Til lison va nutq munosabati lisoniy paradigma va uning asosiy turlari Rеjа
Lisoniy munosabat va uning asosiy turlari
Download 488.5 Kb.
|
Lissoniy munosabatlar degan mavzu
Lisoniy munosabat va uning asosiy turlari. Munosabat keng qamrovli tushuncha bolib, bir butunlikning tarkibiy qismlari - birliklari orasidagi ozaro aloqa va boglanishlarni anglatadi. Bunday aloqalar turlicha bolishi mumkin. Quyidagi gapga diqqat qilaylik:
Ularning ismlari - Salim va Halim. Bundagi nutqiy birliklar turlicha munosabatlar bilan boglangan. Ular sozi ism sozi, -lar qoshimchasi bilan ketma-ket, zanjirsimon boglangan. Yoki ism sozi uchta tovushning ketma-ketligidan iborat. Bunday chiziqsimon, liniyaviy ketma-ketlik aloqasi, sintagmatik aloqa deyiladi. Sintagmatik aloqa lisonda ham, nutqda ham mavjud boladi. Masalan, [kitob] leksemasi beshta tovushning birikuvidan iborat nomemaga ega bolib, u lisoniy birlik sanaladi. Shuningdek, yasama soz ((suvchi), (ertapishar)), soz birikmasi (kitobni oqimoq) da ham birikuvchi azolar sintagmatik aloqada boladi. Sintagmatik aloqani sintaktik aloqadan farqlash lozim. Sintagmatik aloqa barcha til birliklariga xos ketma-ket boglanish bolsa, sintaktik aloqa soz va gaplarning hokim-tobelik munosabatidir. Demak, sintagmatik aloqa va sintaktik aloqani butunlay boshqa-boshqa hodisalar ham, shuningdek, ularni bir-biriga aynan tenglashtirish, bir-birini qoplovchi tushunchalar sifatida qarash ham mumkin emas. Sintagmatik va sintaktik aloqa butun-bolak munosabatidadir. Boshqacha aytganda, sintaktik aloqa sintagmatik aloqaning bir korinishidir. Kopincha sintagmatik aloqani nutqqagina xos deb tushunish hollari ham uchraydi. Bu hodisani biryoqlama, tor tushunish oqibatidir. Yuqoridagi gapda ishtirok etayotgan birliklar orasida pogonali munosabat ham mavjuddir. Pogonali munosabat deganda birliklarning boshqasi tomonidan qamrab olinishi tushuniladi. Masalan, Salim va Karim sozlari erkak kishilarning ismi bolib, ayollarning ismi bolgan Halima soziga qarama qarshi turadi. Lekin ularning barchasini [ism] lekse-masi qamrab oladi. [ism] leksemasi esa, [nom] leksemasi bilan birgalikda, [ot] leksemasi tomonidan qamrab olinadi. Bu pogona yuqoriga va quyiga qarab yana davom ettirilishi mumkin. Demak, [Salim], [ism], [ot] leksemalari pogonali munosabatga kirishgan. Lisoniy birliklarning pogonali munosabatlari ikki xildir. Masalan, [daraxt] va [tana], [ildiz], [barg], [shox] birliklarining ozaro munosabati [daraxt] va [olma], [orik], [nok], [gilos] leksemalarining ozaro munosabatlaridan farq qiladi. Avvalgi pogonali munosabatda [daraxt] butunni va qolganlari qismni ifodalab, keyingisida [daraxt] turni ifodalasa, mevaning muayyan nomlarini ifodalovchi birliklar turning korinishlari - jinslar sifatida namoyon boladi. Ikkinchi munosabatdagi birliklar [daraxt] leksemasining xususiy korinishlari - juziylashishidir. Birinchisida esa bunday munosabat mavjud emas. Shu boisdan «Gilos daraxtdir» tarzidagi hukmni aytish mantiqiydir. Biroq «Ildiz daraxtdir» deyish mumkin emas. Tilshunoslikda lisoniy birliklarning butun-bolak munosabati Download 488.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling