Til lison va nutq munosabati lisoniy paradigma va uning asosiy turlari Rеjа
Download 488.5 Kb.
|
Lissoniy munosabatlar degan mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lisoniy tasnif va uning turlari haqida tushuncha
Til lison va nutq munosabati. lisoniy paradigma va uning asosiy turlari Rеjа:
Lisoniy UMIS va YAHVO Til, lison va nutq munosabati Til sathlari va lisoniy birliklar Fonema va tovush Leksema va so‘z Morfema va qo‘shimcha Qolip va hosila Lisoniy paradigma Lisoniy munosabat va uning asosiy turlari Lisoniy ziddiyat va uning asosiy turlari Lisoniy tasnif va uning turlari haqida tushunchaLisoniy UMIS va YAHVO. UMIS (zot) va YАHVO (tajalli) butun dialektikaning, ya’ni butun borliq - tabiat, jamiyat va inson tafakkurining asosiy munosabat qonunlaridan biri bo‘lganligi sababli, u har bir fanda o‘ziga xos tarzda xususiylashadi. UMISning tildagi tajallisi lison, YАHVOniki esa nutq deb yuritiladi. Lison va nutqning majmui til deyiladi. Yuqorida aytilganidek, tilshunoslar uzoq zamonlar davomida tildagi o‘rganish manbaining UMIS va YАHVO yoki lisoniy va nutqiy jihatlari ixtilofi (dialektikasi) mohiyatiga yetolmay, boshi berk ko‘chada cheksiz xususiyliklar doirasida o‘ralashib qoldilar. Tilshunoslikda lisoniy va nutqiy jihatlarni farqlashga intilish ushbu fan bilan tengqurdir. Chunki har qanday fan cheksiz hodisalarni umumlashtirishni oz oldiga maqsad qilib qoyadi. Xususiy hodisalar zamiridagi umumiylikni korishga intilish bilishning har ikkala bosqichi (fahmiy va idrokiy) da ham mavjud. Shu boisdan aytish mumkinki, bilishning fahmiy bosqichi mutlaq xususiyliklar bilan oralashib qolmaganligi kabi, idrokiy bosqich ham mutlaq umumiylikni - UMISni tiklay olmaydi. Biroq har bosqich oz vazifalariga ega. Chunki har bir davr oz fani oldiga muayyan maqsad va aniq talablarni qoyadi. «Fanlarning taraqqiyoti shu davrning ilgor falsafiy fikri, davr uchun yetakchi bolgan fan sohalarining yutuqlari bilan uzviy bogliq. Turli fanlarning manbalari kop qirrali bolganligi sababli, davrning yetakchi falsafiy fikri aniq fanlardan organish manbaining qaysi tomonlariga alohida etibor berish lozimligini, borliqdagi mavjud qonuniyatlarni mantiqiy kategoriyalarda qay usulda aks ettirish yollarini belgilab beradi» (H.Nematov). Shu asosda aytish mumkinki, ozbek tilshunosligining birinchi bosqichi dialektika nuqtai nazaridan tildagi UMIS va YHVOni bir-biridan farqlamay tasnif etish bosqichidir. Tilshunoslikda lison va nutqni izchil farqlab organish avvalo tilshunoslar V. fon Humboldt, B.de Kurtene va F.de Sossyur nomi bilan bogliq. Lison va nutqning farqlanishi, tilga tizim sifatida yondashuv XX asr jahon tilshunosligida inqilobga teng hodisa sifatida baholanadi. Chunki bu hodisa tilshunoslikdagi mavjud qarashlarni tubdan ozgartirib yubordi. Tilga, xususan, ozbek tiliga sistema sifatida yondashuvning dastlabki yillarida lison ornida til atamasi qollanilib, u kop manolilik tabiatiga ega bolganligi sababli, ayrim chalkashliklarni keltirib chiqarar edi. Chunonchi, insonning nutq sozlash qobiliyati ham, nutqi ham ushbu atama bilan yuritilar edi. Atamalarga esa bir manolilik xos bolib, kop manolilik ilmiy aniqlikka putur yetkazadi. Shu boisdan nazariyotchi tilshunoslar UMISning tildagi voqelanishiga nisbatan lison atamasini qabul qildilar. Natijada til, lison, nutq munosabati quyidagicha tushunildi: Download 488.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling