Til siyosati
Turizmning yangi to‘lqini
Download 1.28 Mb.
|
2. Til siyosati TAYYOR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sayohat Savol 2/8 Ong tomonda joylashgan "Nabolelo
Turizmning yangi to‘lqini
Rossiyada doimiy ravishda piyodalar turizmi ommalashib kelgan. Mamlakat tashqarisiga chiqish va piyoda sayohat qilishdan “qulayroq” dam olish imkoniyati paydo bo‘lganda esa piyoda sayohat qilish ikkinchi darajaga tushib qolgan edi. Bugungi kunga kelib sayohatning bunday shakliga qiziqish yana qaytmoqda. Lekin bu endilikda shunchaki do‘stlar bilan lagerlar bo‘ylab sayohat emas. Elbursni zabt etishga otlanish yoki yerning eng chekka hududi bo‘lgan Kamchatkaga borish mumkin. ”Biz ajoyib mamlakatda yashayapmiz, ammo uni yetarli darajada yaxshi bilmaymiz, - deydi Aleksandr - turizmning yangi shakli bilan shug‘ullanuvchi ”KompasRu” kompaniyasining asoschilaridan biri. – Deyarli ko‘pchilik yer sharining yarmini aylanib chiqib, faqat endigina o‘zining ona tuprog‘iga birinchi marotaba sayohat qilishni rejalashtirmoqda. Biz bunda yordam berishga tayyormiz”. Turizm klubi bilan sayohatga chiqish uncha ko‘p bo‘lmagan miqdordagi mablag‘ evaziga ajoyib joylarga sayohat qilish imkonini beradi. Bundan tashqari bu sayohatchi o‘zini yanada yaxshiroq anglab olishiga, axborot shovqinidan uzoqroq bo‘lishiga, o‘z xayollari va o‘ylari bilan yolg‘iz qolishiga ham yordam beradi. Shuningdek, turizm kompaniyasi sayohat uchun kerakli jihozlarni ham taqdim etadi. Guruhlarni eng mayda marshurutlardan tortib kechki yotoqni tashkillashtirish va taomlanish uchun ham javob bera oladigan professional instruktorlar boshqaradi. Sayohat ishtirokchilaridan maxsus tayyorgarlik talab etilmaydi. Asosiysi – o‘zingizni boshqarish va smartfonni unutishga tayyor turishingiz kerak. Rasm manbasi: https://www.canva.com/photos/MADCyFpmJjY-view-from-the-tent-in-the-mountains/
Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling