variantlari orasidagi bunday munosabat ziddiyatsiz munosabat deyiladi. Ziddiyatlar paradigmatik munosabatlarning xos korinishi va xossalari sifatida sintagmatik munosabatlarga qarama-qarshi qoyiladi. Malum bir lisoniy birliklar mansub ziddiyatlar majmui bu birlikning paradigmatik sifatini aniqlashda, paradigmatik muayyanlash-tirishda hal qiluvchi rol oynaydi. Paradigmatik muayyanlashtirish birlikning boshqa birlikdan farqlanuvchi zotiy tabiatini oydinlashtirish demakdir. Tilshunoslar lisoniy ziddiyatlarni bir necha tomondan tasniflaydilar: 1.Ziddiyatlar tizimida tutgan orniga kora. 2.Ziddiyat azolarining ozaro munosabatiga kora. 3.Turli vaziyatlarda ziddiyatlarning amal qilishiga kora. Lisoniy ziddiyat ziddiyatlar tizimiga munosabatiga kora olchami va uchrovchanlik belgilari bilan farqlanadi. Lisoniy ziddiyatlar olchoviga kora, bir olchamli va kop olchamli turlarga bolinadi. Agar belgilar majmui tizimda zidlanuvchi ikki azo uchungina amal qilib, boshqa azolarga tegishli bolmasa, bir olchamli ziddiyat deyiladi. Masalan, ozbek tilidagi [l] va [h] fonemalari hosil bolish orniga kora «yon» va «bogiz» belgilari asosida zidlanib, bu belgi undoshlar tizimining boshqa azolarida uchramaydi. Chunki bu undoshlar ozbek tili fonologik tizimida yagona yon va yagona bogiz undoshlaridir. Kop olchamli ziddiyatda zidlanuvchi birlikdagi belgi boshqa azoda ham uchraydi. Masalan, til oldi undoshlari bolgan [m] - [d] zidlanar ekan, [m]dagi «til oldi»lik belgisi [d] fonemasida ham mavjud. Bunda azolar boshqa belgi asosida zidlanadi. «Uchrovchanlik» belgisiga kora ziddiyatlar «ajralgan» va muntazam ziddiyatlarga bolinadi. Ajralgan ziddiyatda shunday belgi asos qilib olinadiki, bu belgi boshqa ziddiyatlarga asos bola olmaydi. Masalan, unlilarning lablangan-lablanmaganlik belgisi faqat teng qiymatli ziddiyat uchun asos boladi. Bunday ziddiyat «ajralgan» ziddiyat deyiladi. Lekin tilning kotarilish darajasiga kora belgisi teng qiymatli ziddiyatga ham asos bolib xizmat qiladi. Bir belgi turli azolarni juftlab zidlash uchun xizmat qilsa, muntazam ziddiyat deyiladi. Masalan, erlik, ayollik jinsi asosidagi ziddiyat [ota]-[ona], [ogil]-[qiz], [aka]-[singil], [chol]-[kampir] ziddiyatlarida uchrayveradi. Azolari orasidagi munosabatlarga kora ziddiyatlar: A) notoliq (privativ); B) darajali (gradual); V) teng qiymatli (ekvipolent) kabi turlarga bolinadi. Noto‘liq ziddiyatda qarshilanuvchi a’zolardan biri ziddiyat belgisiga ijobiy, boshqasi esa betaraf munosabatda bo‘ladi. Masalan, [bola] va [ogil] leksemalarini olaylik. Ular «erkak jinsli» deb atalgan ziddiyat belgisiga ikki xil munosabat bildiradi. Bu belgi [ogil] leksemasi semantik tarkibida aniq berilgan, shu boisdan uning munosabati ijobiy yoki belgilangan deyiladi va shartli ravishda [+] belgisi bilan beriladi. [bola] leksemasida esa jins belgisi aniq emas. Chunki uning semantik tarkibida «er» yoki «ayol» (yani jins) semasi yoq. Boshqacha aytganda, bola ogil ham qiz ham bolishi mumkin. Shuning uchun bu leksemaning ziddiyat korsatkichiga ishorasi belgilanmagan (nomalum, majhul) deyiladi va shartli ravishda +/- yoki O (nol) belgisi bilan beriladi. Buni chizmada quyidagicha beramiz. Notoliq ziddiyat tilning barcha sathlarida amal qiluvchi muhim qonuniyatdir. Masalan, morfologiyada leksemalarni umumiy grammatik manolariga kora, mustaqil va nomustaqil leksemalarga bolish privativlik asosida amalga oshiriladi. Bunda «lugaviy mano ifodalay olmaslik» notoliq ziddiyatning belgisi bolib, ziddiyatda mustaqil leksemalar belgilanmagan, kuchsiz azo bolsa, nomustaqil leksemalar belgili, kuchli azo sifatida namoyon boladi: Chunki mustaqil leksemalar lugaviy mano ifodalashi ham, nomustaqil leksemalar vazifasida kelishi ham mumkin. Masalan, komakchilar, fel komakchilar, komakchi fellar va h.lar nomustaqil leksemalar kabi lugaviy manoga ega bola olmaydi. Notoliq ziddiyatda belgi tanlash ixtiyoriy emas. Masalan, bir qarashda yuqoridagi ziddiyatda belgini «lugaviy mano ifodalash» deb ham, «lugaviy mano ifodalay olmaslik» deb ham qoyish mumkindek tuyuladi. Keling, ziddiyat belgisini yuqorida qoyilganidek emas, balki «lugaviy mano ifodalay olish» deb ozgartirib koraylik: Bu togrimi? Birinchidan, notoliq ziddiyatda qaysidir bir azo O (nol) belgisini olishi kerak. Oldingi ziddiyatda mustaqil leksemalar ushbu belgiga ega edi. Bunda endi nomustaqil leksemalar olishi kerakka oxshaydi. Yoq, mutlaqo bunday emas. Chunki nomustaqil leksemalar goh lugaviy mano ifodalash, goh ifodalamaslik xossasiga ega emas. Ziddiyatning ikkinchi azosi [+] belgisiga egami? Yoq, u, yuqorida aytilganidek, [-] belgisiga ham, qisqasi [O] belgiga ega. Demak, keyingi «ziddiyat» ziddiyat emas. Ziddiyat lisoniy birliklarining mohiyatini, zotiy tabiatini ozida aks ettirmogi lozim. Aks holda «suniy» ziddiyatlar kelib chiqadi. Boshqa ziddiyatlar kabi notoliq ziddiyat ham obektiv va bizning xohish-irodamizga bogliq emas. Darajali ziddiyat azolari kamida uchta bolib, bir belgi (ziddiyat belgisi)ning osib yoki kamayib borishiga kora azolar qator hosil qiladi. Masalan, tilning kotarilish darajasiga kora, unli fonemalar darajalanishi quyidagicha: [a] - [e] - [i] yoki [o]-[o]-[u]. Bunda belgi birinchi azoda kuchsiz, ikkinchi azoda ortacha va keyingi azoda kuchli yoki aksincha bolishi mumkin. Darajali ziddiyat ham barcha sath birliklarida uchraydi. Masalan, leksikada ninni-chaqaloq-godak-bola..., turq-bashara-bet-yuz-chehra..., morfologiyada harakat nomi-sifatdosh-ravishdosh («felni ozgalash darajasiga kora» belgisi asosida) kabi. Ekvipolent (teng qiymatli) ziddiyatda ikki azo qarshilantirilib, har biri oziga xos, ikkinchisiga xos bolmagan belgiga ega boladi. Masalan, ovoz va shovqinga kora jarangli va jarangsiz undoshlar teng qiymatli (oziga xos belgiga ega bolgan azoli) ziddiyatni hosil qiladi. Muntazam (proportsional) ziddiyatda bir ziddiyat belgisi turli juftlangan birliklar uchun oppozitiv korsatkich bolib xizmat qiladi. «jins» belgisi ota-ona, aka-opa, singil-uka, toga-xola lugaviy zidlanishlari uchun umumiydir. Ziddiyatlar azolari miqdoriga kora ikki azoli (binar) va uch (kop) azoli (ternar) ziddiyatlarga bolinadi. Notoliq, teng qiymatli ziddiyatlar binar va darajali ziddiyat ternar ziddiyat deyiladi. Uchinchi belgisiga kora ziddiyatlar doimiy va motadillashgan ziddiyatlarga bolinadi. Motadillashish jarayonida munosabatga kirishayotgan birliklar ortasidagi ziddiyat kuchsizlanadi. Masalan, yot-yod zidlanishda soz oxiridagi [t], [d] tovushlari jarangli-jarangsizlik bilan farqlanmaydi. [d] fonemasining nutqdagi vaziyatidan kelib chiqqan holda unda jarangsizlik belgisi kuchsizlanadi. Ammo bu sof nutqiy hodisadir. Motadillashish lisoniy birliklarning nutqiy voqelanishlarida yuz beradi. Leksemalar va morfemalar ham nutqiy voqelanganda, ularning lisonda boshqa birliklar bilan ziddiyatli munosabatlarini belgilaydigan xossalari, belgilari kuchsizlanishi mumkin. Yuqorida keltirilgan [t] va [d] undoshlarining jarangli-jarangsizlilik belgisiga kora zidlanishini yorqin namoyon qiladigan vaziyat [d] fonemasining soz boshi va soz ortasida voqelanishidir. Ziddiyatni voqelantiradigan pozitsiya kuchli va uni sondiradigan nutqiy xolat kuchsiz pozitsiya deyiladi. Lisoniy tasnif va uning turlari haqida tushuncha. Tasnif (arabcha «saralash», «tartibga solish») narsa va predmetlarni aniq va doimiy oringa ega bolgan guruh (sinf) larga bolishdir. Agar tasnif ilmiy asosga ega bolsa, u uzoq davr mobaynida amal qiladi. Masalan, ximiyaviy elementlar soni 200 dan oshib ketayotgan bolsa-da, ularning tasnifi bugungi kunda ham ozgarmasdan amal qilmoqda.Tasnif oddiy bolaklashdan barqaror tabiatliligi bilan ajralib turadi. Togri, tasniflashda ham oddiy bolishda amal qiladigan barcha tamoyillar asos bolib xizmat qiladi. Yani tasnifda ham bolishdagi kabi: 1) tasniflangan bolaklar hajmi tasniflanayotgan butunlik hajmiga teng bolishi; 2) tasnif bir asosda amalga oshirilishi; 3) tasniflangan guruhlar bir-birini inkor qilishi; 4) tasnif uzluksiz bolishi, yani unda «sakrash» bolmasligi lozim. Tasnif dixotomik, politomik yoki dixopolitomik bolishi mumkin. Dixotomik tasnifda birliklar ikki guruxga ajratiladi: «fonemalar unli va undoshlarga ajraladi» kabi. Politomik tasnifda guruhlar soni ikkidan ortiq boladi: «Gramatik qoshimchalar lugaviy shakl hosil qiluvchilar, sintaktik shakl hosil qiluvchilar va lugaviy sintaktik shakl hosil qiluvchilarga bolinadi», Yoki fellar nutq fellari, ruhiy-holat fellari va h. Dixopolitomik tasnifda tasniflanuvchi butunlik dastlabki bosqichda ikkiga, keyingi bosqichda ikkidan ortiq sinfga ajraladi. Masalan: Tasnifda tasnif asosini tanlash muhimdir. Chunki biror narsalar tizimini turli asoslarda tasnif qilish turli natijalarni beradi. Masalan, undosh fonemalarni ovoz va shovqinning ishtirokiga kora jarangli va jarangsizlarga, hosil bolish orniga kora lab, til, bogiz undoshlariga tasniflash mumkin. Lisoniy tasnif tasniflanayotgan birliklarning ichki, zotiy belgilariga kora yoki muhim bolmagan zohiriy xossalariga asoslangan bolishi mumkin. Shu boisdan tabiiy yoki yordamchi tasniflar farqlanadi. Tabiiy tasnifda lisoniy birliklarning ichki, barqaror belgilariga tayaniladi. Biz yuqorida tabiiy tasnifga misollar keltirdik. Yordamchi tasnifda birliklarning ontologik bolmagan xossalarini bildiruvchi belgilariga tayaniladi. Masalan, «sozlarning bogin sonlariga kora» (tasnifi bir boginli, ikki boginli va kop boginli sozlar), «unlilarning tilning gorizontal holatiga kora tasnifi» va h. Download 488.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling