Til lison va nutq munosabati lisoniy paradigma va uning asosiy turlari Rеjа
Download 488,5 Kb.
|
Lissoniy munosabatlar degan mavzu
Til, lison va nutq munosabati. Yuqorida UMIS va YАHVOning tildagi tajallisi misolida lison va nutqning o‘zaro munosabati haqida kirish xarakterida so‘z yuritildi. Endi unga batafsil toxtalinadi.
Lison deyilganda malum bir jamiyatning barcha azolari uchun avvaldan (oldingi avlodlar tomonidan) tayyor holga keltirib qoyilgan, hamma uchun umumiy va majburiy, fikrni ifodalash va boshqa maqsadlar uchun xizmat qiladigan birliklar hamda bu birliklarning ozaro birikish qonuniyatlari yigindisi tushuniladi. Demak, lisonda birliklar va birikish qonuniyatlari farqlanadi. Har qanday lisoniy birlik psixofizik tabiatli boladi. Shu bilan birga ular ikki tomonning bir butunligidan iborat: a) lisoniy birlikning shakliy, tashqi tomoni; b) lisoniy birlikning malum bir vazifasi, manoviy qiymati. Lisoniy birliklar UMIS sifatida mavjud ekan, u moddiylikdan xoli bolmogi lozim. Bunda «lisoniy birlikning tashqi tomoni» korinishga, moddiylikka ishora qilmaydimi, degan savol tugilishi tabiiy. Togri, lisoniy birlik moddiy qiyofadan xoli. Biroq ular ongda qandaydir tarh, ramz sifatida saqlanadi. Masalan, [a] fonemasining talaffuz xususiyatlari xaqida umumlashma tasavvur ozbek tilida sozlashuvchi barcha jamiyat azolari ongida birdir. Bu [a] fonemasining shakli, tashqi tomoni bolsa, uning mano farqlash, chegaralash tomoni ichki jihati sanaladi. [a] fonemasi xususiyatlari va mano farqlashning oziga xos birligi, yaxlitligi sifatida ongda mavjud boladi. Har bir fonemaning mano farqlash va talaffuz xususiyatlari umumlashmasi oziga xos bolib, biriniki ikkinchisinikidan farqlanadi va mustaqil fonemaga qoyilgan talab ularning aynan oxshash bolishiga yol qoymaydi. Lisoniy birliklarining bu tashqi va ichki tomonini bir-biridan ajratish uchun ulardan birini mutlaqlashtirish mumkin emas. Ichki va tashqi tomon bir varaqning ikki betiga oxshaydi va ularni ajratib bolmaydi. Nutq esa yuqorida tariflangan lisoniy sozlashish qobiliyati asosida ayrim shaxs tomonidan malum bir xabar berish maqsadi uchun ishga solinish yoki qollanish natijasidir. Bir-birini shartlovchi, bir-biriga bogliq bolgan «lison - nutq qobilyati - nutq» zanjirida faqat nutqqina tashqi (moddiy) shaklda (ogzaki, yozma) namoyon boladi va bizning sezgi azolarimizga tasir qiladi. F.de Sossyur lison-nutq munosabatini shatranj oyini qoidalari asosida tushuntirib berishga harakat qilgan. Shaxmat donalari va har bir donaning yurish qoidasi ongimizdagi lisoniy birliklar va ularning birikish imkoniyatlariga, oyinchi bamisoli sozlovchi bolib, shaxmat oyinini bilishi esa sozlovchining nutq qobiliyatiga oxshaydi. Donalarning harakatlantirilishini nutqqa qiyoslash mumkin. Qiyoslang: shaxmat - oynash qobiliyati lison - nutq qobiliyati nutq Shaxmat donalari va ularning yurish imkoniyatlari oynovchilarning barchasi uchun umumiy bolganligi kabi lisondan foydalanish ham shu tilda sozlashuvchilar uchun tengdir. Lison va shatranj qurilmalari ozaro qiyoslanadigan bolsa, avvalo, ularning birliklari orasida umumiy oxshashliklar borligini takidlash lozim. Har ikkala qurilma ham birliklar sistemasi (tizimi) va bu birliklarning oziga xos vazifalari bilan ish koradi. Bunda malum qoida va qonunlarga tayaniladi. Har ikkala holatning ham ishtirokchilari insonlar bolib, ular har ikkala faoliyatda ham malum bir imkoniyatlarni ishga soluvchilardir. Shu boisdan shaxmat taxtasi, uning donalari, shaxmat oyinining tashqi, moddiy tomonini lisoniy birliklarning tashqi tomoniga, shaxmat oyini qoidalari - donalarining joylashuvi, harakat qoidalari, yani shatranj oyinining ichki tomoni xaqidagi tasavvurlarni lisoniy birliklarning mazmun mundarijasiga qiyoslash mumkin. Lison va nutq munosabatiga dialektik, dialektika kategoriyalari nuqtai nazaridan yondashilganida, u haqdagi tasavvur va bilimlarimiz tolaqonli boladi. Download 488,5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling