Til va adabiyot ta’limi anguage and literature teaching L я преподавание
Download 327.18 Kb. Pdf ko'rish
|
Nilufar NAMOZOVA,
filologiya fanlari nomzodi “BEHBUDIY AFANDI! YIG‘LAMANG...” Mahmudxo‘ja Behbudiy zamondoshlari xotirasida yili mana shu kun munosabati bilan ustozi xotirasini yod etib, katta-kichik maqolalar yozib turdi. Ularda publitsist maorif va madaniyatga yigirma yilcha xizmat qilgan ulug‘ bir insonning xotirasini yolg‘iz duoyi fotiha bilan xotirlash emas, balki madaniy millatlar kabi nomini abadiylash- tirish lozimligi, buning uchun esa Behbudiyning mufas- sal tarjimayi holini yozish, unga haykallar qo‘yish, katta madaniy, ilmiy muassasalarga nomini berish lozimligini takror-takror yozadi. Hoji Muin Behbudiy haqida yozar ekan, uni bilgan, suhbatida bo‘lgan kishilardan ham xotiralar yozishni so‘raydi. O‘zi 1922-yilda Behbudiyning tarjimayi holi- ni yozishga kirishadi. Chunki “1921-yilda Samarqand taraqqiyparvarlari orasida bu tashabbus ko‘rilgan bo‘lsa-da, oxiri natijasiz qolg‘on edi” [4]. “Turkiston” va “Zarafshon” gazetalarida bu borada e’lon berib “Behbudiy afandi kerak matbuot vositasi bilan va kerak Turkiston o‘lkasining kattarak shaharlarida qilg‘on sayo- hatlari bilan xalqimizga yangi fikrlar bergan va shuning bilan o‘ziga ancha muxlislar paydo qilgan edi. O‘z vaqti- da uning bilan ko‘rishib, uning fikr va qalamidan istifoda qilib turg‘on kishilar ko‘p bo‘lsa kerak. Mana shunday kishilar Behbudiy afandi haqidagi o‘z xotiralarini yozib yuborsalar, tarjimayi hol risolasining oxirig‘a ilova qilar edim. Xotiralarning 1923-yil yanvar oxirig‘acha menga yetishmagi tegishdur”, deydi. [4] Behbudiy tarjimayi holining yozilishi zamondoshlarini ham quvontirdi. Bu xayrli ishni amalga oshirayotgan “Hoji Muin afandig‘a” tashakkur izhor etildi [5]. Yuqoridagi xa- bardan ko‘rinadiki, Hoji Muin Behbudiyning tarjimayi holini yozish bilan birga zamondoshlari tomonidan yozil- gan maqolalarni to‘plab kitob chiqarish niyatida bo‘lgan. U Behbudiyning qarindoshlari, ustozlari, tanish-bi- lishlari bilan suhbatlashadi, ko‘p kishilarga murojaat qilib, to‘plangan ma’lumotlarni takror tekshirib, so‘ngra yozganlarini Samarqand maorifparvarlarining majlisida o‘qib beradi. Mana shundan keyin uni chop ettirishga jazm qiladi. U to‘plagan ma’lumotlari bilan tarjimayi hol- ning bir qismini “Zarafshon” gazetasi va “Uchqun” jurna- lida chop ettiradi. Shu sababli ham bu ocherkka bugungi kunda ishonchli manba sifatida qaraladi. Afsuski, tarjimayi holning davomi gazetada ham, jurnalda ham chop etilmadi. Hoji Muinning yo‘qolgan asarlari ro‘yxatida “Behbudiyning tarjimayi holiga doir materiallar”i ham borligini ta’kidlab o‘tishimiz lozim. Bu yo‘qolish bejiz emas edi. Hoji Muin to‘plagan materiallar 1920-yili “Mehnatkashlar tovushi”, 1923-yili “Zarafshon” gazetalarining to‘la bir sonida e’lon qilingan bo‘lsa, 1924–1925-yillar davomida esa matbuotda uning kichik bir maqolasidan boshqa narsa chop etilmadi. Zamonning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling