Til lison va nutq munosabati lisoniy paradigma va uning asosiy turlari Rеjа
Til sathlari, nutqiy va lisoniy birliklar
Download 488.5 Kb.
|
Lissoniy munosabatlar degan mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fonema va tovush
Til sathlari, nutqiy va lisoniy birliklar. Lison va nutq munosabatiga dialektikaning umumiylik va yakkalik, mohiyat va hodisa, imkoniyat va voqelik, sabab va oqibat munosabati asosida yondashilsa, masala yanada ravshanlashadi:
Lison bilan nutqning ozaro munosabatini yaxshi anglamoq uchun, avvalo, lisonning ozini, uning qanday qurilma ekanligini aniq tasavvur etmoq lozim boladi. Lison bolinuvchan birliklarning majmui yoki turgun xususiy birliklarning ozaro barqaror, doimiy boglanish munosabati asosida tashkil topgan yangi bir butunlikdir. Masalan, gap sozlar va qoshimchalarga, ular esa tovushlarga bolinadi. Shu nuqtai nazardan lisoniy birliklarni avvalo, ikki guruhga ajratish mumkin: a) tashkil etuvchi eng kichik lisoniy birliklar; b) hosila lisoniy birliklar. Ozbek tilidagi fonemalar malum bir butunlikni, bir sath (fonologik sathni) ni tashkil etadi. Bu sath esa unlilar va undoshlar tizimlaridan tashkil topadi. Deylik, unlilar tizimi yana ikkig - lablanmagan unlilar ([i]-[e]-[a]) va lablangan unlilar ([u]-[u]-[o]) tizimchalaridan tashkil topgan. Korinadiki, tashkil etuvchining ozi ham tashkil etuvchilardan tashkil topadi. Demak, tashkil etuvchilik nisbiy tushunchadir. Bunda minimal tashkil etuvchigina boshqa bolaklarga bolinmasligi mumkin. Minimal tashkil etuvchi nafaqat birliklarni, shu bilan birgalikda, birliklarning ozaro munosabatlarini ham oz ichiga oladi. Shuni takidlash lozimki, eng kichik (minimal) tashkil etuvchilar bolgan fonemalar yana ichki va tashqi jihatlarga ajraladi. Aytilganlar asosida, lison, nutq birliklari sifatida quyidagilarni ajratamiz va lison va nutq birliklari ham lison va nutq kabi UMIS va YHVO munosabatida boladi: Fonema va tovush. Eng kichik lisoniy birlik fonemalardir. Fonema muayyan til egalarining malum tovushlar tipi haqidagi umumiy tasavvurlaridir. Har bir fonema sozlovchilar ongida oz tipini farqlovchi belgilari majmui asosida vujudga kelgan maxsus «akustik-artikulyatsion portret» yoki «tovushlar obrazi» sifatida saqlanadi. Muayyan fonemaning farqlovchi belgilari uning artikulyatsion va akustik xususiyatlari asosida shakllanadi. Artikulyatsion belgilar muayyan tovushlarni talaffuz qilish uchun nutq azolarining bir xildagi harakatga moslashgan avtomatik, standart holatlari haqidagi tasavvur bolsa, akustik belgilar sifatida bir turdagi tovushlarga xos talaffuz sifati va miqdori tushuniladi. Malumki, inson narsalarni ularning umumlashtiruvchi va farqlovchi belgilari asosida esda saqlaydi. Esda saqlanishi lozim bolgan narsa miqdor jihatdan kop bolsa, eslab qolishning asosiy yoli tasniflash, yani guruhlarga ajratishdir. Tasnif esa oxshash va nooxshash, umumiy va farqlovchi belgilarini aniqlash asosida kechadi. Bu tamoyil barcha lisoniy birliklar, xususan, fonemalar tasnifida ham tola amal qiladi. Hozirgi ozbek adabiy tilida 30 ta fonema sozlovchi ongida, avvalo ikki guruh - unlilar va undoshlarga bolingan holda mavjud boladi. Bu guruhlar tovushlar talaffuzidagi ovoz va shovqinning ishtiroki darajasiga qarab belgilanadi. Bolinish shu tarzda alohida fonemagacha davom etib boradi. Unlilar ham, undoshlar ham qarama-qarshi belgilari asosida kichik guruhchalarga bolinib boraveradi. Masalan, ozbek tilidagi 6 ta unli bir tizim bolib, ular shovqinsizligi bilan undoshlardan ajraladi. Biroq bu tizimchaning ozi ham unsurlarning qarama-qarshi belgilari asosida bolinadi. Unlilarning qarama-qarshi qoyilishi quyidagicha: i u - e o - a o Fonemalarning mano farqlash xossasi mavjud bolib, bir fonemaning turli korinishlari bolgan tovushlarda bu hodisa kuzatilmaydi. Bir fonemaning nutqiy varianti bolmish tovush boshqa fonemaning varianti bolgan tovush bilan almash-tirilsa, soz manosi yangilanadi, yani boshqa sozga aylanadi. Qiyoslang: [qora] va [qara], [ota] va [ata], [ona] va [ana]. Shu boisdan ham fonemaga tilning mano farqlovchi eng kichik birligi deb tarif beriladi. Bir fonemaning turli variantlari mano farqlamaydi. Masalan, til oldi va til orqa (o) unlilari quyidagi sozlarda mano farqlamagan: ol-ol. Download 488.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling