Til oilalari. Hind yevropa tillari oilasi. Roman tillari


Hind yevropa tillari oilasi


Download 32.51 Kb.
bet2/2
Sana24.12.2022
Hajmi32.51 Kb.
#1054684
1   2
Bog'liq
Til oilalari. Hind yevropa tillari oilasi. Roman tillari (2)

Hind yevropa tillari oilasi

Ingliz, fransuz, rus, fors va hatto ko’hna yunon tillari hind-yevropa tillari oilasiga kiradi. Jahon tillari orasidagi eng katta oila. G’arbda Islandiyadan sharqda Shri-Lankagacha – dunyoda millionlab odamlar aynan shu tillarda so’zlashadi.

Bu tillarning asosi Yevropada paydo bo’lgan, deydi olimlar. Qay qismida degan savol yuzasidan fikr va taxminlar ko’p.

Bittasiga ko’ra, Kaspiy dengizi shimolida joylashgan dashtliklardagi yarim-ko’chmanchi qabilalar bundan 6000 yil oldin unda gaplashgan.

Yana bir taxminga ko’ra esa hind-yevropa tillari o’chog’i hozirgi Turkiya hududida bundan 8000-9500 yil avval vujudga kelgan. Qishloq xo’jaligi uning tarqalishida asosiy rol o’ynagan.

Yangi Zelandiyaning Oklend Universiteti professori, ruhshunos Kventin Etkinsonning “”Science” (Ilm-fan) jurnalida yozishicha, ikkinchi taxmin to’g’riroq. U hamkasblari bilan tillar kelib chiqishini o’rgandi. Biologlar evolyutsiyani qanday o’rgangan bo’lsa, bu tilshunos-olimlar tillarni xuddi shunday, rivojlanish nuqtai-nazaridan tahlil qilib chiqdi.

“Ular viruslar qaysi oilaga mansub ekanini aniqlayotganda DNK, genlar majmuasidan foydalanadi. Biz ham shunday uslubni qo’lladik, biroq virus emas, tillarni o’rgandik. Biologlardan farqli ravishda DNKni emas, turli tillardagi umumiy so’zlarni aniqlashga harakat qildik,” - deydi Etkinson.

Olimlar 103 ta, shu jumladan 20 ta yo’qolib ketgan tildagi 200 ta so’zni o’rgandi. Ular orasidagi umumiy jihatlar va farqlar tillararo rishtalardan darak beradi, deydi Etkinson.

“Masalan, ingliz va nemis tillarida “suv” so’zi bir-biriga o’xshash – “water”, “wasser” yoki, aytaylik, daniya tilida “water” bo’ladi. Roman tillarida esa bu so’zlar umuman boshqacha – ispanchasiga “agua”, italyanchasiga “acqua”.

Ayrim so’zlar bir-biriga yaqinroq, boshqalari esa unchalik emas. Lekin, deydi olim, hammasi bir oila – hind-yevropa tillariga kiradi.

“Bu tillar joylashuvi bizga ayon. Katta bir daraxtning yaproqlariga o’xshab, hammasi bir-biriga bog’liq. Xuddi daraxt shoxlarini o’rgangandek, tillarni ham sinchiklab, kelib chiqishini tushunishga harakat qildik”.

Hind-yevropa tillari oilasiga Yevropa, Eron platosi va Janubiy Osiyodagi 700 ta til kiradi.
EMBED SHARE
“Arxeologik topilmalar ham tillar tarqalishi jarayonini ko’rsatgan. Fikrimizcha, qishloq xo’jaligi bilan shug’ullangan xalqlar ovchilardan farqli ravishda tezroq ko’paygan va tarqalgan. Bir avloddan keyin boshqasi qo’shni hududlarga ko’char ekan, til ham tarqalgan”.

Til asosiy aloqa vositasi ekan, o’zgarishga moyil. Bugun biz gaplashadigan tillar, deydi olimlar, insoniyat singari juda murakkab, og’ir madaniy-ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni bosib o’tgan.

Til har doim ham qadrlanmagan. Uning o’ziga xos jihatlarini, ayniqsa tarixini o’rganish bilan tilni mustahkamlash, asrab-avaylash mumkin.
Roman tillari
Roman tillari - hindevropa tillari oilasiga mansub qardosh tillar guruhi; ularning barchasi lotin tilidan kelib chiqqanligi, umumiy rivojlanish qonuniyatlari va til qurilishidagi koplab umumiy unsurlar bilan ozaro boglanadi. "Roman" termini dastlab, ilk orta asrlarda, klassik lotin tilidan hamda german lahjalaridan farq qiluvchi xalq tilini ifodalagan; Ispaniya va Italiyada Roman tillari "yangi lotin tillari" deb ham atalgan. Roman tillari 60 dan ortiq mamlakatda milliy yoki rasmiy til sifatida qollanadi: ularda 600 mln.dan ortiq kishi sozlashadi. 
Tilshunoslikda Roman tillarining soni haqida yagona fikr yoq. Hozirgi tegishli ishlarda ular kopincha 12 ta deb korsatiladi: ispan, galisiya, portugal, katalan, oksitan provansal, fransuz, italyan, sard, retoroman, rumin, moldavan va 19-asrdan ulik hisoblanadigan dalmat tillari. Roman tillarining bir tekis rivojlanmaganligi ham ularni chegaralash, aniq sonini belgilashni qiyinlashtiradi. 
Roman tillarining tarqalish hududi 3 ga ajratiladi: 1) "Eski Romaniya" - Yevropaning Rim imperiyasi tarkibiga kirgan va romancha nutqni saqlab qolgan qismi, Roman tillarining shakllanish markazi ; 2) "Yangi Romaniya" - 16 - 18-asrlarda mustamlakachilik harakatlari natijasida Yevropadan tashqarida Roman tillarida sozlashuvchi aholi paydo bolgan hududlar ; 3) mustamlakachilik siyosati natijasida Roman tillari mahalliy tillar bilan birga rasmiy tilga aylangan mamlakatlar Afrikaning kattagina qismi, Jan. Osiyo va Okeaniyadagi uncha katta bolmagan hududlar. 
Roman tillari Rim imperiyasi tarkibiga kirgan hududlardagi xalqona lotin tilining davomi va tadrijiy rivoji hisoblanadi. Roman tillari rivojida 4 bosqich farqdanadi: 1) mil. av. 3-asr mil. 5-asr - romanlashuv davri - mahalliy tillarning xalqona lotin tili bilan almashinishi. Bolajak Roman tillari ortasidagi tafovutlar shu davrdayoq namoyon bola boshlaydi; 2) 5 - 9-asrlar - Roman tillarining Rim imperiyasi parchalanishi va varvar davlatlarining tashkil topishi sharoitidagi shakllanish davri. Roman tillariga superstrat unsurlar ning kuchli tasiri bilan ajralib turadi. Roman tillarining lotin tilidan va bir-biridan aniq farqli jihatlari kuchaya boradi; 3) 10 - 16-asrlar - Roman tillarida yozuvning rivojlanishi, ijtimoiy vazifalarining kengayish davri. Dastlabki matnlar fransuz tilida 9-asrda, italyan va ispan tillarida 10-asrda, provansal, katalan, sard tillarida 11-asrda, portugal va galisi tillarida 12-asrda, retoroman tilida 14-asrda, rumin tilida 16-asrda paydo boladi. Lahjalardan yuqori turuvchi adabiy tillar shakllanadi; 4) 16 - 19-asrlar - milliy tillarning shakllanishi, meyorlashuvi, boyib borishi davri. Roman tillari rivojlanishi notekis bolgan: bazi tillar ancha erta milliy tilga aylanib, hatto keyinroq xalqaro til vazifasini ham bajargan bolsa fransuz va ispan tillari, bazilari Orta asrlarda muhim ahamiyatga ega bolib, keyinroq oz mavqelarini yoqotgan va 19 - 20-asrlarda qaytadan adabiy til maqomiga ega bolmoqda provansal, katalan va boshqa tillar. Yevropadan tashqaridagi boshqa hududlarda Roman tillarining mahalliy variantlari paydo boldi. 
Roman tillari lotin alifbosidan foydalanadi. Bolqonroman tillarida yozuv kirillitsa asosida shakllangan. 1860 yildan keyin rumin tili, 1989 yildan moldavan tili lotin alifbosiga otgan. Lotin tilida bolmagan tovushlarni ifodalash uchun turli xil harf birikmalari, diakritik belgilar joriy etilgan. 
Abduvahob Madvaliyev, Isroil Polatov.
Reto - roman tillari - roman tillarining Shveysariya hamda Shim. Italiyada tarqalgan nisbatan qad. guruhchasi. Ushbu termin Qad. Rim viloyati Raetia - Retiyasaqlanib qolgan. Rim imperiyasi qulagach, lotin tili ham barham topdi. Uning o rnida roman tillari paydo bo lgan. O zME. Birinchi jild. Dunyo tillari yoki jahon tillari - Yer sharida yashovchi yoki avval yashagan xalqlarning tillari Ularning umumiy soni 2500 - dan 5000 gacha. Ko’p tarqagan aromun va 19 - asrdan o’lik hisoblanadigan dalmatin tillaridan iborat. Roman tillari asosida esperanto kabi xalqaro sun’iy tillar paydo bo’lgan .


Download 32.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling