Topshiriq: TIL SIYOSATI
Sinf: 9
Mazmun sohasi: Men, sen, u va ular (I chorak)
Matn asosida 5 ta savol va topshiriq mavjud.
TIL SIYOSATI
Armaz mamlakatining aksariyat aholisi rasmiy tilda, ya’ni ursk tilida gaplashishadi. Ursk tilida so‘zlashuvchi bir guruh qonunchilik vakillari davlatga qarashli boshlang‘ich va o‘rta maktablarda ta’lim jarayoni faqat ursk tilida olib borilishi kerak degan taklifni kiritishmoqda. Chet tili darslari bundan mustasno. Armazning yutan tilida gaplashadigan ozchilik aholisi esa ushbu taklifning ma’qullanishidan xavotirda.
MATN YUZASIDAN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Yutan tilida gaplashuvchi aholi boshqa mamlakatlardagi rasmiy tilda ta’lim olish jarayoni bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan tanishishdi. Quyidagi jadvalda ular tomonidan aniqlangan ba’zi ma’lumotlar keltirilgan.
Ushbu xulosalarning qaysilari faqat bitta rasmiy - ursk tilida ta’limni olib borish siyosatini qo‘llab-quvvatlaydi? “Ha” yoki “Yo‘q” javoblaridan birini tanglang.
Ushbu xulosalarning qaysilari faqat bitta rasmiy - ursk tilida ta’limni olib borish siyosatini qo‘llab-quvvatlaydi?
|
Ha
|
Yo‘q
|
Ikki yoki undan ortiq tilda o‘qitiladigan o‘quvchilar faqat bitta tilda o‘qigan o‘quvchilarga qaraganda yaxshiroq natijalarga erishadilar.
|
|
|
Mamlakatning davlat tilini yaxshi o‘zlashtirmagan o‘quvchilarda maktabni muvaffaqiyatli tamomlash ehtimoli kamroq bo‘ladi.
|
|
|
Davlat tilini puxta egallagan o‘quvchilarning jamiyatda munosib o‘rin egallashi, yaxshi ish topish imkoniyatlari ko‘proq bo‘ladi.
|
|
|
O‘quvchilarni ko‘p tillarni o‘rganishga undash jamiyatdagi xilma-xillikni saqlashga yordam beradi.
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |