Til millatning ko‘zgusi


Download 331.19 Kb.
bet2/4
Sana15.06.2023
Hajmi331.19 Kb.
#1486522
1   2   3   4
Bog'liq
5-sinf bo`yicha kerakli mashqlar

6. Televideniye va radioeshittirishlari davlat tilida, shuningdek, boshqa tillarda olib boriladi. ____________
7. Jaloliddin qorachadan kelgan, o‘rta bo‘yli, nutqi turkiy bo‘lsa- da, forsiy tilda ham so‘zlar edi. Shijoatli, sherlar ichra sher edi. U adolatni sevardi. Jaloliddin o‘ta qat’iyatli, nihoyatda irodali, murakkab vaziyatlarda, taqdirning qaltis sinovlarida o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydigan, favqulodda mard va botir sarkarda edi.
______________________
8. Aql yomonlikka qaratilsa, inson razil, makkor, aldamchi bo‘lib qoladi. __________________
9.Aql tarozisida tortib ko‘rilmagan har qanday bilim asos- sizdir. ___________________
10. Tabiat kimga aql-idrok, bilim bersa, u ezgu ishlar qilishga qo‘l uradi. _______________
11. Insonning eng sharafli va buyuk darajasi uning aqlidir.
(Abdurauf Fitrat)
12. Artish – _____ Archish – ______________ Ato – __________ Ota – __________
Shoh – __________ Shox – _______ Bog‘ – ___________ Boq – _________
13. 50-mashq. Boshqotirmani yeching. Katakchalar ichiga beshta harf- dan iborat so‘z joylashgan. So‘zning to‘liq shakli – oldi-sotdi bo‘ladi- gan joy, degan ma’noni anglatadi. Boshidan birinchi harf olib tash- lansa, yurak yaralangani holati, 2 ta harf olinsa, qattiq sog‘inch, 3 ta harf olib tashlansa, nomus, uyat ma’nolarini bildiradi. Bu qaysi so‘z?

















14. 54-mashq. Birinchi va uchinchi tovushi p bo‘lgan so‘zlardan iborat boshqotirmani toping.


  1. P




    p



















    P




    p













    P




    p
















    P




    p






    Avaylamoq so‘ziga 1.

ma’nodosh so‘z. 2.

  1. Do‘q urish. 3.

  2. Qush nomi. 4.

  3. Namangan viloyatidagi tuman.

15. 56-mashq. K tovushi bilan boshlanib, k tovushida tugaydigan so‘zlar asosida tuzilgan boshqotirmani yeching.

    1. Zarur, darkor.

    2. Teshik, o‘yiq joy.

    3. Yovvoyi hayvon.

    4. Tanlov, musobaqa.














16. Baxt


Baxt shunday narsaki, borligida uni kishi sezmaydi, yo‘qligida orzu qiladi. Baxtli odam “Men baxtliman” deb olamga jar solmaydi. In- son hech qachon baxtga to‘ymagan, “baxtli- man” degan emas.
Aslida, hayotda birorta maqsad bilan ya- shashning o‘zi – baxt. Maqsadsiz yashash shunday ko‘rgilikki, u hech kimning boshi-
ga tushmasin! Kishida maqsad bo‘lsa, unga erishish yo‘lida kurashish, mashaqqat chekish, ta’na-dashnomlar eshitib, ku- yib-yonib yurish ham baxt.
Men kinochi bo‘lsam, “Baxtiyorlik lahzasi” degan film yarat- gan bo‘lar edim. Bu film baxt lahzalari majmuasidan iborat bo‘lar edi. Unda marraga yetgan sportchining g‘alabadan charaqla- gan ko‘zlarini, yerga qo‘ngan kosmonavtning kulgisini, she’r yozib tugatgan shoir quvonchini, chet eldan qaytayotgan sayo- hatchining mamlakatimiz chegarasini kesib o‘tgandagi his- hayajonini, uzoq judolikdan so‘ng bolasiga yetishib quchoq- lagan onaning sevinch yoshlarini, o‘z mehnat samarasini ko‘rib mamnun bo‘lgan kishi sevinchini… suratga tushirgan bo‘lar- dim. (Erkin Vohidov)


Testni yeching.

    1. Baxt shunday narsaki, borligida kishi uni … , yo‘qligida … . Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zlarni qo‘ying.

      1. sezmaydi, orzu qiladi; c) yo‘qotadi, topadi;

      2. qadrlamaydi, xohlaydi; d) sevmaydi, orzu qiladi.

    2. Ijodkorning fikricha, baxt nima?

      1. kuyib-yonib yurish;

      2. mashaqqat chekish;

      3. biror maqsad bilan yashash;

      4. boy-badavlat bo‘lish.

    3. Baxtiyorlik lahzasi” filmida qanday tasvir yo‘q?

      1. she’r yozib tugatgan shoir quvonchi;

      2. yerga qo‘ngan kosmonavtning kulgisi;

      3. lotereyada avtomashina yutib olgan inson shodligi;

      4. uzoq judolikdan so‘ng bolasini quchoqlagan onaning ko‘z yoshi.

17. 79-mashq. Qo‘shimcha qo‘shilishi bilan yozuvda aks etadigan to- vush o‘zgarishlari sodir bo‘lgan so‘zlarni jadvalga joylang.
Parvoyim, shundan, seniki, meni, ko‘ngli, sanoq, ishlov, mavqeyi, shahrimiz, varag‘i, pasaymoq, obro‘yim, o‘quvchi, qishlog‘ingiz.



Tovush ortishi

Tovush tushishi

Tovush almashishi

parvoyim

meni

ishlov











































































18. Ulkan portlash


Tasavvur qila olasizmi, butun koinot igna uchidan ham kich- kina narsaning portlashidan vujudga kelgan. Bu narsa shu qadar kichkina boʻlganki, hatto mikroskop bilan ham uni topa olmagan boʻlar edingiz. Lekin qanday qilib undan butun koinot yaraldi? Shu mitti zarradan sayyoralar, yulduzlar va galaktika- lar qanday oʻsib chiqdi? Bu savollar haligacha jumboq boʻlib qolmoqda. Olimlar faqat shu narsaning 13,8 milliard yil oldin portlagani va soniya oʻtar-oʻtmas katta bir borliqning paydo boʻlganini aniqlashgan, xolos. Bu hodisa fanda “Ulkan portlash” deb ataladi. Oʻsha portlashdan soʻng koinot quyuq chang va gazlar bilan to‘lgan. Undagi mayda zarralar bir-biriga qoʻshilib, ulkan yulduzlarni hosil qilgan. Sayyoralar paydo bo‘lgan. Hozir ham galaktikamizning qaysidir burchaklarida mayda zarralar birlashib, yulduzlar yaralmoqda. Koinot esa kun sayin yanada
kengaymoqda, yaʼni “Ulkan portlash” hali tugagan emas. Biz
esa shu portlashning ichida hayot kechiryapmiz.
81-mashq. Matn asosida tuzilgan test topshiriqlarini yeching.

  1. “Ulkan portlash”dan keyin koinot nimalar bilan to‘lgan?

    1. mayda zarralar va suv tomchilari bilan;

    2. quyuq chang va gazlar bilan;

    3. qum zarralari va kislorod bilan;

    4. chang va tomchilar bilan.

  2. “Ulkan portlash” haqidagi noto‘g‘ri hukmni toping.

    1. 13,8 milliard yil avval sodir bo‘lgan;

    2. biz shu portlashning ichida hayot kechiryapmiz;

    3. “Ulkan portlash” hali tugagan emas;

    4. u faqatgina bir marta sodir bo‘lgan.

19. 82-mashq. Matndagi tovush o‘zgarishi kuzatiladigan so‘zlarni lug‘aviy ma’nolari bilan juftlab yozing.


koinot

3-shaxs shaklidagi kishi yoki narsaga ishora

milliard

zarrabin, kattalashtirib ko‘rsatuvchi asbob

undan

nomlanmoq

atalmoq

mingta million

mikroskop

butun borliq, galaktika

20. 86-mashq. Maqollar mazmuniga diqqat qilib, daftaringizga ko‘chi- ring. Tovush tushishi hodisasiga uchragan so‘zlarning tagiga chizing.

    1. Yig‘lab-yig‘lab marza (ariq sirti, pushta, egat) olsang, O‘ynab-o‘ynab sug‘orasan.

    2. Ishlaganning og‘zi oshga tegar, Ishlamaganning boshi – toshga.

    3. Tuyaga yantoq kerak bo‘lsa, bo‘ynini cho‘zar.

    4. Berarman (beruvchi)ga beshov ko‘p, olarman (oluvchi)ga oltov oz.




21. Qutb yulduzi


Qadimda dengizchilar yoki sahrodagi karvonlar yulduzlar- ning joylashishiga qarab yo‘lni aniqlashgan. Yulduzlarni o‘rga- nib, ularning xaritasini chizib beradigan kishilarni esa munajjim deb atashgan.
Bilasizmi, yulduzlarning ham “yulduzi”, ya’ni mashhurlari bo‘ladi. Qutb yulduzi ana shundaylardan biri. Chunki u o‘tgan davrlar mobaynida ko‘plab adashganlarga yo‘l ko‘rsatib, o‘z manzillariga eson-omon yetib olishlarida ko‘makchi bo‘lgan.
Qutb yulduzi osmondagi eng yorqin yulduzlardan biri bo‘lga- ni uchun uni topib olish qiyin emas. Olimlarning aytishicha, kunlar, oylar, ba’zan yillar o‘tishi bilan yulduzlarning samodagi o‘rni o‘zgarib turar ekan. Faqatgina Qutb yulduzi o‘z joyidan hech qachon jilmaydi, doim osmonning shimoliy qismida ya- raqlab turadi. Shunday o‘ziga xos xususiyati tufayli sayyohlar Qutb yulduziga qarab shimol, janub, sharq va g‘arbni aniqlay olishgan.
Qutb yulduzi Katta ayiq yulduzi turkumiga kiradi. U Quyosh- dan 120 marta katta bo‘lib, o‘n ming marta kuchliroq nur tara- tadi. Odamlarga yo‘l ko‘rsatib turgani uchun “Yo‘lchi yulduz” deb ham atashgan. Juda olisda bo‘lgani bois ushbu yulduz nurlari Yergacha 472 yilda yetib keladi.
(“Jajji akademik” jurnalidan)
98-mashq. Matn asosida test topshiriqlarini yeching.

  1. Yulduzlarni o‘rganib, uning xaritasini chizib beruvchilarni qadimda qanday atashgan?

    1. munaqqid; b) mudarris;

c) folbin; d) munajjim.

  1. Qutb yulduzining qaysi xususiyati tufayli sayyohlar dunyoning 4 tomonini aniqlay olishgan?

    1. eng yorqin yulduz bo‘lgani uchun;

    2. odamlarga yo‘l ko‘rsatib turgani uchun;

    3. juda olisda bo‘lgani uchun;

    4. joyi o‘zgarmay, osmonning shimolida turgani uchun.

  2. Qutb yulduzi yulduzlarning “yulduz”i hisoblanadi, chunki u ...

    1. adashganlarga yo‘l ko‘rsatadi;

    2. eng yorqin va go‘zal yulduz hisoblanadi;

22. Quyida berilgan so‘zlardagi fonetik o‘zgarish hosil qilayot- gan tovushlarni topsangiz, “Munshaot ” nomli xatlardan iborat asar yoz- gan ijodkorning taxallusi kelib chiqadi.


1. Mening so‘zidagi tushgan tovush. 2. Shahri so‘zidagi tushgan tovush. 3. O‘quv so‘zida asosdagi i tovushini u tovushiga aylan- tirayotgan qo‘shimcha. 4. Sana so‘zidagi almashayotgan tovush.

  1. Singlim so‘zidagi tushgan tovush. 6. Deyiladi so‘zidagi ortgan tovush.

Download 331.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling