Til lison va nutq munosabati lisoniy paradigma va uning asosiy turlari Rеjа
Download 488.5 Kb.
|
Lissoniy munosabatlar degan mavzu
Leksema va soz. Lisonning borliq hodisalarini nomlash, ifodalash, korsatish uchun xizmat qiluvchi birligi leksemadir. Lisoniy birlik sifatidagi leksema biri ikkinchisisiz mavjud bola olmaydigan ikkita psixofizik tomon - akustik struktura (tovush qobigi) yani nomema hamda malum bir tushuncha asosida vujudga kelgan mazmuniy struktura, yani sememaning birligidan iborat.
Lisoniy birlik sifatidagi leksemalarning tovush strukturasi fonetik birliklar korinishlar (variant) larining turlicha kombinatsiyalari asosida vujudga kelgan. Ozbek tilida mavjud leksemalarning barchasining shakliy tomoni tilimizda mavjud 30 ta fonema asosida, xolos. Shu boisdan tashqi fonetik strukturasi asosida leksemalarni kuchli va kuchsiz ziddiyatlarga qoyish mumkin. Kuchli oppozitsiyalar bittadan (u - olmosh, e - undosh), ikkitadan (ot - ish), uchtadan (bor - kel), torttadan (qunt-band) fonema variantining zidlanishi asosida hosil bolgan bolsa, kuchsiz ziddiyatlar, leksemalarning tarkibidagi ayrim fonema variantlari asosida boladi: besh-bosh, qur-qor kabi. Har bir leksema lisoniy birlik sifatida mazmun mundarijasiga ham ega. Leksemalarning mazmun rejasi denotatlar yoki referentlar deb ataladigan borliqdagi narsa, harakat, belgi, miqdor kabilarni bildiradigan tushunchalarni ifodalaydi. Masalan, borliqda yuz deb ataluvchi kishi burnining ikki tomonidagi peshonadan iyakkacha bolgan qismi mavjud. Shu asosda kishilar ongida yuz tushunchasi vujudga kelgan. Mazkur tushuncha asosida esa semema (leksema manosi) shakllanadi. Tushuncha bilan mano bitta narsa emas, ular farqli xususiyat-larga ega. Masalan, ingliz, rus, nemis tillarida sozlashuvchi kishilarning ongida aka va uka tushunchalari mavjud. Biroq bu tushunchalar brother (ingliz), brat (rus) va bruder (nemis) leksemalarida bitta mano (semema)da birlashgan. Yoki [yuz], [bet], [bashara], [chehra], [oraz] leksemalari bitta tushunchani ifodalaydi, lekin ularning manolari ozaro farqlanadi. Leksemalarning mazmun silsilasi bolgan sememani tashkil etuvchi uzvlar - semalardir. Nomema tovushlarning turlicha kombinatsiyalari asosida tashkil topganligi kabi, ana shu semalarning turlicha birikuvi va bazilarining orin almashinuvi asosida turli mazmundagi semema vujudga keladi. Masalan: [yuz] - «odamga xos», «boshning old qismi», «burunning ikki tomoni», «peshonadan iyakkacha», «burundan quloqqacha», «qollanilishi chegaralanmagan», «uslubiy betaraf», «turkiy qatlamga oid», «umumistemol». [jamol] - «odamga xos», «boshning old qismi», «burunning ikki tomoni», «peshonadan iyakkacha», «burundan quloqqacha», «qollanilishi chegaralangan», «badiiy uslubga xos», «arabiy qatlamga xos», Har ikkala leksema ham bir tushunchani ifodalaydi. Ularning mazmun rejasi - sememalarining semik tarkibi farqlanadi. Leksemalar sememalarining atash semalari denotatning ongdagi inikosi - tushunchani ifodalaydi. Har bir leksema sememasi oxshash va farqlovchi semalarga ega. Oxshash semalar ularni guruhlarga birlashtirish farqli semalar esa ajratish uchun xizmat qiladi. Leksemaning nutqiy qollanilishidagi varianti sozlar bolib, ular turlicha matniy qurshovlar asosida har xil xususiyatlar kasb etadi. Leksemalar tub yoki yasama bolishi mumkin. Masalan, [kitob], [savdogar], (nonchi) birliklarini olaylik. Qatordagi [kitob] va [savdogar] birliklari tayyorlik, umumiylik, ijtimoiylik xossalariga ega. Savdogar leksemasi yasama bolsa-da, tayyorlik belgisiga ega. Biroq tilimizda (nonchi) degan lisoniy birlik yoq. U nutq jarayonidagina hosil qilinishi mumkin va yuqoridagi birliklar ega bolgan xususiyatlardan xoli. [nonchi] birligining nutq jarayonigagina xosligi uning tayyorlik belgisiga ega emasligini korsatadi. Download 488.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling