Til siyosati


Sayohat Savol 7/8 O'ng tomonda joylashgan "Nabolelo


Download 1.28 Mb.
bet14/14
Sana24.12.2022
Hajmi1.28 Mb.
#1061752
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
2. Til siyosati TAYYOR

Sayohat
Savol 7/8

O'ng tomonda joylashgan "Nabolelo" maqolasini o'qing. Savolga javob berish uchun tegishli javobni belgilang.


Post matnida iztehzoli o‘rinlar mavjud? Muallif kim yoki nima to‘g‘risida istehzoli fikr bildirmoqda?


Bitta to‘g‘ri javobni belgilang.


Uyushtirilgan sayohatlarni tashkillashtiruvchi kompaniya to‘g‘risida.


Birinchi marta mustaqil holatda sayohatga otlangan turistlar to‘g‘risida.
O‘zini qahramon deb hisoblaydigan turistlar to‘g‘risida.
Instruktorlarning muammolari to‘g‘risida.



POST

KOMMENTARIYA



NABOLELO

Meni doim “Nima uchun menga tijorat bilan bog‘liq sayohatlar yoqmaydi?” degan savol qiynab keladi. Mening o‘ylashimcha, bunday tashkilotlar soxtalikni va insonning o‘z xavfsizligiga bo‘lgan mas’uliyatsizligini targ‘ib qiladi.


Bunday sayohatga otlangan inson mustaqil ravishda hech qanday qarorni qabul qilolmaydi va hech nimaga javobgarlikni bo‘yniga olmaydi. U kim bilan borishi(muammo psixologik hamjihatlikni tashkillashtirish, bu tashkilotchi va instruktorlar uchun ortiqcha bosh og‘rig‘i)ni tanlay olmaydi. Qayerga va qanday borishni tanlash imkoniyati yo‘q. Taomlanish va tunab qolish uchun joy masalasi haqida o‘ylamaydi (maksimal holatda ikki kilo grechka sotib olishni va uni sayohat ryugzagiga solib olish haqida topshiriq beriladi). O‘zlarining sayohatlar bilan bog‘liq bo‘lgan hayotiy ko‘nikmalarini boshqalarga namoyish etish, bilimlari, imkoniyatlarini ishga solish haqida ortiqcha o‘ylash talab etilmaydi. Bu ham instruktorlar uchun ortiqcha tashvish, bosh og‘rig‘i.
Shu bilan birga, sayohat va undan olgan taassurotlari odamga o‘zidan soxta qahramon qiyofasini yaratish imkonini beradi. Masalan, oyog‘i bilan boradi, qo‘li bilan nimalarnidir qaziydi va oxir-oqibatda turli falokatlardan ”omon qolgan” inson qiyofasiga kiradi. Shuningdek, hamma ham butun bir haftani dush qabul qilmasdan va planshetsiz o‘tkaza olmaydi. Faktlarga ko‘ra bunday sayohatlar natijasida odam bu jarayon bilan bog‘liq hech narsani bilmay qolaveradi (birinchi navbatda mustaqil holatda o‘ylashni, o‘z xatti-harakatlari va so‘zlari uchun javobgarlikni his qilishni, qolgani muhim emas), chunki u maksimal darajada yana ortga qayta olishiga ishonadi. Tabiiyki, u hayratda – u eng zo‘r, u qahramon! Natijada 99,9% odamlar “haqiqiy qahramon bo‘lish” bilan “o‘ziga qahramon bo‘lish imkoniyati berilganligi”ni ajrata olmay qolishadi. Ikkinchisini tushunish mumkin va bu his-tuyg‘ular bolalar uchun berilishi mumkin (kelajakda oldinga qarab intilish uchun mustahkam asos va avans sifatida), katta odamlarda esa bu tuyg‘u infantilizmni va mas’uliyatsizlikni paydo qiladi.
Insonlarning bunday tashkilotlar tomonidan uyushtirilgan sayohatlarga borishni davom ettirishi bu yaxshi, abatta. Ammo buning yomon tomoni shunday infantillarning bir nechtasi endi mustaqil ravishda katta suv havzalariga suzishga boradi va shunda eng achinarlisi boshlanadi: oyog‘idan jiddiy jarohatlangan va qishki Xibinada yolg‘iz qoldirilgan qiz (ha, nima bo‘libdi, axir bunga uning o‘zi rozi bo‘lgan-ku, faqat guruhga halaqit qilmasa bo‘ldi, qanday qilib bo‘lsa-da bazaga yetib boradi ... agar...). Bir guruhning ikki qayig‘i bir-biridan ikki kilometr uzoqlikda joylashgan, birida palatka bor, lekin chovgum ikkinchisida qolib ketgan (nima uchun ular eshkaklarni bunchalik sekin eshishmoqda).
Bunday shakldagi sayohatni kimlar uchundir boshqa chora yo‘q paytda qo‘llash foydali ekanligini inkor eta olmayman. Shunchaki, aynan mana shunday jihatlarni inobatga olgan holda men tashkilotlar tomonidan uyushtirilgan sayohatlarga bormayman va haliyam juda ko‘p o‘ylayman: sayohatga bu borada tajribasi bor odam bilan borish kerakmi o‘zi yoki yo‘q?

Rasm manbasi:


https://www.canva.com/photos/MADCyFpmJjY-view-from-the-tent-in-the-mountains/

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling