Til lison va nutq munosabati lisoniy paradigma va uning asosiy turlari Rеjа
Download 488.5 Kb.
|
Lissoniy munosabatlar degan mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qolip va hosila
Morfema va qoshimcha. Morfema leksemadan ajralgan xolda oz mohiyatini namoyon qila olmaydigan, shakl va denotativ bolmagan mazmunning birligidan iborat bolgan kichik lisoniy birlikdir. Qoshimcha esa ana shu psixofizik mohiyatning nutqda namoyon bolishidir. Morfema ham tashqi (moddiy) va ichki (mano, vazifa) jihatlar yaxlitligidan iborat. Atov mustaqilligiga, mustaqil sintaktik mavqega ega bolmagan bu birliklar ozida leksik va gramatik mohiyatlarni uygunlash-tirgan boladi:
a)yangi sozlar hosil qiladi; b)sozlarga qoshimcha leksik-semantik qiymat beradi. Har bir tilga xos birliklar boshqa tillarnikidan ozaro farqlanadi. Masalan, aloqasiz (amorf), yelimlovchi (agglyuti-nativ) va egiluvchan (flektiv) tillardagi leksemalar mohiyatan oziga xosdir. Qolip va hosila. Lisoniy birliklarning navbatdagi turi qurilma - qoliplardir. Qolip deganda yasama soz, soz birikmasi va gaplar hosil qilish sxemalari tushuniladi. Qoliplar ikki xil boladi: a) soz yasash qoliplari; b) sintaktik (soz birikmasi va gap) qoliplar. Qoliplar ham boshqa lisoniy birliklar kabi UMIS tabiatli boladi. Masalan, nutqimizdagi cheksiz yasama sozlar ((nonchi), (sutchi), (uzumchi), (nisholdachi) kabi) bitta bevosita kuzatishda berilmagan lisoniy birlik (masalan, [narsa/buyum oti+chi=shu narsa buyum bilan shugullanuvchi kishi] yani coz yasash qolipining nutqiy hosilalaridir. kitobni oqimoq nutqiy hosilasi boshqa oziga oxshash cheksiz soz birikmalari (qogozni yirtmoq, uyni sotmoq va h.k.) bilan birgalikda [ott.k.+ fel] = vositasiz toldiruvchili felli birikma] lisoniy sintaktik qolipidan chiqqan nutqiy hosilalardir. Shunday qilib fonema, morfema, leksema va qolip lisoniy birliklar bolib, tovush, qoshimcha, soz, soz birikmasi va gaplar nutqiy birliklar sanaladi. Ularning ozaro munosabati va oziga xos belgilariga doir fikrlarni jadvalda quyidagicha xulosalash mumkin: Download 488.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling